19 laboratoriya ishi mavzu. Axborot xavfsizligini taminlash usullari brandmauerlar(gov devor), nogahon kirishlarni topish tizimi va virusga qarshi dasturiy ta’minot


Download 122.92 Kb.
bet1/3
Sana18.10.2023
Hajmi122.92 Kb.
#1708070
  1   2   3

19 - LABORATORIYA ISHI
MAVZU. AXBOROT XAVFSIZLIGINI TAMINLASH USULLARI


BRANDMAUERLAR(GOV DEVOR), NOGAHON KIRISHLARNI TOPISH TIZIMI VA VIRUSGA QARSHI DASTURIY TA’MINOT
Zararli va jinoyatkorona himoyasiz dasturiy ta’minot orqali Internet bilan ulanish juda xavfli bo‘ladi. Brandmauerlar, nogahon kirishlarni topish tizimi va virusga qarshi dasturiy ta’minot asosiy biznes instrumenti bo‘lib qoldi.
Brandmauerlar (gov devor)
Brandmauerlar avtorlashtirilmagan foydalanuvchilarni hususiy tarmoqqa kirishiga to‘sqinlik qiladi. Brandmauer –tashkilotning ichki tarmog‘i va tashqi tarmog‘i o‘rtasida joylashgan, begona shahslarni hususiy tarmoqqa kirishlariga to‘sqinlik qiluvchi apparat va dasturiy ta’minotdir. U asosan tashkilotning ichki tarmog‘i va tashqi tarmog‘i o‘rtasida joylashgan bo‘lib, Internet singari tashqi tarmoqqa ishonmaydi, shuningdek brandmauerlardan kompaniya tarmog‘ini bir qismini, tarmoqning qolgan qismlaridan himoyalash uchun ham foydalaniladi (8.5-rasm).
Brandmauer darvozabon singari faoliyat yuritadi. U tarmoqqa kirish taqdim etilmasdan oldin, har bir iste’molchining hisobot ma’lumotlarini tekshirib chiqadi. Brandmauer ismlarni, IP-manzil, ilovalar va kirish trafiginingboshqa tavsifnomalarini
identifikatsiyalaydi(tenglashtiradi). Brandmauerlar bu axborotni tizimdagi tarmoq administratorining(ma’muri) dasturlangan kirish qoidalariga binoan tekshiradi. Brandmauer sanktsiyalanmagan (tasdiqlanmagan) “tarmoqqa kiruvchi” va “tarmoqdan chiquvchi” uzatishlarni oldini oladi.
Yirik kompaniyalarda brandmauer, ko‘pincha tarmoqni qolgan qismidan alohida ajratilgan mahsus kompyuterda joylashgan bo‘ladi. Statik paketli filtrlash, holatni qayd qilish nazorati, tarmoq manzilini qayta tashkil etish va ilovalarni filtrlash kabi ko‘pgina brandmauerni ekranlashtirish texnologiyalari bor. Ular ko‘pincha kombinatsiyalarda, brandmauer yordamida himoyani taqdim etish uchun qo‘laniladi.
Paketlarni filtrlash, alohida paketlarni o‘rganib, ma’lumotlar paketi sarlovhasidagi tanlangan hoshiyani tekshiradi. Filtrlashning bu texnologiyasi ko‘pgina turdagi hujumlarni o‘tkazishi mumkin. Holatni tekshirish, aniqlash yo‘li bilan qo‘shimcha xavfzizlikni ta’minlaydi. Paketlar jo‘natuvchi va qabul qilib oluvchi o‘rtasidagi dialogni davom etuvchi qismimi. U bir necha paketlar oralab axborotni kuzatish uchun jadval holatini o‘rnatadi. Brandmauer firmaning hususiy tarmog‘i va umumiy hammabop Internet yoki boshqa tarmoq o‘rtasida, sanktsiyasiz (tasdiqlanmagan) kirishdan himoyalanish uchun o‘rnatilgan.

Download 122.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling