19-amaliy mashg‘ulot. Yordamchi so‘zlar va so‘z-gaplar tahlili


Download 14.88 Kb.
Sana23.04.2023
Hajmi14.88 Kb.
#1388777
Bog'liq
19-amaliy


19-amaliy mashg‘ulot. Yordamchi so‘zlar va so‘z-gaplar tahlili
1-mashq. Mashqlar ostida berilgan topshiriqlar asosida yordamchi so‘zlarning UGMsini oching.

1. Qush parvoz uchun, inson baxt uchun yaralgan. 2. Ertaga, albatta mening qoshimga keling. 3. Hayot quyosh bilan go‘zal, inson xulqi bilan. (SHukrullo) 4. Gulnor ikki haftadan buyon dadasi va onasi bilan birga har kun bog‘da ishlaydi. (O.) 5. Qalbni bir og‘ir g‘am o‘rtardi misoli otash. (H.O.) 6. Hujra kichkina, lekin iliqqina edi. (O.) Hunar o‘rgan, chunki hunarda ko‘p sir. (Nizomiy). 7. Kampir ba‘zan mudrar, ba‘zan o‘g‘li bilan nimalarnidir gaplashardi. (S.Z.) 8. Javob berib ko‘r-chi, nomard tabiat, Bunchalik go‘zalni nechun yaratding?! O‘zing gunohkorsan, osiysan behad, Nechun yaratding-u, o‘tlarga otding? (H.O.)


1-topshiriq. Gaplar tarkibidagi mustaqil lug‘aviy ma‘no ifodalamaydigan so‘zlarni aniqlang.
2-topshiriq. So‘z zahirangiz va qo‘shimcha manbalardan foydalanib qayd qilingan so‘zlar sirasini boyiting.
3-topshiriq. So‘z va gaplarni bog‘lashga xizmat qiluvchi, so‘z va gaplarga qo‘shimcha ma‘no yuklovchi va so‘zlar orasidagi grammatik tobe munosabatni ifodalovchi yordamchi so‘zlarni ajratib, ularning xususiyatlarini alohida-alohida bayon qiling.
4-topshiriq. 1. Matnda qo‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan bog‘lovchilarni o‘zaro qiyoslang. 2. Matndagi va o‘zingiz davom ettirgan ko‘makchilarni o‘zaro qiyoslang. 3. Matnda ko‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan yuklamalarni o‘zaro qiyoslang.
5-topshiriq. 1. Matnda qo‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan bog‘lovchilardagi o‘xshash tomonlarni aniqlang. 2. Matndagi va o‘zingiz davom ettirgan ko‘makchilardagi umumiylikni toping. 3. Matnda ko‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan yuklamalardagi umumiy tomonlarni aniqlang.
6-topshiriq. 1. Matnda qo‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan bog‘lovchilardagi farqli tomonlarni aniqlang. 2. Matndagi va o‘zingiz davom ettirgan ko‘makchilardagi farqlarni toping. 3. Matnda ko‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan yuklamalardagi farqli tomonlarni aniqlang.
7-topshiriq. 1. Matnda qo‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan bog‘lovchilarni o‘xshashligi va farqlari asosida guruh va guruhchalarga ajrating. 2. Matndagi va o‘zingiz davom ettirgan ko‘makchilarni o‘xshashligi va farqlari asosida guruh va guruhchalarga ajrating. 3. Matnda ko‘llangan va o‘zingiz davom ettirgan yuklamalarni o‘xshashligi va farqlari asosida guruh va guruhchalarga ajrating.
8-topshiriq. 1. Bog‘lovchilar haqida umumlashma qoida chiqaring. 2. Ko‘makchilar haqida hukm qiling. 3. Yuklamalar haqida xulosa chiqaring.
9-topshiriq. Berilgan yordamchi so‘zlarning ma‘nodoshlari, shakldoshlari, vazifadoshlari, qiymatdoshlari va zidlari bilan munosabatlari (yaqinlik, o‘xshashlik va farqlarni)ni aniqlang.
Download 14.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling