19-mavzu: Elektron pochta orqali xat yuborish va qabul qilish Reja: Elektron pochta haqida tushuncha
Elektron pochtaning afzallik va kamchiliklari
Download 174.75 Kb. Pdf ko'rish
|
Elektron pochta
Elektron pochtaning afzallik va kamchiliklari
EP ning asosiy afzalliklaridan biri uning tezligidir. Telefon xam tez ishlaydi. Lekin xayot tajribasi shuni ko’rsatdiki, juda ko’p hollarda u orqali bog’lanish muvaffakiyatsizlikka uchraydi. Buning sababi abonentning telefon qilingan vaqtda uz joyida bo’lmaganligidadir. EP ham tezlik nuqtai nazaridan telefondek ishlasada, u bir vaqtning o’zida o’zaro gaplashuvchilarning har ikkalasi ham joyida bo’lishini taqozo qilmaydi. Bundan tashqari, EP yuborilgan ma’lumot nus’hasini yuborilgan joyda kompyuter xotirasida qoldiradi. Chunki bir vaqtning o’zida yuborilgan ma’lumotlar bir necha adreslarga jo’natilishi mumkin. Elektron pochta orqali turli xil ma’lumotlarni, kompyuter dasturlarini, jadvallarni, grafiklarni junatish va qabul qilish mumkin. Elektron pochtani junatish qo’yidagi sxema asosida amalga oshadi. Junatilayotgan ma’lumot, dasturlar fayllar sifatida tashkil qilinadi va bu fayl kompyuter dasturlari yordamida va modem qabul qilayotgan elektron pochta bo’limiga yoki to’g’ridan – to’g’ri qabul qiluvchi adresga kommunikasion dasturlar deb ataluvchi dasturlar yordamida junatiladi. qabul qiluvchi kompyuter to’g’ridan – to’g’ri modem yuborilayotgan faylni qabul qilishga tayyor (ya’ni tushundim) degandan so’ng uni qabul qila boshlaydi. Bundan avval qabul qiluvchi kompyuter sizning kompyuteringizni tanib, uzatilayotgan faylni va parolni tekshirib ko’radi. Agar uzatilayotgan kompyuter nomi, paroli va ma’lumotlar formati to’g’ri kelsa, unda modem junatilayotgan fayllarni qabul qila boshlaydi. Agar tekshirish natijasida parol, kompyuter nomi, adresi yoki yuborilayotgan fayl formati mos tushmasa, qabul qiluvchi kompyuter bo’lar to’g’risida ma’lumot junatadi. Elektron pochta orqali aloqa bog’lash uchun yuborilayotgan joyda kompyuter elektron pochta tizimida ruyxatga olingan bo’lishi shart. EP bo’lishi uchun avvalo uning xizmatidagi foydalanuvchi albatta kompyuterga, modemga va dastur ta’minotiga ega bo’lishi kerak. Download 174.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling