19 – Мавзу Жамиятнинг фалсафий таҳлили
Download 1.15 Mb.
|
12-mavzu. Diniy madaniy an\'analarning ahamiyati2.docx
Yagona diniy mentalitet madaniyatning asosini tashkil qilib, odamlarning tafakkuri va odobini, munosabatini mehnati, turmush tarziga, ijtimoiy - siyosiy hayotga muayyan qilgan. Diiny ibodatxonalarning ramziy tasviri, xristian cherkovlarining simvolikasi, musulmonlarning madrasa, maqbara va masjidining mo’xtashamligi va rangli go’zalligi odamlarda ulug’vorlik hissiyotini paydo qiladi, ularda go’zallik, mukammallik, buyuklik va sehrlik haqida tafakkurini uyg’otadi, ruhiy- hissiy ta’sir yetkazadi
Markaziy Osiyo, jumladan O’zbekiston xalqlari hayotiga islomning kirib kelishi odamlarning ma’naviyatini boyib borishiga, ruhiyatining baquvvat va axloq-odobining ibratli bo’lishiga xizmat qilgan. Islom ta’limoti manbalariga tayanib, ulkan kashfiyotlar qilgan va islomning mazmun-mohiyatini mukammallashiga salmoqli hissa qo’shgan allomalar va muhaddislar yetishib chiqqan, ularning boy merosidan xalqimiz bahramand bo’lgan
. Islom ta’limotida dinlararo totuvlikka alohida e’tibor berilgan, diniy e’tiqodga majburlab kiritishga yo’l qo’ymilmagan. Qo’r’onning «Baqara» surasida shunday deyilgan: «Dinga zo’rlash yo’q, zero, to’g’ri yo’l yanglish yo’ldan ajrim bo’ldi. Bas, kim shayton (yoxud butlar)ni inkor etib, Allohga iymon keltirsa, demak, u mustahkam xalqani ushlabdi» (2:256). Islom ta’limotida majburlash yo’q.
Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling