18-amaliy mashg‘ulot mavzu: Kornel ijodi.


Download 45.72 Kb.
bet1/2
Sana03.12.2023
Hajmi45.72 Kb.
#1798694
  1   2
Bog'liq
JAHON ADABIYOTI 18-AMALIY


18-AMALIY MASHG‘ULOT
Mavzu: Kornel ijodi. (“Said” tragediyasi tahlili)
Reja:
1. Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel
2. “Sid” tragediyasi
3. “Maydon” , “Sud galereyasi” komediyalari

Klassitsizm adabiyotining yirik vakili dramaturg Per Kornel (1606–1684) Ruan shahrida sud chinovnigi oilasida tug‘ildi. Iuzit maktabida o‘qidi. Huquqshunoslikni o‘rganib, advokat bo‘lib ishladi.Ma’lum bo‘lishicha, bir kuni Kornelning do‘sti uni o‘z sevgan qizi bilan tanishtiradi. Qiz esa Kornelni yoqtirib qoladi. Ana shu voqeaning kulgili tomoni uni komediya yozishga undaydi. Shunday qilib, «Melita» komediyasi yaratildi. Shundan so‘ng «Beva», »Qirollik»,


«Maydon» , «Sud galereyasi» komediyalari yaratiladi. Ammo Kornelga uning tragediyalari shuhrat keltiradi. 1635-yilda «Medeya» tragediyasi antik yozuvchilar Evripid va Senekaning Mediya haqidagi asarlari syujetidan olinadi. Ammo, voqea asosida mifologik tarix yotsa ham, Kornel o‘z zamonasi aristokratiyasini yaramasiliklarini fosh etadi.
Kornel 1636-yilda fransuzlar faxriga aylangan «Sid» tragediyasini yaratdi va Fransuz Akademiyasi tragediyani sinchiklab o‘rganib chiqadi. 1639–1641-yilda u «Goratsiy», «Sinna» asarlarini yozdi. 1652-yilda ijodiy omadsizlikka uchragandan so‘ng «Pertarit» tragediyasi muvaffaqiyatsizlikka yuz tutib, Kornel 7 yil ijod qilmadi. 1659-yilda «Edip» tragediyasini yozdi. 1662-yilda Parijga ko‘chib kelib yozishni davom etadi, ammo uning shuhrati so‘na boshlayotgan edi. Bu davrda yangi iste’dod – Rasin shon-shuhratga ega bo‘layotgan edi. Kornel 1674-yilda umuman yozishni bas qiladi va 10 yildan so‘ng 1684-yilda vafot etdi. Bir kuni Kornel bir necha yil bo‘lmagan teatrga keladi. Uni tanib aktyorlar o‘yinni to‘xtatishadi. Zalda to‘xtovsiz qarsaklar yangraydi. Ammo shon-shuhrat Kornelga moddiy manfaatdorlik keltirmaydi. U umrining oxirida moddiy qiyinchilikda hayot kechiradi. Kornel tragediyalarning asosiy personajlari qirollar yoki buyuk qahramonlardir. Uning fikricha, hokimiyatga ega bo‘lgan buyuk, kuchli va erkin shaxslar o‘z his-tuyg‘ularini namoyon etishda ham mustaqil harakat qilib, insoniy jihatlarni o‘zlarida to‘liq mujassamlashtira oladi. Kornel nuqtayi nazari bo‘yicha, asosiy dramatik konflikt aql va tuyg‘u, iroda va xohish,burch va ehtiros o‘rtasida bo‘lib, bunda aql, iroda va burch g‘olib bo‘ladi. Dramaturgning tarixiy tragediyalari ham XVII asr Fransiya mutlaq hokimiyati manfaatlariga xizmat qiladi. «Sid» tragediyasi (1636). Kornelning «Sid» ini rus tiliga tarjima qilgan Kateninga Pushkin «Men seni va talabchan Kornelimni qutlayman. «Sid» ni uning eng yaxshi tragediyasi deb hisoblayman» (1822) deb yozgan edi.
Asar syujeti ispan bahodiri Rodrigo Dianis haqidagi o‘rta asr qahramonlik eposi va Gilen de Kastroning «Sidning yoshligi» pyesasidan olingan. Ammo ornel bu mavzuni zamonasiga yaqinlashtirib, mustaqil orginal asar yaratdi. Syujet: Don Gomes graf Gormasning qizi Ximena bilan Don Dionning o‘g‘li Rodrigo bir birini sevadi. Ota ham qizini Rodrigoga berishga tayyor. Lekin… Ikki feodal urush o‘rtasida tortishuv Don Gomis Rodrigoning otasini haqorat qildi. Keksa Don Diego o‘ch olishni o‘g‘liga topshiradi. Rodrigo uchun bu juda og‘ir: 1. evgilisidan ayrilishi. 2. Oila haqorati. Rodrigo qizning otasini duelda o‘ldiradi. Ximena qirol huzuriga borib, otasini qotilini jazolashni so‘raydi. Ular ikkisi ham urf-odatlar, ota oldidagi burch va yoshlik tuyg‘usi o‘rtasida azob chekadilar. Shu vaqtda Rodrigo davlatga bostirib kelgan marvlarga qarshi kurashda zo‘r qahramonliklar ko‘rsatadi. Dushman tomon ham uning botirligiga qoyil qolib «Sid», ya’ni janob deb ataydi. Ximena qancha talab qilsa ham qirol hanuz qahramonni, Rodrigoni jazolashga botinolmaydi. Ximena Radrigoni o‘ldirgan odamga turmushga chiqishini aytadi. Qirol jangda kim g‘olib bo‘lsa, qiz o‘shaniki bo‘ladi deb shart qo‘yadi. Qiz talabgori Sancho duelda yengiladi. Qirol maslahati bilan Rodrigo bilan Ximena topishadi.
XVII asrning birinchi yarmida Fransiyada feodal o‘zboshimchaliklarni tugatish, yagona milliy davlat-mutlaq hokimiyatni mustahkamlash uchun kurash avj olgan bir vaqtda Kornel o‘z ijodida feodal tartiblarning yemirilishi muqarrarligi va markazlashgan kuchli davlat barpo etish zarurligini aks ettiradi. Jumladan, “Sid” tragediyasida qonga qon degan eski urf-odat o‘rniga vatan oldidagi fuqarolik burchini bajarishni asosiy vazifa qilib qo‘yadi. Haqiqiy xalq qahramoni Rodrigo “oddiy kishilarning umidi va tayanchi” sifatida o‘z vatanini dushman hujumidan saqlab qoladi. Kornel klassitsizmning uch birlik qonuniga amal qilsa-da, unga yuzaki holda bo‘ysunadi. «Sid»da vaqt birligi, makon birligi bir oz buziladi. Rodrigo Ximena bilan otasini o‘limidan so‘ng saroyda emas, qizning uyida uchrashadi. Kornel qahramonlari nafaqat jang maydonida, balki o‘z hislari bilan kurashda ham g‘alaba qozonuvchi irodali kishilardir. Napoleon Kornel ijodini juda qadrlagan: «Kornel hozir yashaganda, men uni shahzodaga aylantirardim» degan edi.


Download 45.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling