18-mavzu. Innovatsion loyihalarni venchurli moliyalashtirish


Download 305.13 Kb.
bet10/11
Sana24.03.2023
Hajmi305.13 Kb.
#1292891
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Ravshanov Oybek

Texnoparklar asosan innovatsion gʻoyalar shakllanadigan joy. Biroq, texnoparklar zamonaviy ilm-fan shaharlari – yangi texnologiyalarni joriy etish uchun nafaqat platformadir, balki, noyob meʼmoriy loyihalar amalga oshiriladigan joy hamdir. 

Dunyoda hali ham eng mashhur texnopolis bu - “Silikon vodiysi” hisoblanadi. Don Xeflerin bir qator maqolalaridan keyin uning nomini olgan. Texnopark San-Fransiskodagi IT-dasturchilar uchun koʻp yillardan buyon butun dunyodagi eng yaxshi aql-idrokka ega boʻlib, noyob texnologik yechimlar yaratish, yangi robototexnika tizimlarini oʻrganish bilan shugʻullanadi. Hozirgi kunda Stendford universiteti hududida 200 dan ortiq kompaniya, mingdan ziyod startaplar, shuningdek, mehmonxona, turar-joy majmualari va savdo-koʻngilochar majmualari faoliyat koʻrsatmoqda.

2019-yilning 10-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

2019-yilning 10-yanvarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 17-sonli “Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi.

Unga ko’ra quyidagilar Texnoparkning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilandi:

  • axborot texnologiyalari sohasida raqobatbardosh mahsulotlar va xizmatlarni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularni ichki va tashqi bozorlarda ilgari surish, innovatsion ishlanmalarni rag‘batlantirish;
  • Texnopark rezidentlarini o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan yuqori texnologik infratuzilma va zamonaviy laboratoriyalar bilan ta’minlash, ularga moliyaviy, marketing, huquqiy va boshqa konsalting xizmatlari, shuningdek, biznes-akselerator xizmatlari ko‘rsatish;
  • axborot texnologiyalari sohasida yangidan ish boshlagan va kichik korxonalarga startap-loyihalarni amalga oshirishda, innovatsiya faoliyati natijalarini tijoratlashtirishda, shu jumladan, venchur moliyalashtirish asosida ko‘maklashish;
  • rezidentlarga loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilishda, shu jumladan, zamonaviy texnologiyalar va dasturiy mahsulotlar transferini amalga oshirish orqali ko‘maklashish;
  • yuqori texnologiyali mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqarish tarmog‘ini amalga oshirish uchun ilmiy, ta’lim va ishlab chiqarish tashkilotlari faoliyatini integratsiyalashga ko‘maklashish;
  • axborot texnologiyalari sohasida yuqori malakali mutaxassislar sinfini yaratish maqsadida yosh mutaxassislarni o‘qitishni tashkil etish;
  • yetakchi kompaniyalar va mutaxassislar ishtirokida axborot texnologiyalari sohasida mahorat darslari, treninglar va malaka oshirish kurslari, shuningdek, ilmiy-amaliy konferensiyalar va seminarlar o‘tkazish.

Download 305.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling