180 m balandlikdan erkin tushayotgan jismning oxirgi sekunddagi ko'chishi qanday?


Download 228.73 Kb.
Sana10.02.2023
Hajmi228.73 Kb.
#1185360
Bog'liq
erkin tushish a guruh





  1. (96-3-57).

180 m balandlikdan erkin tushayotgan jismning oxirgi sekunddagi ko'chishi qanday?
(g=10 m/s’).
A)160 m B)150 m
C)155m D)140m
E) 55 m

  1. (02-8-3).

Erkin tushayotgan jism 7-sekundda qanday masofani bosib o'tadi? g=10 m/s2
A) 65 m B) 70 m
C) 245 m D) 490 m
E) 49 m



  1. (96-10-7).

Agar erkin tushayotgan jism oxirgi 2 sekundda 160 m masofani o'tgan bo'lsa, u yerga qancha vaqtda tushgan? g=10 m/s2.
A) 3 s B) 6 s
C) 9 s D)12s
E) 15 s

  1. (97—1—4).

30 m/s bog'lanish tezlik bilan erkin tushayotgan jismning harakat boshidan 5 s o'tgan paytdagi tezligi qancha? (g=10 m/s2).
A) 30 m/s B) 50 m/s
C) 80 m/s D) 150 m/s
E) 180 m/s

  1. (97-9-10).

Erkin tushayotgan jism harakatining dastlabki 3
sekundidagi ko'chishi necha m ga teng?
(g=10 m/s2),
A) 60 B) 75
C) 50 D) 45
E) 65

  1. (98-4-2).

Biror balandlikdan erkin tushayotgan (boshlan'gich tezliksiz) jism yo’lning birinchi 1/4 qismi oxirida V tezlikka erishgan bo'lsa, yo'l oxiridagi tezligi nimaga teng bo'ladi?
A) 1,5V B)2V
C) 3V D) 4V
E) 8V

  1. (98—4—4).

Yuqoriga Vo tezlik bilan otilgan jismning maksimal ko'tarilish balandligi h ga teng. Qanday balandlikda jismning tezligi Vo dan 2 marta kichik bo'ladi?
A) h/4 B) h/2
C) 2h/3 D) 3h/4
E) 3h/5

  1. (98—5—6).

Berilgan tenglamalardan yuqoriga tik otilgan jism bosib o'tgan yo'l ifodasini toping.


  1. (98-8-6).

Ikkita jism bir nuqtadan birin-ketin tashlandi. Erkin tushishda ular orasidagi masofa o'zgaradimi?

  1. kattalashib boradi

  2. kichiklashib boradi

  3. ba'zi holda kichiklashadi va kattalashadi

  4. o'zgarmaydi

  5. to'g'ri javob yo'q

  1. (98-8-7).

Tosh yuqoriga vertikal otildi. Tosh traektoriyaning qaysi nuqtalarida eng katta tezlanishga ega bo'ladi? havoning qarshilig hisobga olinmasin.

  1. traektoriyaning o'rtasida

traektoriyaning eng yuqori nuqtasida

  1. traektoriyaning eng quyi nuqtasida

  2. tezlanish hamma joyda birday va g ga teng

  3. to'g'ri javob yo'q

  1. (98-12-16).

Erkin tushayotgan jismning n-chi sekunddagi ko'chishi son jihatdan nimaga teng?
A) 10n-1 B) 4(4n-1)
C) 5(n-1) D) 5(2n-1)

  1. Erkin tushayotgan jismning 3- sekunddagi tezligi nimaga teng(m/s)

A)30 B)40 C)50 D)70
13. (99-2-7).
Bir jism H, ikkinchisi 2H balandlikdan yerga tushdi. Ikkinchi jismning yerga urilish tezligi tezligidan necha marta katta bo'ladi?
A)2 B)0,5 C) D)4 E)2
14.(99-3-11).
Yuqoriga otilgan to'pning ko'tarilish vaqtini 5 marta orttirish uchun uning boshlang'ich tezligini qanday o'zgartirish kerak? havoning qarshiligi hisobga olinmasin.

  1. 5 marta orttirish kerak

  2. 5 marta kamaytirish kerak

  3. 10 marta orttirish kerak

  4. 10 marta kamaytirish kerak

  5. 2,5 marta orttirish kerak

15.(99-4-9).
Yuqoriga tik otilgan jismning ko'tarilish balandligini 9 marta orttirish uchun uning boshlang'ich tezligini qanday o'zgartirish lozim?

  1. 3 marta orttirish kerak

  2. 3 marta kamaytirsh kerak

  3. 9 marta kamaytirish kerak

  4. 9 marta orttirish kerak

  5. marta orttirish kerak

16.(99-5-23).
Jism 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qancha vaqtdan so'ng uning tezligi (modul jihatidan) boshlang'ich tezlikdan 4 marta kichik bo'ladi?
A) faqat 3 s B) faqat 4 s
C) faqat 5 s D) 3 s va 4 s
E) 3 s va 5 s

  1. (99-5-28).

Bir jism 80 m baladlikdan erkin tushmoqda, u bilan bir vaqtda boshqa jism 160 m balandlikdan tusha boshladi. Ularning ikkalasi yerga bir vaqtda tushishi uchun 2- jismning boshlang'ich tezligi qanday bo'lishi kerak?
A) 80 m/s B) 40 m/s
C) 10 m/s D) 16 m/s
E) 20 m/s

  1. (99-6-18).

Jism boshlang'ich tezliksiz erkin tushmoqda. Uning dastlabki 3 s va 7 s vaqt davomida o'tgan yo'llarining nisbatini toping.
A) 9:49 B) 3:7
C) 5:13 D)
E) to'g'ri javob berilmagan

  1. (99-6-22).

Jism 40 m/s tezlik bilan yuqoriga tik otildi. Qancha vaqtdan so'ng u 60 m balandlikda bo'ladi?
A) 1,5 s B) faqat 2 s
C) faqat 6 s D) 2 s va 6 s
E) 4s

20. (00-4-4).


30 m balandlikdan 5 m/s boshlang'ich tezlik bilan vertikal pastga otilgan jismning tezligi yerdan qanday balandlikda 3 marta oshadi (m)?
A) 20 B) 25
C) 15 D) 10 E) 30

21. (00-5-6).


500 m li television minoraning uchidan 1 s farq bilan uzilgan ikki tomchi orasidagi masofa eng ko'pi bilan necha metr bo'ladi?
A) 105 B) 100
C) 95 D) 90
E) 85

22. (00-8-59).


Erkin tushayotgan jismning 2 sekunddagi ko'chishi nimaga teng?(m)
A)20 B)30 C)40 D)50
23. (00-8-60).
V0 boshlang'ich tezlik bilan yuqoriga tik otilgan jismning tezligi qanday baladlikdan 2 marta kamayadi?
24. (00-8-61). Bir xil balandlikdan 2 s vaqt interval! bilan ikkita jism erkin tusha boshladi. Ikkinchi jism tashlangandan qancha vaqtdan keyin ular orasidagi masofa 40 m ga teng bo'ladi (s)?
A) 0,2 B) 0,5
C)1 D) 2 E) 4

25. Erkin tushayotgan jisimning 2- va 5- sekunddagi tezliklari nisbatini toping.


A) 0,6 B) 1,67
C) 0,4 D) 0,216
E) 1
E) 2,5



Download 228.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling