19-mavzu: Bojxona ishida xalqaro hamkorlikda innovatsion faoliyat. Reja


Download 24.93 Kb.
Sana16.06.2023
Hajmi24.93 Kb.
#1504823
Bog'liq
19-aмаliy (1)



19-mavzu: Bojxona ishida xalqaro hamkorlikda innovatsion faoliyat.
Reja.
1. Tashqi iqtisodiy faoliyatni bojxona boshqaruvi orqali tartibga solishda
xalqaro tashkilotlarning o‘rni.
2.MDH mamlakatlarining iqtisodiy va bojxona hamkorligi.
3.O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasining xalqaro hamkorlikni
rivojlantirishdagi faoliyati.
Darsning maqsadi : Bojxona organi uchun xodimlar tayyorlashning modernizasiyalashgan yo‘nalishlarining ko‘rinishlari va xususiyatlarining ilmiy-uslubiy asoslarini nazariy ahamiyati haqida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish.
Dars jihozlari: marker, flomaster, plakatlar, vatman, kerakli adabiyotlar.
Uslubiy ta’minot: namunaviy dastur, ishchi dastur, kalendar reja, o‘quv- uslubiy majmua, tarqatma materiallar.

Tayanch iboralar.
Xalqaro hamkorlik, GATT, Yevropa ittifoqi, Jahon savdo tashkiloti, Mustaqil
davlatlar hamdo‘stligi, Jahon bojxona tashkiloti.
Masala 78
Qarshidagi korxona Koreyada kompg‘yuterlar partiyasini «SIF Toshkent» bazis sharti bilan xarid qildi. Savollar:

  • tomonlarning kontrakt bo‘yicha majburiyatlari qanday?

  • tovarni O‘zbekiston chegarasidan o‘tkazishda qanday bojxona to‘lovlari undiriladi?

  • kontraktning bazis sharti to‘g‘ri tanlanganmi?

  • tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi?

Masala 79
Rossiyadagi Voronej shahrida joylashgan korxona 35 tn. metall simni Germaniyaning Gamburg shahridan 150 km. masofada joylashgan nemis firmasiga sotdi. Tuzilgan kontrakt bazisi DD’ bo‘lib, unda rus korxonasi tovar tashuvini avtotransport bilan manzilgohga yetkazib berish majburiyatini o‘z zimmasiga oldi.
Savollar:

  • tomonlarning kontrakt bo‘yicha majburiyatlari qanday?

  • tovarni Rossiya chegarasidan o‘tkazishda qanday bojxona to‘lovlari va kimning hisobidan undiriladi?

  • kontraktning bazis sharti to‘g‘ri tanlanganmi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo‘lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering.

  • tashuvga sarflangan harajatlar ortiqcha emasmi?

  • tashuvda qanday transport turlarini qo‘llash mumkin?

Masala 80
Buxoroda joylashgan korxona ayollar velosipedlarining kichik partiyasini SHri Lankadagi firmaga “FCA……air’ort Tashkent” bazis sharti, Toshkent aeroportiga yetkazib berish sharti bilan sotdi. SHu bilan birga, Buxorodagi firma yukni Toshkent aeroportidan Kolombo aeroportigacha tashuv haqini to‘ladi.
Savollar:

  • tomonlarning kontrakt bo‘yicha majburiyatlari qanday?

  • Buxoro firmasining xarakatlarini xatoliligi nimada?

  • tashuvga sarflangan xarajatlar ortiqcha emasmi?

  • tashuvda qanday transport turlarini qo‘llash mumkin?

  • kontraktning bazis sharti to‘g‘ri tanlanganmi? Agar noto‘g‘ri bo‘lsa, siz qanday bazis shartini tanlagan bo‘lardingiz? Tanlovingizni asoslab bering.

Download 24.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling