191-Fizika guruhi talabasi: Salayeva Hilola Mavzu: Yadro magnit rezonansi


Download 458.56 Kb.
bet1/4
Sana05.01.2023
Hajmi458.56 Kb.
#1078993
  1   2   3   4
Bog'liq
Hilola ppt

O’ZBEKISTONRESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI FIZIKA KAFEDRASI

191-Fizika guruhi talabasi: Salayeva Hilola

Mavzu: Yadro magnit rezonansi.

KURS ISHI

Kurs ishi rahbari: Raxmanov.A

Mavzuning maqsadi va vazifalari.

  • Magnit rezonans – moddaning maʼlum bir uzunlikdagi elektromagnit toʻlqinlarni tanlab yutishi. Bunga sabab – elektronlar yoki atom yadrolarining magnit momentlari oʻz yoʻnalishini oʻzgartiradi. Moddalarning turi va xususiyatlariga ko‘ra, magnit rezonans hodisasi, asosan, 4 ga boʻlinadi: yadroviy magnit rezonans (toʻlqinlar amplitudasining kuchli kattalashishi), elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans va antiferromagnit rezonans.

Reja:

1) Elektron paramagnit rezonans hodisasi.

2) Yadroning magnit momentlari va yadroviy magnit rezonansi.

3) Magnit rezonans hodisasining eksperimental metodlari.

4) Tibbiyotda magnit rezonans mikroskopiyasi.

5) Magnit rezonansning zamonaviy tibbiyot meditsinasida qo‘llanilishi.

Elektron paramagnit rezonans hodisasi

  • Elektron – paramagnet rezonans. Elektron spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalaladi, ular orasida o‘tishlar imkoni bor.
  • Magnit maydon yo‘qligida elektronlar spini doimiy magnit maydonda ikkita sathga parchalanadi, ular orasida o‘tishlar imkoni bor.
  • Magnit maydon yo‘lidagi elektronlar spinlari fazoda tartibsiz yo‘nalgan va yig‘indi magnit moment nolga teng. Modda namunasi doimiy magnit maydonda joylashganda spinlar maydon bo‘ylab yoki maydonga qarshi yo‘nalgan bo‘ladi.

Elektron – paramagnet rezonans yuz berishi uchun kristalda spinlari juftlanmagan elektronlar bo‘lishi shart. Masalan, temir atomida elektronlar ichki qobig‘i to‘lmagan va juftlanmagan spinlar mavjud. Bunday atomlarda Elektron – paramagnit rezonansni yaxshi kuzatish mumkin. Agar yarim o‘tkazgich kristalida o‘tish elimentlari (Fe, Co, Ni) ning atomlari mavjud bo‘lsa, Elektron – paramagnit rezonans usulida ularning 1011 – 1012 sm-3 chamasidagi miqdorini aniqlab olish mumkin. Magnit rezonans hodisalardan yana biri tsiklotron (diamagnit) rezonans hodisasidir.


1– rasm. Magnit rezonans spektrining shakllanishi. 1– o‘zaro ta’sirlashmaydigan spinlarning yakka chizig‘i, 2 – atrofdagi elektronlar bilan ta’sir xisobiga chiziqning siljishi, 3 – chiziqning ajralishi, 4 – bir jisnli emaslik hisobiga chiziqlar kengayishi.

Download 458.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling