19-mavzu: Moliyaviy hisobotlar tuzish Moliyaviy hisobot to’g’risida tushuncha, uning mohiyati va ahamiyati


Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi


Download 20.55 Kb.
bet3/3
Sana13.04.2023
Hajmi20.55 Kb.
#1349839
1   2   3
Bog'liq
19-mavzu

 3. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishi
Korxonalarning moliyaviy hisoboti belgilangan talablar va qoidalarga rioya qilgan holda tuzilsa undagi ma’lumotlar hisobot davri mobaynida uning moliyaviy- xo’jalik faoliyati to’g’risida yetarlicha axborot beradi. Bugungi kunda moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140 son buyrug’iga mu-vofiq tuzilmoqda.
Hisobotning asosiy shakllari korxona balansi va moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlan-gan, «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi» to’g’risidagi Nizom, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bilan chambarchas bog’liqdir.
O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining’ 1997-yil 15-yanvardagi «Korxona (tashkilot)larning yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarini shakl va hajmlarini tasdiqlash to’g’risida»gi 5-son buyrug’iga, hamda O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonunining 16-«Moliyaviy hisobot» moddasiga asosan, yangidan quyidagi hisobot shakllari tasdiqlandi:
Yillik hisobot bo’yicha:
-1-son shakl-«Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»;
-3-son shakl - «Asosiy vositalarning harakati to’g’risida hisobot»;
-4-son shakl - «Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot»;
-5-son shakl - «Хususiy kapital to’g’risidagi hisobot».
2. Yarim yillik hisobot bo’yicha,
-1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl-«Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma»;
-4-son shakl-«Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot».
3. Choraklik hisobot bo’yicha:
-1-son shakl - «Buxgalteriya balansi»;
-2-son shakl - «Moliyaviy faoliyat to’g’risida hisobot»;
-2a-son shakl - «Debitorlik va kreditorlik qarzlar bo’yicha ma’lumotnoma».
Ushbu yangi hisobot shakllariga 1999-yil 21-oktabrida, Moliya vazirligining 266-son buyrug’iga asosan o’zgartirish kiritildi. Uning ma’nosi, yuqorida tasdiqlangan buyruqdagi 2-son hisobot nomlanishini, «Moliyaviy natijalar to’g’risida hisobot», degan nomlanishga o’zgartirishdan iborat edi.
Bundan tashqari, Moliya vazirligi 1998-yil 26-iyunida 79-son «Moliya Vazirligining 1997-yil 15-yanvardagi 5-son buyrug’iga o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi buyruq» chiqarib, unda korxona va tashkilotlar yuqorida ko’rsatib o’tilgan shakllar bilan birga yana 2b-son «Moliyaviy-iqtisodiy ahvol to’g’risidagi ma’lumotnoma»ni ham taqdim etishi shartligi qayd etildi. Aynan shu buyruqning o’zi bilan ushbu shaklni to’ldirish to’g’risidagi yo’riqnoma ham tasdiqlangan. Endilikda esa moliyaviy hisobot shakllari, O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining «Moliyaviy hisobot shakllari va ularni to’ldirish qoidalarini tasdiqlash to’g’risida»gi 2002-yil 27-dekabrdagi 140-son buyrug’iga muvofiq tuzilmoqda. 
Bu buyrug’iga 12.11.2003-yil va 20.12.2004-yilda Moliya vazirligining mos ravishda 1209-1 va 1209-2 son buyrug’lari bilan o’zgartirishlar kiritilgan, hamda ular moliyaviy tahlil maqsadlari uchun asosiy manbalar hisoblanmoqda. Тasdiqlangan moliyaviy hisobot shakllari faqat shaklan o’zgaribgina qolmay, balki ma’nosi ham sezilarli darajada o’zgargan: moliyaviy tahlil maqsadlari uchun ular axborotlarga yanada boyigan. 
Barcha qilingan o’zgartirishlar hisobotlarni xalqaro andozalar darajasiga yetkazish maqsadida amalga oshirilgan. Jumladan, buxgalteriya balansining aktiv va passiv tomonlarini ikki bo’limli holatga keltirish. Korxona balansi, buxgalteriya hisobotining asosiy shakli hisoblanadi, qolgan shakllar esa undagi ma’lumotlarni batafsilroq ochib berish va to’ldirish uchun xizmat qiladi. Korxona balansi, korxonaning barcha mablag’larining holati va xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasini ifodalaydi.
Buxgalteriya hisobotining boshqa shakllarida aks etgan ko’rsatkichlar esa, korxona faoliyatining u yoki bu tomonini ifodalaydi. Hisobotning keyingi shakli moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobotdir. 3-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot bo’lib, unda shu hisobotga tegishli barcha masalalar yoritilgan. Moliyaviy hisobotning 2-son shaklida, xo’jalik faoliyati natijasida olingan daromad va xarajatlar aks ettiriladi.
Aniqroq qilib aytganda, unda quyidagi ma’lumotlar yoritilishi kerak:
-sotishdan olingan sof tushum; -sotishdan olingan yalpi moliyaviy natija;
-asosiy faoliyatdan ko’rilgan boshqa operatsion daromad va
xarajatlar;
-asosiy xo’jalik faoliyatining moliyaviy natijasi;
-moliyaviy faoliyatning boshqa daromad va xarajatlari;
-umumxo’jalik faoliyatning moliyaviy natijasi;
-favqulodda foyda va zararlar;
-daromad solig’i to’langungacha bo’lgan umumiy moliyaviy natija;
-hisobot davrning sof foydasi (zarari).
Umuman, moliyaviy natijalar to’g’risidagi hisobot, avvalgi va hozirgi balans hisobotlarini bog’lab turuvchi bo’g’in hisoblanadi, ya’ni u hozirgi balansdagi o’zgarishlar, avvalgisiga nisbatan, qanday daromad va xarajatlar hisobiga o’zgarganligini ifodalaydi. Bundan tashqari, ushbu shaklga «Byudjetga to’langan to’lovlar to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinib, unda to’lanadigan barcha to’lovlar hamda soliq qonunchiligini buzganligi uchun qo’llanilgan iqtisodiy jazolar ko’rsatmalarga binoan belgilangan tartibda hisoblangan va haqiqatda byudjetga to’langan summasi aks ettiriladi.
Debitorlik va kreditorlik qarzlar to’g’risidagi ma’lumotnomada, (2a-shakl) debitorlik va kreditorlik qarzlarning respublikamiz ichidagi hamda uning tashqarisidagi holati bo’yicha axborot berilgan. Ularda har bir korxona va tashkilot bo’yicha qarzlar alohida-alohida berilib, muddati o’tganlari ham ko’rsatiladi. Moliyaviy hisobotlarning 3-son shakli, «Asosiy vositalar harakati to’g’risidagi hisobot»dir.
Unda korxonadagi mavjud asosiy vositalar va ularning harakati to’g’risidagi ma’lumotlar turlari bo’yicha amaldagi asosiy fondlar tasniflanishiga ko’ra keltiriladi. «Pul oqimi to’g’risidagi hisobot» (4-son shakl)da pul mablag’lari oqimi nuqtai nazaridan korxonaning moliyaviy zaxiralaridagi barcha o’zgarishlar aks ettiriladi. Jumladan, xo’jalik faoliyati bo’yicha pul mablag’larining oqimi; to’langan va olingan divident va foizlar; to’langan soliqlar; jalb qilingan va qo’yilgan sarmoyalar; aksiya va zaymlar hamda ijara majburiyatlari bo’yicha tushum va to’lovlar hamda boshqalar kiradi. Bu hisobot turi bo’yicha 9-son buxgalteriya hisobi milliy standarti ham qabul qilingan.
Ushbu hisobotga «Valuta mablag’lari harakati to’g’risidagi ma’lumotnoma» ham ilova qilinadi va unda hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan valuta qoldiqlari hamda ularning kirim va chiqimi to’g’risidagi ma’lumotlar aks ettiriladi. Хususiy kapital to’g’risidagi hisobotda xususiy mablag’larning har bir turi harakati bo’yicha, ya’ni hisobot davri boshi va oxiriga bo’lgan qoldiqlari to’g’risida ma’lumotlar aks ettiriladi. Bu 5-son shakl hisobotda chiqarilgan aksiyalar to’g’risidagi ma’lumotlar ham aks ettiriladi. Yuqorida keltirilgan moliyaviy hisobot shakllariga qo’shimcha ravishda tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda buxgalteriya vakolatli organlar boshqa hisobot shakllarini ishlab chiqishi va ularni taqdim qilishni belgilashi mumkin.
Download 20.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling