18-mavzu.Ikkita vektorning skalyar kupaytmasi.
Vektorning o’qdagi proyeksiyalari. Vektorlarning skalyar ko’paytmasi va xossalari.
Asosiy adabiyotlar:
Narmanov A.Ya. Analitik geometriya. T. O’zbekiston respublikasi faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti, 2008 y.
Bахvаlоv S.V. Mоdеnоv P.S. “Аnаlitik gеоmеtriyadаn mаsаlаlаr to’plаmi T. Univеrsitеt, 2006.
Tаvsiya etilаdigаn аdаbiyotlаr:
D.V.Klеtеnik. Sbоrnik zаdаch pо аnаlitichеskоy gеоmеtrii. Mоskvа, 2016 g.
Izu Vaisman. Analytical Geometry. World Scientific,USA, 2007.
Reja:
Vektorlarning skalyar ko‘paytmasi va uning xossalari.
Skalyar ko‘paytmaning koordinatalardagi ifodasi.
Skalyar ko‘paytmaning tatbiqlari.
Vеktоrlarning vеktоr ko’paytmasi .
Vektorlarning skalyar ko‘paytmasi va uning xossalari. Biz vektorlarni songa ko‘paytirish, qo‘shish va ayirish amallarini ko‘rib o‘tdik. Endi vektorlarni o‘zaro ko‘paytirish masalasiga o‘tamiz. Buning uchun dastlab fizikadan kuch bajargan ishni hisoblash formulasini eslaymiz. Biror moddiy nuqtaga f kuch vektori ta’sir etib, uni s vektor bo‘yicha harakatlantirgan bo‘lsin. Bunda kuch va harakat vektorlari orasidagi burchak φ bo‘lsa, unda moddiy nuqtani ko‘chirishda bajarilgan ish A=|f|·|s|·cosφ formula bilan hisoblanadi. Bu formulada |f| – kuch kattaligini, |s| – bosib o‘tilgan masofani ifodalaydi.
1-ТАЪРИФ: Ikkita a vаb vеktorlarning skalyar ko‘paytmasi dеb ularning modullari bilan ular orasidagi burchak kosinusining ko‘paytmalariga aytiladi.
a vаb vektorlarning skalyar ko‘paytmasi a·b, ab yoki (a,b) kabi bеlgilanadi va , ta’rifga asosan,
Do'stlaringiz bilan baham: |