19 – лаборатория иши


Download 27.25 Kb.
bet2/3
Sana16.11.2023
Hajmi27.25 Kb.
#1778572
1   2   3
Bog'liq
Laboratoriya

rasm. Qurilmaning sxemasi.

1–ishchi blok; 2–temperaturalar bloki; 3–mikrokalkulyator; 4–stol; 5–gilof; 6 – avtomatik yondirgich; 7 – signalli armatura; 8 – quvvat bloki; 9 – ekran.
Ma’lum sharoitlarda konvektiv issiqlik almashinishni tajriba yo’li bilan ko’rib chiqilishi va olingan natijalarni (19.3) tenglama yordamida hisoblanishi bir xil, o’xshash sharoitlarda issiqlik almashinish qurilmalarni hisoblashda qo’llash imkonini yaratib beradi.
Ishning maqsadi – trubaning gorizontal yuzasida havoning erkin konveksiya jarayonida tajriba yo’li bilan issiqlik berish koeffitsiyenti α ni aniqlash va cheksiz issiqlik berish koeffitsiyentini hisoblash uchun umumlashtirilgan bog’liqlikni olish.

Tajriba qurilmasining ishlash prinsipi


Tajriba qurilmasi (19.1 rasm) ikkita funksional sistemadan iborat vazifa berish va isitkichga uzatilayotgan kuchlanishni hisoblash hamda isitkich

temperaturasini o’lchash sistemalari. Isitish uchun kuchlanish blok 8 dan avtotransformator orqali ko’rib chiqilayotgan gorizontal joylashgan va uzunasi 874 mm, ichki diametri esa d = 20 mm li yupka devorli truka 1 ning chetlariga uzatiladi. Avtotransformator blok quvvatiga o’rnatilgan raqamli qurilma bilan ta’minlangan. Nurlanish yo’li bilan issiqlik almashinishni kamaytirish uchun trubaning tashqi yuzasi sirlangan. Trubaning tashqi yuzasidagi temperaturalar ma’lum qadamda o’rnatilgan xromel – kopelli termoparalar (6-7 dona) yordamida o’lchanadi. Termoparalar o’tkazuvchilar (pereklyuchatel) orqali temperatura bloki
2 da o’rnatilgan ko’p nuqtali potensiometrga ulangan. Laboratoriya stolida qurilmaning hamma elementlari o’rnatilgan: ishchi blok 1; temperaturalar bloki 2; quvvat bloki 8; signalli 7 va himoyalovchi 6 armatura ko’rib chiqilayotgan trubka elementi tiniq ekran 9 bilan himoyalangan. Tajriba natijalarini hisoblash uchun qurilmada mikrokalkulyator 3 o’rnatilgan.

Tajriba o’tkazish tartibi


Sinalayotgan trubaga avtotransformator orqali kuchlanish yuboriladi. Tok kuchi va kuchlanishning miqdori aniqlanadi. Termopara ko’rsatishini kuzatib, zarur issiqlik rejim belgilanadi (hamma termoparalar ko’rsatishi vaqt davomida o’zgarmaydi).
Temperaturani turg’un taqsimlanishida, elektr qizdirgich ajratgan issiqlik quvvatining qiymati, konveksiya va nurlanish yo’li bilan trubaning yon yuzasidan tarqalgan umumiy issiqlik miqdoriga teng bo’ladi.
So’ng truba yuzasidan temperatura o’lchanadi – har bir nuqtasidan 3 marotaba har 5 minutda olingan natijalar hisobot jadvaliga kiritiladi. Temperaturalar o’lchanayotgan daqiqada isitkichning quvvati va atrof-muhit temperaturasi belgilanadi.
Tajriba isitkich quvvatining ikkita qiymatida takrorlanadi (maksimal quvvat 0,2 kVt dan ortiq bo’lmasligi lozim).
Hisobot jadvaliga quyidagilar kiritiladi: tajribalar soni, jarayon davomiyligi τ (s), tok kuchi I (A), kuchlanish ΔU (V), quvvat W (Vt), potensiometr ko’rsatish bo’yicha temperaturalar t1, t2 , … , tn (°C), truba yuzasining o’rtacha temperaturasi td (°C), atrof – muhit temperautrasi – thavo (°C).

Download 27.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling