18-mavzu: bolaning ijodiy rivojlanish sohalari bo`yicha innovatsion texnoligiyalardanfoydalanish
Download 168.36 Kb.
|
18-mavzu bolaning ijodiy rivojlanish sohalari bo`yicha innovats
Amaliy metodlar. Tasviriy san’atgao’rgatish mobaynida bolalar turli
materiallardan foydalanish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Rasm chizish, loydanbuyum yasash, applikatsiya turli metodlardan hamda o’rgatish usullaridan foydalanishni talab qiladi, shu jumladan bolalarda ko’nikma malakalarni hosil qiladigan amaliy metodlardan ham foydalanish talab qiladi. Amaliy metodlardan asosiysi bo’lmish, texnik va ba’zan tasviriy malakalarni o’rgatadigan mashqlardir. Kichik guruhda bu mashqlar bolalar uchun sezilarli emasdir yumaloq shaklli predmetlarni yasashni o’rganib, bolalar koptokni, olmani, apelьsinni va shu kabi predmetlarni yasaydilar. Yo’llarni, yomg’irlarni chizib, ular gorizontal va vertikal chiziqlarni chizishni mashq qiladilar. Katta guruhdagi bolalar oldida esa to’g’ridan to’g’ri ma’lum bir topshiriq qo’yiladi, chiroyli va to’g’ri shtrix bilan chizishga o’rganish. SHtrixlab chizishni ko’rsatib bergandan so’ng, bolalarga murakkab bo’lmagan predmet konturini (masalan: uy, qo’ziqorin, olma) chizib olib, uni ozoda qilib bo’yamaslik rasmni xunuk qilib qo’yishini biladilar va sidqidildan mashq qiladilar. Mashqlardan tasviriy xarakterga ega bo’lgan topshiriqlarni tushinish uchun foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi bir chiziq bilan inson boshining yonmacha qiyofasini chizishni ko’rsatib berganidan so’ng, bolalar bir necha marta odam boshining rasmini qayta - qayta chizadilar. Tarbiyachining vazifasi bolalarning tasviriy faoliyatini shunday tashkil qilish kerakki, u faol va ijodiy bo’lsin. Har bir mashg’ulot faqatgina didaktik vazifasini emas, ya’ni ma’lum bir predmetni tasvirlashni o’rgatish emas, balki boladan ishni mustaqil bajarishni ham talab qiladi. SHu maqsad bilan tarbiyachi turli xil usullardan foydalanishi mumkin: maslahat, maqtov, topshiriqni bajarish usulini ko’rsatmasi (to’liq bo’lmagan), o’yinchoq ko’rsatmasi, eslatma va shu kabilar. Bolani shunday holatga qo’yish kerakki, u o’ylagan o’yini bajarishi uchun o’zi yo’l topsin. SHunday qilib u yoki bu metod va usullarni tanlash quyidagilarga bog’likdir: Mashg’ulot mazmuniga va mashg’ulot oldida turgan maqsadga, shu bilan birga, tasviriy faoliyatning vazifalariga; Bolalarning yoshi va rivojlanish darajasiga; Bolalar foydalanadigan tasvirlash materiallariga bog’liqdir. Atrof olam haqidagi tasavvurlarni mustahkamlash maqsadidagi mashg’ulotlarda, asosan og’zaki metodlar qo’llaniladi: suhbatlar, bolalarning ko’rganlarini xotiradan qayta eslash uchun yordam beradigan savollar beriladi. Tasviriy faoliyatning turli ko’rinishlarida o’rgatish usullari turlichadir, chunki bir obraz turli vositalar yordamida vujudga keltiriladi. Masalan: mazmunli mavzularda kompozitsiyaga o’rgatish vazifasini rasmda illyustratsiyalarga qarab tushuntiriladi, uzoqlashayotgan predmetlar yuqoriroqda, yaqindagilari esa pastroqda chiziladi. Bu masala loydan buyum yasaganda shakllarning ularning holatiga qarab joylashtiriladi; yonma-yon yoki ketma-ket va hokazo. Bu yerda alohida tushuncha yoki ko’rsatma berish shart emas. Har bir usuldan o’ylab, mashg’ulot oldida turgan vazifalarga nisbatan, dasturda berilgan mashg’ulotning mazmuniga nisbatan va asosan ushbu guruh bolalarining qay darajada rivojlanganligini hisobga olgan holda foydalanish kerak. Mashg’ulotda alohida metod va usullar ko’rgazmali va og’zakilari - o’zaro qo’shiladi, mujassamlashtiriladi va bir-biriga umumiy ta’lim jarayonida bog’lanadi. Ko’rgazmalilik bolalar tasviriy faoliyatining moddiy hissiy asosini yangilaydi, so’z esa to’g’ri tasavvurni, tahlilni, idrok qilinganlarni va tasvirlayotganlarini umumlashtirishni shakllanishiga yordam beradi. Download 168.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling