18- laboratoriya ishi


Download 427.6 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2023
Hajmi427.6 Kb.
#1634406
1   2
Bog'liq
yarimotkazgichli diodning volt amper


4-rasm 5- rasm


Diodning asosiy elektr xarakteristikasi undan to'g'ri va tes­kari yo'nalishlarda o'tayotgan tokning yarimo'tkazgichlarga tash­qaridan berilayotgan kuchlanishga bog'liqligidir. Bunday bog'lanish diodning volt-amper xaraktcristikasi (VAX) deb ataladi. 6- rasmda yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasi tasvirlangan.




6-rasm

Qurilmaning tuzilishi va ishlashi


Yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini o'rganishning elektr sxemasi 7- rasmda keltirilgan. Qurilma doimiy tok manbayi, o'zgarmas tok voltmetri va

ampermetrlari,yarimo'tkazgichli diod va ulash simlaridan tashkil topgan. A ampermetr dioddan o'tayotgan to'g'ri tokning qiymatini o'lchaydi. Zanjirga berilayotgan kuchla-nishning qiymati bevosita reostat yordamida o’zgartirilib, dioddan o'tayotgan to'g'ri tokning qiymatlarini qayd etamiz. So'ngra diod tok manbayiga teskari yo'nalishda ulanadi. Teskari yo'nalishda ulangan diod orqali oqayotgan tok kuchi juda kichik bo'liganligi uchun



7-rasm

ampermetr o’rniga mikroampermetr ulanadi. Teskari ulangandagi tokning qiymati mikro-ampermetr yordamida qayd etiladi.


Ishni bajarish tartibi


1. Laboratoriya ishining yo'riqnomasi bilan tanishib bo'lgach, 8- rasmda keltirilgan elektr zanjirini tuzing va uning to'g'riligini o'qituvchiga tekshirtiring. Qurilmani ishga tushirish uchun o'qituvchidan raxsat oling.
2. Qurilma tarkibidagi tok manbayini tok tarmog'iga ulang.
3. To'g'ri ulangan diodning volt-amper xarakteristikasini olib bo'lgach qurilmani o’chiring
4. Diodni tok manbayiga teskari yo'nalishda ulang
5. Diodga berilayotgan kuchlanishning turli qiymatlarida undan oqayotgan teskari tokning qiymatlarini mikroampermetr yordamida qayd eting.
6. Qhngan natijalar asosida quyidagi jadvalni to'ldiring:
7. Tajriba natijalari asosida diodning volt-amper xarakteristikasini chizing.







To’g’ri ulash

Teskari ulash

I,(mA)

U,(V)

I,(A)

U,(V)

1













2













3



























Nazorat uchun savollar


1. n va p-turdagi o'tkazuvchanlikning hosil bo'lish mexanizmini tushuntiring.
2. Yarimo'tkazgichlarning xususiy va aralashmali o'tkazuvchanligini tushuntiring.
3. Qanday yarimo'tkazgichlar donor aralashmali yarimo'tkazgichlar deb ataladi? Akseptorli- chi?
4. Yarimo'tkazgichli diodning tuzilishi va uning ishlash mexanizmini tushuntiring.
5. Yarimo'tkazgichli diodning volt-amper xarakteristikasini tavsiflang.
6. Yarimo'tkazgichli diodlar radiotexnikada qanday maqsadlarda qo'llaniladi?


Download 427.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling