Insoniyatning «aqlli uy» haqidagi azaliy orzusi XXI asrga kelib, asta-sekin haqiqatga aylana boshladi, biroq bu iboraga atama, konsepsiya sifatida qaralsa, unda uning yechimi ommalashishiga hali uzoq ekanligi ma’lum bo‘ladi. Insonlarga bir uy doirasida qulaylik, xavfsizlik va energiya tejamkorligini taqdim etuvchi qurilmalarning tashkiliy tizimiga hozircha kamdan-kam insonlargina ega bo‘lmoqda. Biroq bekorchi xarajatlarga yo‘l qo‘ymay, haqiqiy tejamkorlikka intiluvchilar uchun aynan «aqlli uy» qo‘l keladi, xonadondagi texnologiklik yechimlar darajasini oshirishda kun sayin hayotimizga kirib kelayotgan «aqlli» gadjetlar yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |