18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar
Download 380.1 Kb. Pdf ko'rish
|
18-maruza
18-ma’ruza. Yirik bloklardan qurilgan binolar. Og‘iriligi 3 tonnagacha bo‘lgan katta o‘lchamdagi su'niy yoki tabiiy toshlardan ko‘riladigan binolar yirik blokli deb ataladi. Bunday binolarda devorning hamma elementlari shu jumladan yopmalar, ichki tusuvchi devorlar, zinalar xam yirik o‘lchamli elementlardan tashkil topgan. Yirik bloklarni tayerlash uchun asosan yengil betonlar (u = 1800 kg/m 3
Rakushechnik va tuf toshlariga boy hududlarda, arralab olingan tabiiy bloklar ishlatiladi. Yirik bloklarniing qalinligi g‘isht devorlar qalinligiga teng qilib olinadi. Tashqi devorlar uchun 400, 500. 600) mm ular asosan tug‘ri to‘rt burchakli parallelipeped shaklidadir. Binoning burchaklarining peshtoqi (karniz), panjarasi (parapet), sokol, balkon zinalari uchun maxsus bloklar ishltiladi. Bunday devorlar asosan tashqi va ichki yuk ko‘taruvchi devorli, konstruktiv sxema asosida - quriladi. G‘isht devorlariga nisbatan afzalliklari quyidagicha: mustaxkamligi yuqoriga ko‘ra chidamlilik ko‘rsatkichi katta; tezkor ravishda bunyod etiladi; texnika-iktisodi ko‘rsatkichlari yuqori; xamma elementlari industrial ravishda tayyorlanadi; (peremыchka)... va balkon bloklaridan tashqari boshqa bloklar tarkibida armatura bo‘lmaydi. Kamchiliklari; maxsus xillarning ko‘pligi, burchak, kirish, balkon, peshtoq va panjaralarni o‘rnatishning murakkabligi, ayrim bloklarning nisbatan yengilligi yuk ko‘taruvchi kranlarning foydali ish koeffitsientini kamaytirib yuboradi. Tashqi yirik bokli devorlar asosan 2 xil ko‘rinishda teriladi (18.1-rasm): 1. 2 qatorli 2. 4 qatorli
18.1-rasm. Tashqi devorlarni bloklarga ajratish:
a- ikki qatorli, b - to‘rt qatorli. Bloklarning turlari o‘lchamlari va shakllari maxsus kataloglarda nashr qilinadi. Tashqi devor bloklarining sirti pardozlangan bo‘ladi. Yirik bloklar o‘zaro semet+qum qorishmasi bilan biriktiriladi. Choklarga maxsus zichlashtiruvchi va namlik o‘tkazmaydigan materiallar (mastikalar) paroizol, chernit va x.k. qo‘yiladi. Yirik blokli devorlarning fazoviy mustaxkamligi, yopmalar bilan devorlarda qoldirilgan temir elementlarini o‘zaro payvandlash va choklarni beton yoki qorishma bilan to‘ldirish hisobiga ta'minlanadi. Seysmik mustaxkamliligi yopmalar tagida va devor burchaklarida ko‘zda tutiladigan vertikal va gorizontal antiseysmik kamarlar va ustunlar yordamida amalga oshiriladi. Bloklar tashqi tomonidan pardoz qatlamiga ega bo‘ladi. Bloklarni terganda ular orasidagi vertikal choklarning o‘zaro bog‘lanishiga katta e'tibor berish kerak. Yirik bloklardan qilinadigan devorlarning gorizontal choklariga sement-qum qorishmasi yotqiziladi. Bloklar orasidagi vertikal choklar esa ichki devorlarda sement-qum qorishmasi bilan, tashqi devorlarda yengil beton qorishmalari bilan to‘ldiriladi. Vertikal choklar yopiq va ochiq bo‘lishi mumkin (18.2-rasm). Tashqi devor bloklarining tashqi sirti atmosfera ta'siriga chidamli beton yoki turli dekorativ (rangli shisha maydalari, keramik plitkachalar kabi) qoplamalar bilan pardozlanadi. Ichki devorlarning bloklarga bo‘linish sistemalarini tashqi devorlarniki bilan bir xil qabul qilish lozim (18.3-rasm).Ko‘p qavatli binolardagidan farqli o‘laroq, bir qavatli binolarda uch qatorli va to‘rt qatorli bloklarga bo‘linish sistemalaridan foydalanish mumkin. Ichki devorlarda ham oraliq devor bloklari, eshiklar o‘rnini yopish uchun tutashtirgich bloklar va yaxlit devor qismida poyas bloklar hamda ventilyasiya bloklari qo‘llaniladi.
18.2-rasm. Yirik blok devorlarining vertikal choklari: a – oraliq devor va deraza osti bloklari tutashgan (yopiq) chok; b – ikkita oraliq devor bloklari tutashgan (ochiq) chok; v – ichki devor bloklari tutashgan (yopiq) choklar; 1 – yengil beton; 2 – sement-qum qorishmasi.
18.3-rasm. Bir qavatli turar-joy binosi devorlarining bloklarga bo‘linish sistemalari. a – g – tashqi devorlar; d – i – ichki devorlar; a, d – ikki qatorli bo‘linish sistemalari; b, ye – uch qatorli bo‘linish sistemalari; v, j – uch qatorli lentasimon bo‘linish sistemalari; g, i – to‘rt qatorli bo‘linish sistemalari; 1 – oddiy poyas bloki; 2 – tashqi tutashtirgich bloki; 3 – poyas burchak bloki; 4 – oddiy oraliq devor bloki; 5 – tashqi devor burchak bloki; 6 – deraza osti bloki; 7 – ostki poyas bloki; 8 – ichki tutashtirgich bloki; 9 – qo‘shimcha oraliq devor bloki; 10 – yopma; 11 – tashqi devor; 12 – sokol; 13 – karniz; 14 – eshik o‘rni.
Ichki devor bloklarining enini binoning konstruktiv qadami va eshik o‘rinlarining o‘lchamlari bilan muvofiqlashtirish kerak. Eshik va derazalar ustiga o‘rnatiladigan tutashtirgich bloklar, santexnik bloklar va shunga o‘xshash bloklardan tashqari yirik bloklarni armatura bilan jixozlash shart emas. Ularda faqat montaj ilgaklari qo‘yilishi kerak. Download 380.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling