18-mavzu: mpli boshqarish tizimlarining (mpbt) umumlashtirilgan struktura sxemasi


Download 371.55 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana16.06.2023
Hajmi371.55 Kb.
#1508528
1   2
Bog'liq
18 Ma\'ruza

va manzil shinasidir. Protsessor shinasi deganda, ko‘pincha ma’lumotlarni uzatish yoki qabul 
qilish bog‘lanishlari to‘plami sifatida ifodalangan ma’lumotlar shinasi nazarda tutiladi. Shinaga 
bir vaqtning o‘zida qancha signal ko‘p kelib tushsa, 
vaqtning aniq bir intervalida
, u orqali shuncha 
ko‘p ma’lumotlar uzatiladi va u shuncha tez ishlaydi. EHM da funksional bloklar quyidagi shinalar 
yordamida birlashtiriladi: EHM bloklari orasida axborot almashinuvi shinasi, EHM ning turli 
qurilmalarga murojaat qilinadigan adreslarni uzatish shinasi va boshqaruvchi signallarni uzatuvchi 
boshqarish shinalari. Foydalanuvchining EHM bilan muloqotda bo’lishi uchun boshqarish pulti 
bo‘lib, u EHM ni ishga tushirish yoki generatordan taktlovchi signallarni kelishini to’xtatib, 
protsessorni kutish holatiga o’tkazuvchi ya’ni to’xtatish kabi ishlarni bajarishga imkon beradi. 
Programmani boshlang’ich adresi programma hisoblagichiga kiritiladi, xotira yachaykalaridagi va 
protsessor registrlaridagi axborotlar indikatsiya qilinadi hamda programmani sozlashda 
komandalar qadamma-qadam bajariladi. EHM ga axborotlarni kiritishda egiluvchan magnit diski 
(EMD), teletayp, klaviatura, perforator kabi periferiya qurilmalaridan foydalanish mumkin. 
Jarayon yoki boshqarish haqidagi ma’lumotlarni bevosita kiritish mumkin. Agar ma’lumotlar 
kuchlanish yoki tok 
kabi analog shaklida berilsa
, dastlab bu ma’lumotlar raqamli shaklga 
almashtiriladi. Bunday almashtirish analog-raqamli almashtirgich (ARA) yordamida bajariladi. 
Huddi shuningdek EHM dan chiquvchi jarayonni boshqarish haqidagi ma’lumotlar raqamli-analog 
almashtirgich (RAA) yordamida analog shakliga almashtirilishi mumkin. Kiritish qurilmasi orqali 
o’tuvchi ma’lumotlar kiritish porti orqali 8 xonali parallel yoki ketma-ket kod signallari yordamida 
shinalarga uzatiladi. Adres selektori ma’lumotlarni ma’lum paytda kiritish porti orqali 
ma’lumotlar 
shinasiga 
uzatadi. 
Mikro-EHM ning shinalar sistemasi. EHM ning turli bloklarini birlashtirish uchun "shinalar 
strukturasi" dan foydalaniladi. Mikro-EHM da uch xil: adres, ma’lumotlar va boshqarish shinalari 
mavjud. Adres shinasi-shinadagi chiziqlar soni xotira adresidagi xonalar soni aniqlayadi. 
Ko’pchilik mikro-EHM lar 16 yoki 20 xonali adresga ega (KR580 - 16 xonali, KM181 OVM80 - 
20 xonali). Ma’lumotlar shinasi-chiziqlar soni deyarli doimo 8 xonali bo’ldi ya’ni ma’lumotlar 
shinasi sakkizta chiziqqa ega. Boshqarish shinasi-Mikro - EHM turiga mos boshqarish chizig’ini 
o’z ichiga oladi. Turli bloklarni ishga tushiruvchi signallar boshqarish shinasi orqali uzatiladi. 
Mikro - EHM shinalari haqida so’z yuritganda ichki shinalar ko’zda tutiladi.

Download 371.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling