19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi
Download 5.75 Kb.
|
19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sh-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shtrixli kodlash sohasida
19. Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI VA KOMMUNIKATSIYaLARINI RIVOJLANTIRISh VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOShKENT AXBOROT TEXNOLOGIYaLARI UNIVERSITETI “Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanidan AMALIYoT TOPShIRIQ №1 Bajardi:Nurmurodov Sardor AX_711-19guruh Qabul qildi: Rahmonova Gulnora Toshkent 2022 Javoblar 19.Etalonlarning yaratilish tarixi v anima uchun ular maxsus sharoitlarda saqlanadi? Etalon (frans. — namuna) — biror narsaning ideal namunasi, oʻlchovi yoki turi (tipi); fan va texnikaning muayyan taraqqiyot darajasida eng yuqori aniqlikka erishilgan oʻlchov birliklarini qayta tiklash, saklash va tarqatish uchun xizmat qiladigan namuna oʻlchovlar hamda oʻlchash asboblari. Har qanday buyum yoki oʻlchash natijasi E.ga solishtiriladi. E. birlamchi, ikkilamchi, maxsus, davlat E.lari, E. guvoh, solishtirma E., ishchi E., E.nusxalarga boʻlinadi. Birlamchi E. mamlakatda eng aniq (shu birlikdagi boshqa E.ga nisbatan) birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi. Ikkilamchi E. qiymati birlamchi qiymat boʻyicha belgilanadi. Maxsus E. alohida sharoitlarda birliklarni qayta tiklashni taʼminlaydi va shu sharoitlar uchun birlamchi E. vazifasini oʻtaydi. Davlat E.lari mamlakat uchun dastlabki oʻlchov birligi sifatida rasmiy tasdiqlangan birlamchi yoki maxsus E.dan iborat. E.guvoh davlat E.ining saqlanishini tekshirish va buzilgan yoki yoʻqolgan taqdirda uni almashtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E.dan iborat. Solishtirma E. biror sababga koʻra bir- biriga solishtirish mumkin boʻlmagan E.ni solishtirish uchun moʻljallangan ikkilamchi E. Ishchi E. birliklarning oʻlchamlarini yuqori aniqlikda oʻlchaidigan namuna vositalariga, baʼzan eng aniq ishchi oʻlchash vositalariga oʻtkazish uchun moʻljallangan. E.nusxa birliklarning oʻlchamlarini ishchi E.ga oʻtkazish uchun moʻljallangan ikkilamchiE.dan iborat. Oʻlchamlar va ogʻirliklar xalqaro byurosi tayyorlagan metr va kilogrammning platinairidiyli E.lari xalqaro va milliy E. hisoblanadi. Har bir mamlakatda, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasida saqlanadigan metr, kilogramm, volt, om, sham va lyumen E.lari xalqaro E. bilan solishtirib turiladi. Ishlab chiqarilayotgan biror mahsulotni taqqoslash uchun namuna, oʻlchov E.lardan foydalaniladi. Mas, don namunasi, kanop tolalari namunasi va boshqalar Oʻzbekistonda E. larni saqlash va ulardan foydalanish masalalari bilan "Oʻzstandart" agentligi shugʻullanadi 81.Shtrixli kodlash deganda nimalarni tushunasiz ? O'zbekiston Respublikasi shtrixli kodlash tizimi EAN xalqaro tovar raqamlash tizimi doirasida ishlab chiqilgan va faoliyat yuritadi, milliy va xalqaro kodlash tizimining mos kelishini hamda axborot almashish uchun yagona tilni ta'minlaydi EAN shtrixli kodlaridan foydalanish ustidan nazorat GS1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN)assotsiatsiyasi va "O'zstandart" Agentligi “Shtrixli kodlash markazi” DK tomonidan birgalikda amalga oshiriladi GS 1 UZBEKISTAN (EAN UZBEKISTAN) (Belgiya, Bryussel) Xalqaro assotsiatsiyasi tomonidan mamlakatimizga 478 raqamli identifikatsion kod berilgan GS 1 UZBEKISTAN assotsiatsiyasi korxonaga unga ro'yxatga olish raqami berilgani to'g'risida guvohnoma va EAN tizimiga ko'ra tovar kod tuzilmasini beradi "O'zstandart" agentligi “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK tomonidan o'rnatilgan tartibga muvofiq shtrixli kod original-maketi tayyorlanadi va beriladi Original-maketning yuqori qismida albatta Davlat reestridagi ro'yxatga olish raqami ko'rsatilgan bo'lishi kerak. Bu raqamsiz shtrixli kod haqiqiy deb hisoblanmaydi va foydalanishga yo'l qo'yilmaydi Shtrixli kodlash sohasida: turli tashuvchilar va firmaga oid o'zi yopishadigan etiketka va yorliklarda shtrixli kodlarning original-maketlarini tayyorlash; original-maket va upakovkalarda shtrixli kodlar verifikatsiyasi; etiketka, upakovka va tovarda shtrixli kodlar bosilishining sifatini tekshirish; • O‘zbekiston Respublikasida chiqarilgan mahsulotning shtrixli kodlarini Davlat reestriga kiritish; avtomatik tarzda identifikatsiyalash va shtrixli kodlash sohasidagi masalalar bo‘yicha seminar, yig'ilishlar o'tkazish; shtrixli kodlash texnologiyalarini qo'llagan holda avtomatlashtirilgan tizimlarni loyihalashtirish va joriy qilish. Firmaning o’zi yopishadigan etiketka va yorliqlar va turli tashuvchilarda shtrix kodlarning original-maketlarini tayyorlashga talabnoma Davlat interaktiv xizmatlarining yagona portali va “Shtrixli kodlash va axborot texnologiyalari markazii” DK sayti orqali interaktiv shaklda berilishi mumkin. http://hozir.org Download 5.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling