18-amaliy mashg‘ulot


Download 58 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi58 Kb.
#213422
1   2   3
Bog'liq
18.Leksikografiya

"Abushqa" – izohli lug‘at. Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun 16-asrda Turkiyada tuzilgan. Muallifi noma’lum. Navoiy zamondoshlarining asarlaridan ham ayrim misollar kiritilgan. "Abushqa" lug‘ati Abushqa so‘ziga izoh bilan boshlangani uchun shu nom bilan mashhur. Bu so‘z eski o‘zbek tilida keksa, qari, nuroniy ma’nolarida ishlatilgan. "Abushqa."ni yuzaga keltirishda hirotlik To-le’ Imoniy tomonidan 15-asrda Navoiy asarlariga tuzilgan o‘zbekcha-forscha "Ba-doye’ ul-lug‘at"dan keng foydalanilgan. "Abushqa"ni dastavval vengriyalik sharqshunos G. Vamberi Budapeshtda venger tilida (1862), keyin rus sharqshunosi V. Velyaminov-Zernov "Al-lug‘at un-Navoiy val-istishhodot ilchig‘atoiya" ("Chig‘atoy tilidan shohidlik keltiruvchi Navoiy lutati") nomi bilan nashr ettirgan (1868).[1]

3.Fayzullaxonning «Lugati turki» asari. «Lugati turki» lug'at o'zbekcha-forscha lug'atlar qatoriga kiradi. Turkolog A.M.Shcherbakning taxminicha, lug'at XVII asarning oxirida yaratilgan. Asar uch qismdan iborat bo'lib, uning birinchi qismida eski o'zbek tilidagi hodisalar fe'lning masdar shaklida fors tilida izohlangan, ikkinchi qismida fe'lning boshqa shakllari (mayl, zamon kabi shakllari) tavsiflangan. Asarning uchinchi qismi otlar talqiniga bag'ishlangan. Lug'atda so'zlarning talaffuziga aid ma'lumotlar ham mavjud. Ozbek adabiy tili fonetik sistemasi taraqqiyotini o'rganishda bu ma'lumotlardan foydalanish mumkin.

4. Tilshunoslik tarixida ideografik lug‘atlar yaratilishi alohida qimmatga ega. Bunday lug‘atlarning maqsadi borliq elementlari haqidagi ma‘lum tushuncha qanday moddiy vositalar yordami bilan ifodalanishini ochib berishdan iborat bo‘ladi. Demak, ideografik lug‘atlarda ―borliq+borliqning ongda aks etishi+nom‖ tamoyiliga bo‘ysuniladi.V.V.Morkovkin, Y.N.Karaulovlar fikriga ko‘ra ―tushunchadan‖ ―so‘z‖ga, ―konsept‖dan ―belgi‖ga o‘tiladi.Shu kunga qadar ideografik lug‘at tuzish yevropada boshlangan va bunday lug‘atlar Roje, Kasares, Rober, Dornzayf nomlari bilan bog‘liq deb hisoblab kelindi.Rus tilshunosligida Y.N.Karaulov ideogrfik lug‘at tuzish tamoyillari bo‘yicha maxsus tadqiqot olib bordi. Lekin bu muallif ham ideografik lug‘at tuzish yevropadan boshlanganini e‘tirof etadi.Sharq leksikografiyasi, Xususan, arab va o‘zbek leksikografiyasi tarixiga e‘tibor bersak, bunday lug‘atlar Sharqda ancha uzoq tarixga egaligi ma‘lum bo‘l adi. Xususan, o‘zbek tilshunosligi tarixida Zahiriddin Muhammad Boburning―Voqeanoma‖sida ideografik lug‘atning ayrim belgisi uchrasa, Muhammad Changiy ― Kelurnoma‖ si bunday lug‘atning ajoyib namunasi sanaladi.

Ma‘lumki, Hindistonda boburiylar davrida badiiy adabiyotda turkiy tilning roli katta bo‘ldi.

Boburiylar ona tilini saqlab qolishga intildilar. Bu tilda o‘zlarining go‘zal badiiy asarlarini yaratdilar. Turkiy tilni o‘rganishga katta ehtiyoj turli lug‘atlarning yaratilishiga sabab bo‘l da. Ana shunday ehtiyoj asosida Abu Muzaffar Muhiddin Avrangzeb (1658-1707 yillar) saroyida hizmat qilgan Muhammad Yoqub Changniy ―Kelurnoma‖ asarini yaratdi.Bu asar ikki xil lug‘atning ajoyib namunasidir. Lug‘at 15 bobdan va 332 fasldan iborat. Ulardan 14 bobi arab alfaviti asosida joylashtirilgan 400 dan ortiq fe‘llarni izohlashga bag‘ishlanadi.

5.Muhammad Xoksorning «Muntaxab-al-lug'at» asari. Muhammad Rizo Xoksor «Muntaxab~al-lug'at» («Saylanma lug'at») asarini 1798-99 yillarda yaratdi. Asar izohli lugatlar seriyasiga kiradi. Asarning kirish qismida muallif o'sha davrda mavjud bo'lgan lugatlar to'g'risida ma'lumot berar ekan, bu asarlarda yo'l qoyilgan kamchiliklarni f ayrim so'zlarning ularda noto'g'ri izohlanganini ko'rsatib o'tadi. Lug'at ikki qismdan iborat. Birinchi qismda eski o'zbek adabiy tilida ishlatilgan arabcha so'zlar, ikkinchi qismida esa forscha-tojikcha va eskirgan o'zbekcha so'zlar izohlanadi. «Muntaxab-ul-lug’at»da hammasi bo'lib 2400 so'z berilgan, Xoksor lug'atining o'ziga xos xususiyatlaridan yana biri shuki, unda so'zlarning to'g'ri (asosiy) ma'nosi bilan bir qatorda, ko'chma (hosila) ma'nolariga ham izoh beriladi. Lug'atda so'zlar arab alifbosi tartibida so'zning birinchi tovushiga (harjiga) qarab 28 bobga taqsimlanadi. Har qaysi bobda so'zlar oxirgi tovushga (harfga) qarab guruhlanadi. Masalan, alif bilan tugaydigan so'zlar, be bilan tugaydigan so'zlar, te bilan tugaydigan so'zlar kabi. Fath Alixon Kojariy lug’ati. Bu lug'at XIX asrning o'rtalarida (1857-1858 yillarda) yaratilgan bo'lib, mutaxassislar tomonidan yuksak baholangan. Rus turkologi A.A,Romaskevich bu lugat bo'yicha maxsus tadqiqot olib bordi. Asarning kirish qismida chig'atoy (eski o'zbek) tili va Alisher Navoiy asarlari to'g'risida ma'lumot berilgan. Asarning lug'at qismi uch bo'limdan iborat:

1) o'zbekcha-forsclui lug'at;

2) «Maboni-ul-lug'at» asarining muallijl Mirza Mehdixon tushunmagan so'zlar izohi;

3) Alisher Navoiy asarlarida ishlatilgan ba'zi forscha so'zlar izohi.

Fath Alixon Kojariyning lug'ati so'z ma'nolari izohlarining puxtaligi, Alisher Navoiy va boshqa shoirlarning asarlaridan keltirilgan misollarning ko'pligi bilan ajralib turadi. Lug'atda hammasi bo'lib 8000 ga yaqin so'z izohlangan.

Sulaymon Buxoriyning «Lugati chigatoyi va Turkiy Usmoniy» asari. Sulaymon Buxoriy — XIX asrda yashagan mashhur o'zbek olimlaridan biri. U Buxorodagi madrasada o'qiydi, Turkiyada hayot kechiradi. 1860 yilda Vengriyada bo'lib o'tgan turkoioglar anjumanida ishtirok etadi. Vning lug'at tuzishiga mana shit anjumanda qatnashuvi sabab bo'ladi. Sulaymon Buxoriyning lug'ati turkolog I.Kunosh tomonidan nemis tiliga tarjima qilinadi va 1902 yilda Budapeshtda nashr etildi. Asar uch qismdan iborat btflib, muqaddima qismi "Manzumai chigatoy" deb nomlangan. Bu qismda muallif asarning yozilish sababi, o'zining tarjimai noli va lug'atning tuzilishiga aid ma'lumotlar beriladi. "Qavoid ("Qoidalar") deb nomlangan asarning ikkinchi qismida eski o'zbek tilining grammatik masalalari yoritiladi. Undo muallif, til qurilishiga old tushunchalar bilan bir qalorda, chigatoy tilining o'ziga xos xususiyatlarini, lining boshqa turkiy tillarga tfxshash va ulardan farqli tomonlarini ham aytib aHadi. Turkiy tillarni bunday qiyoslash asarning yutuqlaridan hisoblanadi.



Sulaymon Buxoriy asarining uchinchi qismini lug'at tashkil etadi. Unda eski o'zbek tilida ishlatilgan 7000 ga yaqin scfz va turg~un birikma usmonti turk tili vositasida izohlanadi, So'z ma'nolarining izohlari Navoiy va boshqa adiblarning asarlaridan olingan misollar bilan asoslab beriladi. Sulaymon Buxoriyning ushbu asari eski o'zbek tilini o'rganishda jiddiy va ishonchli manbalardan biri sifatida katta ahamiyatga ega.

6 Dunyo leksikografiyasi ming yillik tarihga ega bo’lsada, uning asosiy rivoji keyingi ikki-uch asrga to’g’ri keladi. Ilk bor oz sonli so’zlar va iboralardangina tashkil topgan qo’l yozmalardan boshlangan lug’atlar hozirgi kunga kelib tillarning yuz ming so’zlarni o’z ichiga olib, minglab adadda chop etilmoqda. Keyingi yillarda leksikografiyaning faqatgina amaliy tomoni emas, balki nazariy yo’nalishi, obyekti, predmeti shakllandi. Lug’at tuzish nazriyasi, amaliyoti tilshunoslikning mahsus sohasiga aylandi. Lug’atshunoslik tilshunoslikning mana shunday o’ta mashaqqatli, o’ta masulyatli sohasi bo’lganligi sababli ushbu savobli yo’nalish bilan yetuk, fidokor, millatparvar olimlar shug’ullanmoqdalar.

O’zbek lug’atchiligi tarihida XXasr alohida o’rin tutadi. Bu davrda turli maqsadlarni lo’zda tutgan ko’plab terminalogik lug’atlar, o’quv va imlo lug’atlari, ikki va uch tilli so’zlashgichlar yaratildi. Bunda ayniqsa, ruscha- o’zbekcha va o’zbekcha- ruscha, shuningdek o’zbek tilini boshqa yevropa va xorijiy sharq tillari bilan qiyoslab o’rganishga mo’ljallangan lug’atlar alohida o’rin tutadi. Ularning eng muhimlari sifatida E.D.Polivanovning “Qisqacha ruscha-o’zbekcha lug’at”I (Toshkent, Moskva,1926), Ashurali Zohiriyning 2jildli “Ruscha-o’zbekcha mukammal lug’ati” (34 ming so’z; Toshkent 1927-28), K.K.Yudaxinning “ Qisqacha o’zbekcha-ruscha lug’ati”(arab grafikasida, Toshkent 1927), U.Axmadjonov va B.Ilyozovning “O’zbekcha-ruscha lug’at”i (lotin grafikasida, Toshkent 1931), S.Rahmatiy va Abdulla Qodiriylarning “Ruscha-o’zbekcha to’la so’zlik” (2-jild, 34 ming so’z; Toshkent- qozon,1934, lug’atning 1-jildi nashr etilmay qolgan), V.V.Reshetovning” Qisqacha o’zbekcha-ruscha lug’ati”(Toshkent, 1935) kabilarni ko’rsatish mumkin. 40-yillarning boshlarida 17-ming so’zli “O’zbekcha – ruscha lug’at” (Toshkent 1941) va 30 ming so’zli “Ruscha - o’zbekcha lug’at” (Toshkent 1942) yaratildi va nashr etildi. Professor T.N.Qori-Niyoziy va professor A.K.Borokovlar tahriri ostida tayyorlangan ushbu lug’atlar so’zligining tarkibi jihatidan ham, lug’at maqolalarining to’laligi jihatidan ham avval nashr etilgan lug’atlardan ancha mukammal edi. O’zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti leksikograflarining respublikadagi tajribali tarjimonlar bilan hamkorlikda yaratgan 5 jildli “Ruscha-o’zbekcha lug’at”ning bosilib chiqishi (78 ming so’z Toshkent 1950-55), 50 ming so’zli 1 jildli “Ruscha - o’zbekcha lug’at” (M. 1954) va 40 ming so’zli 1 jildli “O’zbekcha - ruscha lug’at” (M. 1959) kabi lug’atlarning nashr qilinishi o’zbek leksikografiyasining tarixida muhim voqea bo’ldi. Mazkur lug’atlar, ayniqsa, 1959 - yilda nashr etilgan “O’zbekcha - ruscha lug’at” o’zbek tilining dastlabki, birinchi izohli lug’ati tuzish uchun asos bo’ldi va uning ilmiy bazasini yuzaga keltirdi. Ushbu lug’atlarda o’zbek leksikografiyasining tajribalari umulashtirilgan, hozirgi zamon o’zbek tilining leksik- semantik tizimi va XX asrda shakllangan meyorlari birinchi marta keng tavsif etilgan edi.
Download 58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling