18-mavzu. Omborlashtirish logistikasining asosiy vazifalari va funksiyasi


Download 43.75 Kb.
bet1/2
Sana30.04.2023
Hajmi43.75 Kb.
#1402173
  1   2
Bog'liq
18-Amaliy mashg\'ulot — копия (3)


18-MAVZU. OMBORLASHTIRISH LOGISTIKASINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYASI
Taʼkidlash joizki, omborlashtirish logistikasi omborni boshqarish bilan emas, balki ombor orqali oʻtuvchi tovar oqimlarini boshqarish bilan shugʻullanadi.
Omborlashtirish logistikasidagi asosiy strategik masalasi - bu ombor tarmogʻini shakllantirish. Rejalashtirishning ushbu bosqichida korxona ham yuk oqimini so`nggi iste’molchigacha olib borish bilan bog`liq bo`lgan minimal xarajatlarni, ham har bir mijozga o`z darajasi uchun muhim bo`lgan kafolatlangan xizmat ko`rsatishni ta’minlay oladigan optimal logistik tizimni amalda joriy etadi. Bu bosqichni makroloyihalashtirish bosqichi deb ham atasa bo`ladi.
Ombor tarmog`ini shakllantirish strategiyasi quyidagi asosiy masalalarni hal qilishni talab etadi:
- zahiralarni omborlashtirish strategiyasining tanlovi omborga egalik qilish shakllarining tanlovi bilan bog`liq;
- mijozlarni uzluksiz ta’minlashda butun hudud bo`ylab xizmat ko`rsatishni ta’minlaydigan omborlar sonini aniqlash;
- hududdagi omborlar tarmog`ini joylashtirish va har bir omborning konkret o`rnini ko`rsatish;
- omborlar tarmog`idagi omborlar ta’minoti shaklini tanlash (markazlashtirilgan yoki markazlashtirilmagan).
Omborlashtirish logistikasining ikkinchi muammosi ombor xo`jaligi va infratuzilmaning shakllanishi bilan bog`langan. Bu bosqichda o`z ichiga ombor hududlarining tuzilmasi, bosh rejasi va ularning katta hajmdagi rejalashtirilgan yechimlarining ishlanmasini oluvchi mikroloyihalashtirish masalalari hal qilinadi.
Quyidagilar ombor xo`jaligining samarali ishlashi kafolati bo`lib xizmat qiladi:
- omborlar bosh rejasi sxemasini ishlab chiqish,
- ombor shaklini to`g`ri tanlash (bino yoki inshoot-qurilma);
- firmaning rivojlanish istiqbollarini hisobga olgan holda omborning boshlang`ich holatiga qaytarish quvvatini hisoblash;
- omborlashtirish tizimining omborlarni joriy etishga bo`lgan umumiy xarajatlarni minimallashtrish sharoitida ombor quvvatidan maksimal foydalanish ta’minlaydigan optimal tanlovi.
Ombordagi logistik jarayonlarni boshqarish omborlashtirish logistikasi miqyosida alohida masala hisoblanib, uning yechimi:
- ombordagi logistik jarayonlar boshqaruvini ta’minlash;
- mahsulotni ombor orqali o`tishini ta’minlaydigan yondosh xizmat ko`rsatish bo`linma (xaridlar, marketing, sotuvlar bo`limi va hokazo) lari bilan muvofiqlashtirish;
- ombordagi yuklar qayta ishlovini tashkil qilish bilan bog`langan.
Tovar ishlab chiqaruvchi korxona logistik tizimidagi xomashyo manbasidan so`nggi iste’molchigacha bo`lgan moddiy oqim har biri muayyan ko`rinishdagi omborlarning mavjudligi bila tavsiflanadigan logistikaning uch funksional sohasidan o`tadi.
Birinchisi, ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan ta’minlash sohasi: moddiy resurslar omborlari (xomashyo, materiallar, butlovchi qismlar, yordamchi materiallar va hokazo).
Ikkinchisi, vazifasi korxona ichidagi texnologik ishlab chiqarish siklining uzluksiz ishlashini ta’minlash bo`lgan ishlab chiqarishni qo`llab-quvvatlash sohasi: moddiy resurslar, asbob-uskunalar, tugallanmagan ishlab chiqarish (oraliq mahsulot), qoldiq mahsulotlar va chiqindilar omborlari hamda tayyor mahsulot omborlari.
Uchinchisi, tayyor mahsulotni taqsimlash sohasi: tayyor mahsulot omborlari (taqsimlash-ishlab chiqarish omborlari, ulgurji korxonalar omborlari va hokazo).
Ko`p holatlarda logistika faoliyati sohasi omborlarda boshlanib omborlarda tugaydi. Ombor bir vaqtning o`zida ham bu sohalarning chegarasi ham logistika tizimi bo`g`inlari orasidagi moddiy oqimlar harakatining bog`lovchi elementi hisoblanadi.
Ombor tizimini shakllantirish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni ularning yechilishi ketma-ketligi tartibida ajratib chiqish mumkin:
- omborga egalik qilish shaklini aniqlash;
- omborlar sonini aniqlash va ombor tarmog`ini joylashtirish;
- ombor turadigan joyni aniqlash;
- ombor kattaligi va turini aniqlash;
- omborlashtirish tizimini ishlab chiqish;
- ombordagi logistik jarayonni ishlab chiqish.
Logistik tizimda omborlardan foydalanishning asosiy sabablari deb quyidagilarni sanash mumkin:
- ta’minlash va taqsimlashda talab va taklifni (mahsulotning mavsumiy va xavfsizlik zahiralarini joriy etish hisobiga) tenglashtirish va muvofiqlashtirish;
- tashishdagi logistik xarajatlarni (yetkazib berishning optimal partiyalarini shakllantirish hisobiga) kamaytirish;
- iste’molchi talablarini maksimal qondirish;
- sotuvning faol strategiyasi uchun sharoit qilib berish;
- bozor geografiyasini kengaytirish;
- so`nggi iste’molchini uzluksiz ta’minlash va ularda tovar zahirasini tashkil etish;
- xizmat ko`rsatishning egiluvchan siyosati, xususan mustaqil talabga ega bo`lgan tizimlarda.
Bu jihatlarni omborlashtirish ustunliklarini jo`natmalarni konsolidatsiyalashtirilgan (birlashtirilgan yoki yiriklashtirilgan) holatida tavsiflovchi quyidagi misolda aniqlashtiramiz.
Mahsulot ishlab chiqaruvchi A, B, C, D, to`rtta firma bor deb, faraz qilamiz. Ularning mahsulotini mijozlarga ikki xil variantda:
- omborlashtirishsiz;
- va mahsulotlarni biron-bir taqsimlash markazida omborlashtirib (konsolidatsiyalashtirilgan holatda) taqsimlashda xarajatlar o`zgarishini tahlil qilamiz.
Boshlang`ich ma’lumotlar va taqsimlashdagi logistik xarajatlarning taqqoslangan hisoblari natijalari 18.1-jadvalda keltirilgan.
18.1-jadval
Omborlashtirishdagi potensial xarajatlarning kamayishi namunasi




I variant: omborlashtirishsiz

Ishlab chiqaruvchi firmalar

Jo`natma og`irligi (kg)

Yetkazib berish uchun tashish tarifi (doll./100kg)

Umumiy tashish xarajatlari (doll.)

1

2

3

4 = [2] x [3]

A
B
C
D

10000
8000
15000
7000

2.00
1.80
3.40
1.60

200
133
510
112


Download 43.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling