18 alisher navoiy “xamsa”ning hamd va na’t boblarida badiiy san’atlarning qo‘llanilishi


Download 65.79 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana18.06.2023
Hajmi65.79 Kb.
#1577725
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
18-23



Educational Research in Universal Sciences
ISSN: 2181-3515 VOLUME 1 | ISSUE 5 | 2022
 
 
https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal October, 2022 
18
 
 
ALISHER NAVOIY “XAMSA”NING HAMD VA NA’T BOBLARIDA 
BADIIY SAN’ATLARNING QO‘LLANILISHI 
 
Sharofova Maxliyo Shokirjon qizi 
O‘zbekiston Xalqaro Islom Akademiyasi magistranti 
ANNOTATSIYA 
Ushbu maqola sharqning buyuk mutafakkiri Alisher Navoiyning “Xamsa” asari 
va uning tarkibidagi hamd va na’t boblarda qo‘llanilgan badiiy san’atlarning tahliliga 
qaratilgan. Tadqiqotning maqsadi doston tarkibidagi hamd va na’tlarni tahlil qilish 
orqali ularning dostondagi o‘rnini belgilash hamda sharq klassik adabiyoti 
na’munalarini hamd va na’tlarsiz to‘laqonli tushunib bo‘lmasligini isbotlashdan iborat. 
Kalit so‘zlar: hamd, na’t, lafziy san’atlar, ma’naviy san’atlar, takrir, mulamma, 
tarse’, tazod, tajziya 
THE USE OF FINE ARTS IN THE CHAPTERS OF PRAISE AND NAT OF 
ALISHER NAVOI “KHAMSA” 
 
ABSTRACT 
This article focuses on the analysis of "Khamsa" by Alisher Navoi, the renowned 
scholar of the East and the artistic elements used in two two chapters of Khamsa
( Hamd and Na`t) . The purpose of the study is to determine the role of the two chapters 
in the epic by thorough analysis, and to prove that it is impossible to fully understand 
the samples of the Eastern classical literature without Hamd and Na`t (roughly 
translated as Praise). 
Key word: praise, nat, verbal arts, spiritual arts, takreer, mulamma, tarse’, tazad, 
tajziya 
 
Sharq mumtoz adabiyotida yaratilgan asarlarning nodirligi, ularning asrlar osha 
o‘qirmanni hayratga solayotganligi hamda shakl va mazmun go‘yo bir-biriga singib, 
yaxlit kompozitsiya hosil qilishining kaliti bu asarlar butun borliqni yaratgan Alloh 
taologa hamd aytish bilan boshlanishidadir. Darhaqiqat, mumtoz adabiyotimizning 
bebaho durdonalarini hamdlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. So‘z mulkining sultoni 
Alisher Navoiyning ham har bir asari ibtidosi Yaratganga hamd bilan boshlanadi. 
Hazrat Navoiyning badiiy mahorati nafaqat asarlaridagi sujet rang-barangligi, 
betakrorligi, balki g‘azallarida qo‘llanilgan badiiy san’atlar bilan ham belgilanadi. 



Download 65.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling