18. Shaxsiy hujjat turlari
Download 16.37 Kb.
|
18. SHAXSIY HUJJAT TURLARI
18. SHAXSIY HUJJAT TURLARI Shaxsiy hujjatlar alohida shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga tegishli bo‘ladi. Ariza Muayyan muassasaga yoki mansabdor shaxs nomiga biror iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan rasmiy hujjat. Ariza ijtimoiy hayotda eng ko‘p qo‘llaniladigan va keng tarqalgan ish qog‘ozidir. Maktab o‘quvchisi va talaba, ishchi va dehqon, muhandis va olim, xizmatchi va yuqori mansabdor shaxs – jamiyatning barcha a’zosi ariza yozishdan xoli emas. Ariza yozuvchilarning yoshi va ijtimoiy vazifasi turlicha ekan, ariza yo‘llanayotgan muassasalar va idoralar ham xilma-xildir. Arizalar bog‘cha mudirasiga, maktab direktoriga, oliy o‘quv yurti rektoriga, magazin mudiriga, kolxoz boshqaruviga, qishloq sovetiga, tuman rahbariyatiga – xullas, oddiy arizachining taklif, iltimos yoki shikoyatini ko‘rib chiqib hal qila oladigan har qanday idora, har qanday boshliq nomiga yozilishi mumkin. Arizaning zaruriy qismlari: Ariza yo‘llangan muassasaning yoki mansabdor shaxsning nomi Ariza yozuvchining turar joyi, vazifasi, ismi, ota ismi va familiyasi Hujjatning nomi (Ariza) Asosiy matn (taklif, iltimos, shikoyat) Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar nomi (agar zarur deb topilsa) Ariza yozuvchining imzosi, ismi va ota ismining bosh harflari, familiyasi Ariza yozilgan vaqt (yil, kun va oy) Ariza ham boshqa har qanday rasmiy hujjat kabi aniq va qisqa jumlalarbilan tushunarli qilib yozilishi kerak. Hujjat tilining aniqligi, tushunarliligi uni tezroq amalga oshishiga xizmat qiladi. Mehnatkashlarning ariza va shikoyatlarini o‘z vaqtida va diqqat-e’tibor bilan ko‘rib chiqish esa boshqaruv idoralarining muhim vazifalaridan biri, sotsialistik qonunchilikning mustahkam garovidir. Ariza asosan qo‘lda yoziladi va uning mazmuni erkin bayon qilinadi. Mazmuni va uslubiga ko‘ra arizalar bir xil emas: u bir necha so‘zdan iborat bo‘lishi ham mumkin yoki keng jamoatchilikni o‘ylantirayotgan ijtimoiy masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilgan xat tarzida bo‘lishi ham mumkin. Shu nuqtai nazardan arizalar sodda va murakkab turlarga ajratiladi. Murakkab ariza matni katta bo‘lishi bilan birga, unga ilovalar qilinishi mumkin. MA’LUMOTNOMA Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish-axborot berish mazmunida ifodalaydigan hujjat. Ma’lumotnomalar, odatda, yuqori idora, mansabdor shaxs hamda oddiy kishilarning ko‘rsatmasiga, talabiga yoki iltimosiga binoan tuziladi; so‘ralayotgan yoki iltimos qilinayotgan axborot va ma’lumotlarni o‘zida aks ettiradi. Ma’lumotnoma o‘z xususiyati va mazmuniga ko‘ra ikkiga: xizmat ma’lumotnomasi va shaxsiy ma’lumotnomaga bo‘linadi. Shaxsiy ma’lumotnoma — muassasalar tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi aksarvoqea-hodisalarvaholatlarnitasdiqlabberadigan hamda talab qilingan joylarga ko‘rsatiladiganrasmiyhujjatdir.Masalan, muassasa ishchi yoki xodimga uning qayerda, kim bo‘lib vaqancha maosh olib ishlashi haqida; o‘quvchi va talabaga esa qayerdao‘qishihaqida fuqarolik holati hujjatlarini qayd qilish (ZAGS) va notarial idoralari hamda mahalla fuqarolar yig’inidan shaxsning tug‘ilganligi yoki vafot etganligi to‘g‘risida, nikoh bo‘lganligi yoki ajralganlik haqida (hujjatlar yo‘qolganda); tuman va shahar ijtimoiy ta’minot bo‘limi shaxsning nogironligi, nafaqasining miqdori, avtomobilga ega emasligi haqida; shifoxonalar kishining sog‘lig‘i (kasal emasligi) haqida; mahalla idoralari yoki uy-joy boshqarmalari shaxsning yashash joyi, egallab turgan uy-joyining maydoni yoki oila a’zolarining soni haqida ma’lumotnomalar beradi. Bulardan tashqari, ichki ishlar va adliya idoralari tomonidan ham fuqarolarga tasdiqlovchi, guvohlantiruvchi ma’lumotnomalar beriladi. Shaxsiy ma’lumotnomalar quyidagi zaruriy qismlarni o‘z ichiga oladi: Ma’lumotnoma beruvchi tashkilotning nomi Ma’lumotnomaning tartib raqami va berilgan sanasi Hujjat turining nomi (Ma’lumotnoma) Ma’lumotnoma berilayotgan shaxsning ismi, ota ismi va familiyasi Ma’lumotnoma matni (u tasdiqlayotgan voqea yoki holat bayoni) Ma’lumotnomaning maqsadi (ma’lumotnoma ko‘rsatiladigan, taqdim. etiladigan joy nomi) Mansabdor shaxs(lar) ning imzosi (lavozimi va familiyasi) Muhr Tushuntirish xati Xizmat sohasidagi, xizmatga aloqador masalani, uning ayrim jihatlarini yozma izohlovchi va muassasa (bo‘lim) rahbariga (ichki) yoki yuqori tashkilotga (tashqi) yo‘llanuvchi hujjatdir. Tushuntirish xati yuqori tashkilotga yuborilayotganda, u ko‘pincha biror asosiy hujjat (rejalar, hisobotlar, loyihalar)ga ilova tarzida bo‘lib, mazkur hujjatni umuman yoki ba’zi o‘rinlarini qisman izohlab, tushuntirib beradi. Bu xildagi tushuntirish xati, shuningdek, muassasada bo‘lib o‘tgan voqea-hodisaga, rahbarning ba’zi xatti-harakatiga, rejalashtirilgan ishlarning bajarilmay qolishiga ham izoh beradi yoki dalillaydi. Demak, bu holda tushuntirish xati mustaqil hujjat hisoblanmaydi. Shunga qaramay, u muassasa xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi va rahbar tomonidan imzolanadi. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, kolxozchi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib -qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o’tash mumkin. Ichki, boshqacha aytganda, shaxsiy tushuntirish xatlari asosan xodim (ishchi, xizmatchi, kolxozchi, talaba) tomonidan, ba’zan bo‘linmalar rahbarlari tomonidan muassasa rahbari nomiga yoziladi. Unda ish (o‘qish) jarayonida xodim (talaba) tomonidan sodir etilgan ba’zi xatti-harakatlar (masalan ish yoki o‘qishga kech qolish, kelmay qolish, reja yoki ayrim topshiriqni bajarmaganlik, belgilangan tartib -qoidalarga rioya qilmaganlik va boshqalar) va ularni keltirib chiqargan sabablar izohlanadi, dalillanadi. Bevosita xodim (muallif) tomonidan imzolanadigan bunday tushuntirish xati oddiy varaqqa yoziladi. Shaxsiy tushuntirish xatlari odatda mansabdor (rahbar) shaxsning talabi bilan yoziladi, chunki u keyinchalik xodim haqida muayyan qarorga kelish, unga nisbatan tegishli intizomiy jazo chorasi qo’llash yoki dalillar asosli (uzrli) bo‘lsa qo‘llamaslik uchun asos vazifasini o’tash mumkin. Tushuntirish xati quyidagi zaruriy qismlardan iborat: Hujjat yo‘llanayotgan tashkilot yoki mansabdor shaxsning to‘liq nomi Hujjatni tayyorlagan (yozgan) muassasa yoki shaxsning to‘liq nomi Hujjat turining nomi (Tushuntirish xati) Hujjat matni (mazmuni) Imzo Sana (hujjat yozilgan vaqt) Tashqi, xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki. muassasaning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbarning yoki xodimning to‘liq nomi deganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxsning lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. Tashqi, xizmat yuzasidan korxona yoki muassasa nomidan yoziladigan tushuntirish xatlari xos ish qog‘ozida rasmiylashtiriladi, tabiiyki, muassasaning to‘liq nomi ushbu ish qog‘ozida aks etadi. Ichki tushuntirish xatlarida esa rahbarning yoki xodimning to‘liq nomi deganda, u ishlaydigan (o‘qiydigan) bo‘linmaning nomi, shaxsning lavozimi, ismi, ota ismining bosh harflari va familiyasi nazarda tutiladi. T A R J I M A Y I H O L Ma’lum bir shaxs tomonidan o‘z shaxsiy hayoti va faoliyati haqida bayon qilingan yozuv tarjimayi hol deyiladi. Tarjimayi hol bir xil andozaga ega emas, mufassar yoki muxtasar yozilishi mumkin. U muallif tomonidan mustaqil tuziladigan hujjatdir. Tarjimayi holning asosiy zaruriy qismlari: 1. Hujjatning nomi (tarjimayi hol) 2. Matn: A) muallif familiyasi, ismi va otasining ismi; B) tug‘ilgan yil, kun, oy va tug‘ilgan joyi; C) millati, ijtimoiy kеlib chiqishi; D) ota-onasi haqida qisqacha ma’lumot (familiyasi, ismi va otasining ismi va ish joyi); E) ma’lumoti (qayеrda, qanday o‘quv yurtini tugatganligi va ma’lumotiga ko‘ra mutaxassisligi); F) ish faoliyatining turlari; G) oxirgi ish joyi va lavozimi; J) mukofot va rag‘batlantirishlar; Z) jamoat ishlarida ishtiroki; I) oilaviy ahvoli va oila a’zolari; K) pasport ma’lumotlari; L) turar joyi (uy adrеsi), tеlеfoni. 3. Sana. 4. Imzo. Barcha ma’lumotlar davriylik (xronologik) asosida, aniq sanalar bilan (iloji boricha yili, oyi, kuni ko‘rsatilgan holda) bеriladi. Barcha raqamlar arab raqamlarida ifodalanadi. Tarjimayi hol shunday tuzilishi kеrakki, u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li, faoliyati haqida muayyan tasavvurga ega bo‘lsin. E’tiboringiz uchun rahmat! http://fayllar.org Download 16.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling