19- mavzu: moliya kredit tizimi statistikasi
rasm Moliyaviy oqimlar tasnifi
Download 56.91 Kb.
|
19-mavzu
19.1 rasm Moliyaviy oqimlar tasnifi
Joriy va kapital operatsiyalar.Davlat moliyasi statistikasi tizimida kapital operatsiyalarga asosiy kapitalni sotib olish,berib yuborish,qurish yoki sotib yuborishhamda aosiy kapitalni ishlab chiqarish mAqsadlari uchun tovar va xizmatlar xaridi Bilan bog’liq operatsiyalar kiritiladi.Qiymatni saqlab turishvositasi sifatida qimatbaho buyumlarni saqlash operatsiyalari ,ishlab chiqarilmagan moddiy ne’matlar (er,tabiy o’rmonlar,,er osti boyliklari )operatsiyalari ,nomoddiy aktivlar (masalan,patentlar)ga oid hamda faqqulodda va kam uchraydigan operatsiyalar ham kapital operatsiyalar tarkibiga kiritiladi.Real aktivlar ,er yoki qimatbaho mollarni sotib olishyoki sotib yuborishhamda real aktivlarni sotib olish uchun beg’araz mablag’larni berishyoki boshqa transfertlar qilish kapital operatsiyalarga misol bo’la oladi. Kapital aktivlarni olish uchun olingan to’lovlar kapital transfertlar rasmiy (davlat va halqaro toshkiltlar tamonidan) va norasmiy (nodavlat manbalardan ,xar ehson sifatida)transfertlar turkumiga kiritiladi.Demak,kapital operatsiyalardan tashqarii boshqa barcha qaytarilmaydigan operatsiyalar joriy operatsiyalar hisoblanadi.Kapital aktivlarga solinadigan soliqlardan tashqarii boshqa soliqLar joriy operatsiyalar tarkibiga kiritiladi. Davlat byudjeti statistikasida yuqorida qayd etib o’tilgan tushinchalardan tashqarii moliyaviy va nomoliyaviy aktivlar,davlat siyosati yoki likvidlikni boshqarish,qayta baholashva aktivdagi boshqa o’zgarishlar,moddiy aylanma vositalar zahiralari hamda asosiy kapital istemoli ,daromadlar,sarflarni hisoblash va boshqa tushinchalar mavjud.O’zbekiston Respublikasi «Byudjet tizimi to’g’risida»gi Qonunda 18 ta tushinchalarga ta’rif berilgan. Davlat byudjetining ko’rsatkichlari tizimi.XVFning «Davlat moliyasi statistikasi yilnomasi»da (GFSY)hamda «Xalqaro moliya statistikasi» ( IFS)ning oylik va yillik to’plamida Markaziy xukumat byudjetining quyidagi sintetik ko’rsatkichlari e’lon qilinadi; 1.Jami daromadlar va grantlar 6.Jami sarf xarajatlar. 15.Jami taqchillik (defitsit)yoki prodefitsit 17.18.Ichki va tashqi moliyalashtirish.Davlat krediti(ichki va tashqi) Bunda 2,3,4,5,7,…ko’rsatilmagan raqamlarsintetik ko’rsatkichlar tarkibini bildiruvchi ko’rsatkichlarning tartib Raqamlaridir.Bu ko’rsatkichlar mutlaq (milliy valyutada ,amaldagi narxlarda ) va nisbiy ko’rsatkichlarda (YAIMga nisbatan % hisobida)shaklda ifodalanadi. Daromadlar –u yoki bu faoliyat natijasida olinadigan pul yoki boshqa iqtisodiy qiymatlar.Bu o’rinda davlat boshqaruvi sektorining faoliyati natijasida olingan daromadlar:davlat byudjetining daromadlari va boshqa daromadlardan iborat.Davlat byudjetining daromadlari –byudjetning barcha bo’g’inlari uchun safarbar qilinadigan soliq va nosoliq daromadlaridir.Soliq daromadlari davlat byudjetining asosiy qismini tashkil etadi.Soliqlar davlat mavjudligi garovidir.Ular iqtiodiy agentlar (yuridik va jismoniy shaxslar)dan majburiy qoplanmaydigan va qaytarilmaydigan holda ,to’lash miqdori va muddati qonunda oldindan belgilangan,tushumlardir.Davlat davlat byudjetining barcha bo’g’inlari daromad qismini ujudga keltirishda qo’llanadigan kompleks (uyg’unlashgan)tadbirlar davlatning (ba’zida fiskal ) siyosati deb yuritiladi.Soliq siyosatini o’tkazish vositalari majmui soliq tizimi deyiladi.Bu vositalar quyidagilar:Soliqqa tortish baaini belgilash;soliq stavkalari;soliq imtiyozlari;soliqlarni undirish;va byudjetlararo taqsimlash usullari.SoliqLar fiskal azifani bjarish Bilan birga tartiblashtiri vazifasini ham bajaradi.Iqtisodiyotda soliq yuklamasini baholashda kontsaldirlashtirilgan (yig’ma)davlat byudjeti daromadining yalpi milliy daromaddagi salmog’i Aniqlanadi.Bunda davlat byudjetining barcha bug’inlari va davlat nobyudjet (maxsus)jmg’armalari ham nazarda tutiladi.Soliqqa tortish bazasini belgilash usuliga qarab barcha soliqLar to’g’ri va egri soliqLarga ajratiladi,To’g’ri soliqLar iqtisodiy agentlarning daromadi va mulkining qiymatiga to’g’ridan to’g’ri soliq solinadi.Bunday soliqLarga :foyda solig’i,daromad solig’i,mol mulk solig’i va boshqalardir.Bunday soliqLar davlat byudjetida 40 %ni tashkil qiladi.Tovar va xizmatlar bahosidan olinadigan soliqlar egri soliqLar hisoblanadihamda ularga aktsiz,qo’shilgan qiymat solig’i,bojxona boji va boshqalarni kiritish mumkin(25 %) To’g’ri soliqlarning maxsus ,alohida turi –bu davlat maxsus jamg’armalariga majburiy to’lovlardir (pensiya,bandlik,yo’l). Nosoliq daromadlar turkumiga mulk va tadbirkorlik faoliyatidan olinadigan daromadlar,ma’muriy yig’imlar va to’lovlar ,jarima va sanktsiya,tashqi iqtisodiy faoliyatdan olinadigan daromadlar,davlat nobyudjeti jamg’armalari va boshqa nosoliq daromadlar kiradi.Barcha turdagi soliq va nosoliq daromadlari joriy daromadlar tarkibidadir.Bundan tashqarii kapital daromadlar (asosiy kapital,davlat zahiralari va boshqa tovarlari ,er,nomoddiy aktivlar ni sotishdan olinadigan daromadlar ,nodavlat manbalardan kapital transfertlar)davlat byudjetining daromadlari qismida alohida ko’rsatiladi. Grantlar.«Grant» atamasi inglizchadan hadya,inom, xayr sahovat,ehson,dotatsiya, subventsiya,reparatsiya ma’nolarini anglatadi. Moliya statistikasida grantlar-qaytarilmaydigan, beg’araz (qoplanmaydigan), majburiy bo’lmagan (muntazam bo’lmagan,bir yo’la subventsiya,hayr ehson,reparatsiya turidagi) tushumlardir.Grantlardavlat boshqaruvi sektorining boshqa muassasalari ,milliy iqtisodiyotning boshqa sektorlari (rezidentlar)va xoriy davlatlar,jismoniy shaxslari va jomoa toshkilotlari hamda xalqaro toshkilotlar(norezidentlar) tamondan berilishi mumkin.Bu turdagt tushumlar davlat byudjetidefitsitini kamaytiradi,ammo defitsitni moliyalashtirmaydi.SHuning uchun XVF tavsiyasiga ko’ra grantlar byudjetning «daromadlar»kotegoriyasiga alohida qatorda ko’rsatiladi. Davlat byudjetining sarflari. Davlat byudjeti barcha bo’g’inlarining daromad qismida yig’ilgan barcha daromadlarni Aniq mAqsadlarga yo’naltirilgan holda qilinadigan davlat sarflar hisoblanadi.Bu sarflar (xarajatlar emas) qaytarilmaydigan ,ya’ni moliyaviy majburiyatlarni paydo qilinishi yoki uzilishi (to’lanishi) Bilan bog’liq bo’lmagan holda qoplanadigan yoki qoplanmaydigan tarzda amalga oshiriladi.Bu sarflar joriy va kapital mAqsadlar uchun yo’naltirilgan bo’lishi mumkin.Davlat boshqaruv sektorining boshqa idoralariga o’tkazilgan transfertlari,to’lanadigan grantlar(joriy va kapital)sarflar tarkibiga ,alohida qatorlarda ko’rsatilgan bo’lishi mumkin. Joriy sarflar.Davlat byudjeti sarflarining salmoqli qismi bo’lib byudjet tizimining barcha bo’g’inlari tamonidandavlat boshqaruvi sektorining joriy faoliyatini amalga oshirish uchunhamda byudjetning boshqa bo’g’inlari va iqtisodiyotning boshqa sektorlari (soha,tarmoq,blok)ni davlat tmonidan qo’llab quvvatlashga qaratilgan sarflaridir. Kapital sarflar.Davlat byudjeti sarfining bir qismi bo’lib,innovatsiya va investitsion faoliyatni ta’minlashga qaratilgan sarflar.Bu sarflar asosiy kapital,zahiralar, yer, nomoddiy aktivlar, qimmatbaho buyumlar sotib olishga qaratilgan sarflarni hamda boshqa kapital sarflarni o’z ichiga oladi. Harbiy qurilish mAqsadlariga va harbiy texnika sotib olish uchun qilingan sarflar kapital sarflar tarkibiga kirmaydi. Kredit olish minus qarzning to’lanishi.(sof kredit olish). XVFning amaldagi standartlaida davlat byudjetining saflari tarkibida sof kredit olishham kiritiladi va byudjetning saldosi (defitsit yoki prodefitsit)ini hisoblashda e’tiborga olinadi.Davlat byudjetining saldosi: davlat daromdlariQgrantlar)-(davlat sarflari Q sof kredit olish).Agar saldo musbat bo’lsa davlat byudjeti-faol byudjet,manfiy bo’lsa –defitsitli byudjet deyiladi. Davlat byudjeti statistikasi ma’lumotlari nazorat vazifasini bajaradi.Ular orqali dalatning moliyaviy asosi daromadlar,umumdavlat ehtiyojlarning qondirilishi –sarflar bo’yicha qonunda ko’zda tutilgan maqsadlarning bajarilishi o’rganilib boriladi. Davlat byudjetining profitsiti ilk marta YaIMga nisbatan 0,02 foiz bo’lishi kutilmoqda. Holbuki, 2017 yil va undan avvalgi yillarda davlat byudjeti 1 foizlik defitsit bilan tasdiqlanar edi. Download 56.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling