19-amaliy mashg’ulot: Qog‘ozdan mozaika yasash. Tuxum po‘chog`idan mozaika yasash. Reja
Download 480.65 Kb. Pdf ko'rish
|
4-amaliy (2)
460 19-amaliy mashg’ulot: Qog‘ozdan mozaika yasash. Tuxum po‘chog`idan mozaika yasash. Reja: 1. Mozaika san’ati haqida ma’lumot berish. 2. Qog‘ozdan mozaika yasash haqida ma’lumot berish. 3. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini amaliy ko‘rsatish. Amaliy mashg‘ulotning maqsadi:Talabalarga mozaika sa’nati haqida bilim berish. Mozaika ishining mazmuni haqida tushunchalar hosil qilish. Qog‘ozdan mozaika yasash texnologiyasini o‘rgatish. Pedagogning vazifalari: • talabalarning mozaika sa’nati haqidagi bilimlarini aniqlash; • ish joyini to‘g‘ri tashkil qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilishni eslatish; • qog‘ozdan mozaika ishining bajarilishi haqida tushunchalar berish; • mozaika ishlarini yasash texnologiyasini o‘rgatish. Ta’lim usullari: metodi, amaliy ish, ko‘rgazmalilik. Ta’lim vositalari: Tayanch matn, metodik qo‘llanmalar, slaydlar, oq qog‘oz, turli rangli qog‘oz, chizg‘ich, qaychi, qalam. Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi. 1. Mozaika san’ati qanday san’at? 2. Mozaikaning materiallari nimalardan iborat? 3. Mozaikani yasashda nimalarga e’tibor berish kerak? 5. Mozaika qachon paydo bo‘lgan? 6. Mozaika usulida qanday inshootlar bezatilgan? Mozaika san’ati haqida Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davrlarda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materiallariga ko‘ra ham, naqsh va rasmlarga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. O‘rta Osiyoda madrasalar, machitlar, hukmdorlarning saroylari mozaika usulida bezatilgan. Hozirgi kunda mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol, plitalardan foydalaniladi. Mashhur ustalar tomonidan ayrim shaharlarda rangli ko‘zgu parchalaridan ajoyib mozaika asarlari yaratilgan, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib va porlab shodlik kayfiyatini yaratadi. Download 480.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling