18-Mavzu: ms accessda hisobotlar ms access hisobotlari bilan ishlash asoslari. Reja


Download 252.53 Kb.
Sana18.10.2023
Hajmi252.53 Kb.
#1707694
Bog'liq
18-mavzu


18-Mavzu: MS Accessda hisobotlar. MS Access hisobotlari bilan ishlash asoslari.


Reja:



  1. MS Accessda hisobotlar haqida tushunchalar va ularning vazifalari.

  2. MS Access hisobotlari bilan ishlash asoslari.




  1. MS Accessda hisobotlar.

Accessning eng kuchli tom onlaridan biri hisobotdir. Uning yordamida ma’lumotlarni qulay va foydalanuvchiga tushunarli ko‘rinishda tayyorlash va chop etish mumkin. Agar bundan 20-30 yil oldingi davrda magazindagi mahsulotlarga e’tibor bersangiz ular peshtoqlarda oddiy ko‘rinishda turar xaridorlarni o‘ziga jalb qilmas edi. Hozirgi paytda esa ahvol butunlay o‘zgardi. Ularning ko‘rinishi rang-barang va har bir xaridomi o‘ziga tortadi. Xuddi shu holni Accessda ham kuzatish mumkin. Jadval va so‘rovlar yordamida tayyorlangan ma’lumotlar (jadvallar) 20-30 yil oldingi magazinlardagi mahsulotlarning ko‘rinishini eslatsa, shu ma’lumotlardan hisobot yordamida tayyorlangan mahsulot hozirgi zamon magazin peshtoqlaridagi rang-baranglikni eslatadi. Hisobot yordamida did bilan tayyorlangan mahsulot go‘yoki gul bozoridagi gullar rastasini eslatadi. Eng muhimi, foydalanuvchi uchun uning tushunarliligidadir.


Jadvallar yoki so'rovlar yordam ida tayyorlangan jadvallarni chop etishda ularga har xil grafik obyektlarni qo‘yish imkoniga ega emassiz. Bu ishni hisobot yordamida soddagina amalga oshirish mumkin. Xuddi shuningdek, ma’lumotlarni guruhlarga ajratish va har bir guruh bo‘yicha ma’lum hisoblashlarni amalga oshirish mumkin.
Har qanday hisobot ham formadek jadval yoki so‘rov asosida loyihalanadi. Formalami loyihalashni bilgan foydalanuvchi hisobotlarni kamida 80% ga biladi degan so‘z. Chunki ko‘rinish jihatidan forma va hisobot bir-biriga juda o‘xshaydi


  1. Автоотчет yordamida hisobot tayyorlash

Hisobot tayyorlashning eng oson va tez yo‘li автоoчетdan foydalanishdir. Hisobot tayyorlashda so‘rovlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir, chunki so‘rovlar mazmun jihatidan hisobotlarga yaqin bo‘ladi. Hisobot tayyorlashning bu usulida ikki xil hol bo‘lishi mumkin (автоотчет: в столбец, автоотчет: ленточный). Ulardan qaysi birini tanlash foydalanuvchining ixtiyorida. Hisobot tayyorlash uchun:
1. Ma’lumotlar bazasi oynasidan hisobot (отчет) obyektini tanlaymiz.
Создание menyusidan Отчет bo‘limini tanlaymiz

Natijada, Новий отчет oynasi ochiladi. Bu oynadan Мастер очетов bo‘limini va pastki darichadagi ochiluvchi menyudan (unda barcha jadvallar va so‘rovlarning ro‘yxati mavjud) biror obyektni, masalan, “Ukuvchilar” nomli so‘rovni tanlaymiz


“Ukuvchilar” nomli so‘rovdan hisobotda ko‘rinishi kerak bo‘lgan maydonlarni “Доступные поля” darchasidan “Выбранне поля” darchasiga o‘tkazamiz va “Далее” tugmasini bosamiz.



Bu oynadan maydonlarning hisobotda ko‘rinish ketma-ketligini aniqlab “Далее” tugmasini bosamiz.

Hosil bo‘lgan oynada saralash tartibini belgilab “Далее” tugmasini bosamiz.

Ekranda ochilgan oynaning Maket bo‘limidan в столбец ni tanlaymiz. Ориентация bo‘llimidan Книжная ni tanlaymiz va “Далее” tugmasini bosamiz hamda keyingi oynada hisobotga nom qo‘yib “Готово” tugmasini bosamiz.

Ekranda tayyorlangan hisobot maketi hosil bo‘ladi


Agar “Создание очетов” muloqat oynasida Maket bo‘limidan “Табличный” tanlansa u holda hisobot ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi.



Download 252.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling