19-amaliy mashg`ulot
Download 8.5 Kb.
|
Jahon adabiyoti. 19-amaliy mashg'ulot
19-amaliy mashg`ulot Onore de Balzakning Grande ota (“Yevgeniya Grande” asari) va Said Ahmadning Inoyat oqsoqol (“Qirq besh kun” asari) obrazlari qiyosiy tahlili. Onore de Balzak(20-may,1799—18-avgust,1850)farang yozuvchisi va dramaturgi.Balzak jahondagi eng buyuk yozuvchilardan biridir.U bir qancha roman,hikoya,drama va insho yozgan.Uning eng mashhur asarlaridan biri “Inson komediyasi “ deb nomlanuvchi 90 ga yaqin romanlar to`plamidir.Ushbu romanlarda Balzak farang jamiyatini batafsil tasvirlab bergan.”Inson komediyasi”ni muallif uch qismga bo`lgan:”Odatlar haqidagi etudlar”,”Falsafiy etudlar”, “Analitik etudlar”.Eng kattasi “Odatlar haqidagi etudlar” bo`lib unga 72 ta roman kirgan bo`lib,ular orasida—“Gobsek”(1830), “Yevgeniya Grande”(1833), “Gorio ota (1834), “Yo`qotilgan orzular” kabi asarlar bor. Balzak ijodida fransuz realizmi o`zining yuksak pog`onasiga ko`tarilgan.”Inson komediyasi” epopeyasi XIX asrning I yarmidagi fransuz jamiyatining realistik manzaralarini keng qamrovda aks ettirganligi,voqealarga,dalillarga boyligi,turli toifadagi kishilar dramasi yaratilganligi,yorqin obrazlari va personajlari bilan katta taassurot qoldiradi.Epopeya asarlari bir-biri bilan bog`langan,qahramonlar taqdiri tutash.Sudxo`r Gobsek,kommersant Grande,bankir Nusingen,ziyoli Rastinyak kabi obrazlar asardan asarga o`tib boradi.Balzakning “Yevgeniya Grande”, “Gobsek” asarlari S.Muhammadjonov,M.Mirzoidov,M.Mahmudov va boshqalar tarjimasida turli yillarda o`zbek tilida nashr etilgan. Said Ahmad (Saidahmad Husanxo`jayev)—mashhur o`zbek adibi 1920-yilning 10-iyunida Toshkent shahrining “Samarqand darvoza” mahallasida tug`ilgan. Said Ahmad nasrning barcha janrlarida qalam tebratgan.”Ufq”trilogiyasi(1964-1974)adib ijodida alohida o`rin tutadi. “Ufq”romani XX asr millat hayotining o`n yillik davri—Ikkinchi jahon urushi,urush va urushdan keyingi yillar voqealarini o`z ichiga oladi.Trilogiyada o`sha yillari xalq boshiga tushgan musibatlar, odamlar ko`ksidagi armonlar,shu musibatlarni yengishga qodir misilsiz matonat va shijoatlar yozuvchi iste`dodiga xos ehtiros,zo`r ilhom bilan aks ettirilgan. “Ufq” romani uchta kitobdan iborat (“Qirq besh kun”, “Hijron kunlarida”, “Ufq bo`sag`asida”). Download 8.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling