17 yoshga to‘lgan Anvar tanishlari uchun mehmonxonadan xona buyurtma qilmoqchi
Download 477.2 Kb. Pdf ko'rish
|
fuqarolik oraliq
10-variant. 17 yoshga to‘lgan Anvar tanishlari uchun mehmonxonadan xona buyurtma qilmoqchi bo‘lganida mehmonxona xodimi Anvar hali voyaga yetmaganligi, u tomonidan mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish shartnomasi tuzilishi uchun qonuniy vakillar yozma roziligi kerak bo‘lishini ma‘lum qiladi. Biroq Anvar bunga e‘tiroz bildirib mehmonxona xizmatlarini ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 20-bandiga ko‘ra bu turdagi shartnomani 16 yoshga to‘lmagan shaxs ham tuzishi mumkinligini, qolaversa, mehmonxona nomidan ishonchnomasiz harakat qilishga faqat yuridik shaxs rahbari haqli ekanligi, shu sababli mehmonxona nomidan ish yuritishga haqli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma taqdim etishni yoki mehmonxona direktorini chaqirishni talab qiladi. Javob: Yuqorida keltirilgan ma‘mulotlarga asoslangan holda kazusni batafsil yoritib, javob berishga harakat qilaman. Dastlab mehmonxona tushunchasiga tarif berib o‘tsam. Mehmonxona – turar joylarda mehmon uchun moʻljallab alohida qurilgan xona. Undan foydalanishda hech qanday cheklovlar mavjud emas. Mehmonxonadan xona bron qilish uchun tegishli telefon nomerlariga murojaat qilsak, albatta birinchi navbatda bajaruvchi bilan og‘zaki kelishuvga erishishimiz kerak bo‘ladi. Bajaruvchi (mehmoxona)– tashrif buyuruvchiga mehmonxona xizmatlarini taqdim qiluvchi tadbirkorlik subyekti hisoblanadi. Bu vaziyatda buyurtmachi ya‘ni mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatish to‗g‗risidagi shartnomaga muvofiq mehmonxona xizmatlarini buyuruvchi yoki sotib oluvchi jismoniy yoki yuridik shaxs bo‘lishi mumkin. Buyurtmachi va bajaruvchi o‘rtasida bajaruvchi tomonidan tuzilgan hamda mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatish bo‗yicha uning vazifalarini belgilovchi shartnoma ya‘ni ommaviy shartnoma tuziladi. Mehmonxona xizmatlari doimiy yashash joyi, fuqarolik, jismoniy shaxslarning qarindoshlik va nikoh munosabatlari, shuningdek, shaxsiy hayot huquqini cheklovchi boshqa omillardan qat‘i nazar ko‗rsatilishi lozim. Bron qilish — tashrif buyuruvchi (buyurtmachi) tomonidan joylashtirish vositasida nomerni (joyni) avvaldan buyurtma qilish. Bajaruvchi tomonidan joylashtirish vositasida bron qilishning quyidagi turlari mavjud: kafolatlangan — joylashtirish vositasida nomer (joy) tashrif buyuruvchi kelishigacha ushlab turiladigan bron qilish turi bo‗lib, bunda tashrif buyuruvchi tomonidan bron o‗z vaqtida bekor qilinmagan, tashrif buyuruvchi belgilangan muddatdan kechikkan yoki kelmagan hollarda tashrif buyuruvchidan nomer (joy)ning bo‗sh turganligi uchun, biroq bir sutkadan ko‗p bo‗lmagan miqdordagi to‗lov summasi bajaruvchi tomonidan undiriladi. Bunda tashrif buyuruvchi bir sutkadan ko‗p vaqtga kech qolganda kafolatlangan bron qilish bekor qilinadi; kafolatlanmagan — joylashtirish vositasida nomer (joy) bajaruvchi tomonidan ma‘lum bir soatgacha bron qilinadi, belgilangan muddatda tashrif buyuruvchi kelmaganda kafolatlanmagan bron bekor qilinadi. Yuqoridagi kazusda keltirilishicha 17 yoshga to‘lgan Anvar bu vaziyatda buyurtmachi hisoblanadi. Biroq buyurtmachi va mexmonxona xodimi kelishmovchilik yuzaga keladi. Buning sababi esa shartnoma tuzilishi uchun Anvarning voyaga yetmaganligi mehmonxona xodimi tomonidan vaj qilinadi. Xo‘sh bu qanchalik asosli? O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‗yicha xizmatlarni ko‗rsatish tartibi to‗g‗risida NIZOMning 20-bandiga asosan Joylashtirish vositasida o‗n olti yoshga to‗lmagan fuqarolarni ro‗yxatdan o‗tkazish ular bilan birga bo‗lgan ota-onalari (qonuniy vakillari) yoki hamrohlik qilayotgan boshqa shaxslarning fuqarolik pasporti yoki shaxsini tasdiqlovchi boshqa hujjati, hamrohlik qilayotgan shaxslarning vakolatini tasdiqlovchi hujjat, shuningdek, ushbu voyaga yetmagan shaxslarning tug‗ilganlik haqidagi guvohnomasi yoki pasporti asosida amalga oshirilishi aytib o‘tilgan. Demak Anvar asosli ravishda mehmonxona xodimiga zid fikr bildirgan. Keyin esa Anvar mexmonxona xodimidan ish yuritishga haqli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma taqdim etishni talab qiladi. Xo‘sh Anvar bunday talab qo‘yishga haqlimi? O‗zbekiston Respublikasi hududida joylashtirish bo‗yicha xizmatlarni ko‗rsatish tartibi to‗g‗risida NIZOMga ko‘ra bajaruvchi, tashrif buyuruvchilar tanishishi uchun qulay bo‗lgan joyda, shu jumladan, joylashtirish vositasining qabul qilish joyidagi ma‘lumotlar taxtasiga va internet tarmog‗idagi rasmiy veb-saytiga (agar mavjud bo‗lsa) bir nechta ma‘lumotlarni joylashtirishi lozimligi aytib o‘tilgan. Bularga quyidagilar kiradi: a) bajaruvchi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar, xususan, nomi, manzili, bog‗lanish uchun telefon raqami, elektron pochta manzili; b) bajaruvchining yuqori turuvchi tashkiloti to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (agar mavjud bo‗lsa); v) joylashtirish vositasining tegishli toifasi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar (agar mavjud bo‗lsa); g) mehmonxona xizmatlari uchun muvofiqlik sertifikati nusxasi yoki oilaviy mehmon uylari va xostellar yagona reyestridan ko‗chirma; d) nomerlar (joylar) narxi; e) nomer (joy) narxiga kiradigan mehmonxona xizmatlari ro‗yxati; j) mehmonxona xizmatlariga to‗lovni amalga oshirish shakli va tartibi to‗g‗risidagi ma‘lumotlar; z) alohida to‗lov evaziga, bajaruvchi tomonidan ko‗rsatiladigan boshqa mehmonxona xizmatlari ro‗yxati, narxi hamda ularni olish shartlari; i) nomer (joy) bron qilish va bronni bekor qilish shakli, shartlari va tartibi to‗g‗risida ma‘lumotlar; k) imtiyoz olish huquqiga ega bo‗lgan shaxslar toifasi ro‗yxati, shuningdek, mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatishda taqdim etiladigan imtiyozlar ro‗yxati (agar mavjud bo‗lsa); l) joylashtirish vositasida uchinchi shaxslar tomonidan to‗lov evaziga ko‗rsatiladigan boshqa xizmatlar to‗g‗risida ma‘lumotlar (agar mavjud bo‗lsa); m) joylashtirish vositasiga kelish (ketish) vaqti to‗g‗risida ma‘lumotlar; n) joylashtirish vositasida mehmonxona xizmatlarini ko‗rsatish va ulardan foydalanish qoidalari to‗g‗risida ma‘lumotlar. Aynan shu ma‘lumotlar ro‘yxatining ―g‖ bandiga ko‘ra mehmonxona xodimi Anvarga ishonchnomasi yoki o‘z shaxsiy ish hujjatini taqdim qilishga majburdir. Bundan tashqari Nizomga ko‘ra buyurtmachi va mehmonxona o‘rtasida shartnoma tuzishda tomonlar ixtiyoriga ko‘ra qo‘shimcha hujjat yoki ma‘lumotlar olishga haqlidir. Agar bu vaziyatda mehmonxona xodimining hujjati bo‘lmasa tegishli tartibda qonun hujjatlariga asosan javobgar bo‘ladi. Download 477.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling