1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
II bob. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimiga
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa..………………………………………………………………………88 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………92 Ilova ...………………….……………………………………………………99
- Mavzuning dolzarbligi.
II bob. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimiga
asos solinishi .……………………………………………………………………52 2.1. Siyosiy-huquqiy asoslarning tarkib topishi..………………………… 52 2.2. Ko’ppartiyaviylik tizimining hayotga tadbiq e’tilishi…..…………….60 2.3. Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar...………75 Xulosa..………………………………………………………………………88 Foydalanilgan manba va adabiyotlar ro’yxati……………………………92 Ilova ...………………….……………………………………………………99 Kirish
4 4 Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritgach o’zining mustaqil yo’lini tanlab faqat olg’a intildi. Bunda turli holatlarni o’z boshidan kechirdi. Buni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning mustaqillikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon- zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlaridan ham anglab olishimiz mumkin 1 . Mamlakatimiz mustaqillik yillarida ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma`naviy-mafkuraviy hayotda misli ko`rilmagan katta yutuqlarga erishdi. Ijtimoiy hayotda ro`y berayotgan va kuchli ilmiy asosda olib borilayotgan islohotlar millat, mamlakat va O`zbekistonning har bir fuqarosi manfaatlarini ko`zlab olib borilayotganligi uchun ham e`tiborli bo`lmoqda. Tarix xalqqa saboq va ma'rifat beradi. Tarixni o'rganmasdan turib kelajakni anglab bo'lmaydi. Har bir inson, har bir xalq o'z o'tmishi va kechmishini ajdodlari tomonidan yaratilgan tarixiy kitoblarni sinchiklab o'qish, o'rganish va mutolaa qilish orqali bilib oladi. Tarix inson aql- idroki va tafakkurining shunday bir nodir va mo'jizakor mahsulidirki, uning ma'naviy qudrati va yordami bilan biz barcha kechmish zamonlarning odamlariga hamdam-u hamnafas bo'lamiz, o'tib ketgan asrlar silsilasini butun hayajonlari, kurashlari va ziddiyatlari bilan ko'z o'ngimizda gavdalantiramiz. Inson tarixdan ta'lim-tarbiya oladi. Tarix saboqlaridan o'ziga tegishli xulosa chiqara olmagan, kechagi kunini yaxshi bilmagan millatning kelgusi qismati o'z-o'zidan ravshan. Ma`lumki, hayot hech qachon bir joyda to`xtab turmaydi. Shu bois avvalambor ro`y berishi mumkin bo`lgan turli falokatlar, jahon iqtisodiyotining yuksalishi va inqirozini oldindan ko`rish imkonini beradigan, har tomonlama chuqur o`ylangan, aniq maqsad va ustuvor yo`nalishlarni o`z ichiga olgan taraqqiyot dasturi va uni amalga oshirish strategiyasiga ega bo`lgan mamlakat va xalq pirovard natijada muvaffaqiyatga erishadi 2 . Islom Karimov so`zi bilan aytgandi, xalqimiz o`sha mustabid sovetlar tuzumi davrida biri “qizil askar”, biri “bosmachi”, biri “quloq”, biri “komissar”, yana biri mushtumzo`r, yana qay biri “yo`qsil” deb guruhlarga ajratib tashlandi. “Bo`lib tashla, hukmronlik qil” shiorini amalga oshirish uchun eng makkor, qabix usullar ishga solinib, bir millat vakilarini bir-biriga qarshi qayrash, adovat va nizo urug`ini sochish, shu yo`l bilan istiqlolchilar saflarni bo`lib yuborish, ularni alohida-alohida qirg`in qilish siyosati amalga oshirilgan edi. “Shu bois, – deb ta`kidlagan edi yurtboshimiz, – ota-bobolarimizga ana shunday ranglar bilan ajratib baho bermasligimiz, balki ularning hayotini, ular yashagan davr mohiyatini to`g`ri tushunishga harakat qilishimiz lozim” 3 .
Islom Karimov ta`kidlaganidek, “Bundan bir yuz o`ttiz yil muqaddam xalqimiz milliy mustaqilligi va tarixiy davlatchiligini yo`qotib, mustamlaka asoratiga tushib qolgan edi. Shu davr mobaynida ajdodlarimiz, millatimiz mashaqqatli kurashlar va sinov yo`llarini bosib o`tdi” 4 . Mintaqamizning G’arb va Sharqni bog’lovchi muhim savdo yo`llari tutashgan joyda joylashganligi bois bu hududdan ko`plab sayyohlar, savdogar va sarkardalar o`tishgan. Bu tarixiy aloqalar ildiziga to`xtalib: “Tarixan hozirgi O`zbekiston hududi shunday joy bo`lganki, bu yerda ko`hna savdo yo`llari (mashhur Buyuk Ipak yo`li) tutashgan, jo`shqin savdo aloqalari va turli madaniyatlarning bir-birini o`zaro boyitish jarayoni kechgan”, – deb ta`kidlaydi O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov 5 .
1 Karimov I. A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. – Toshkent: O’zbekiston, 2011. – B. 27. 2 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепсияси // www.gov.uz. 3 Каримов И.А. Ўз келажагимизни ўз қўлимиз билан қурмоқдамиз. “Туркистон” газетаси мухбирларининг берган саволларига жавоблари // “Туркистон”, 1999 йил 2 феврал. 4 Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни халқ, миллатни миллат қилишга хизмат этсин. – Т.: Ўзбекистон, 1998. – Б. 3 5 Каримов И.А. Ўзбекистон: миллий истиқлол, иқтисод, сиёсат, мафкура. 1-жилд. –Т.: Ўзбекистон, 1996. – Б.42.
5 5 “Bugun O’zbekistonimiz bosib o’tgan mustaqil taraqqiyot yo’lini xolisona baholar ekanmiz, o’tgan davr mobaynida biz erishgan, dunyo jamoatchiligi tan olgan olamshumul yutuq va marralar, avvalambor izchil rivojlanayotgan iqtisodiyotimiz va uning barqaror o’sish sur’atlari, aholi farovonligining yildan yilga oshib, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz obro’-e’tiborining tobora yuksalib borayotganligi – bularning barchasi Konstitutsiyamizning asosiga qo’yilgan, chuqur va puxta o’ylangan maqsad, prinsip va normalarning hayotbaxsh samarasi desak hech qanday mubolag’a bo’lmaydi 1 ”.
“Jahon miqyosida globallashuv va raqobat tobora kuchayib borayotgan bugungi zamonda biz dunyoda yuz berayotgan tub o`zgarishlar jarayonida egallab turgan o`rnimizni xolisona va tanqidiy baholashimiz, tobora oshib borayotgan hayot talablariga javob berishimiz, kechayotgan davr bilan hamqadam bo`lishimiz shart” 2 .
tasavvur qilib bo’lmaydi, chunki siyosiy partiya – bu ma’lum aholi qatlamlarining yoki ijtimoiy birlikning manfaatlarini, qiziqishlarini, siyosiy intilish va talablarini ifodalovchi hamda ularni real hayotda amalga oshirish uchun saylovlarda qatnashish orqali davlat hokimyatini egallash va undan foydalanish maqsadini ko’zlovchi, ixtiyoriy ravishda uyushgan kishilarning nodavlat tashkilotidir. Partiyalarning vujudga kelish tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, ularning ko’rinishi qadimgi davrlardayoq mavjud bo’lganligiga guvoh bo’lamiz. Xususan, mil. av. V asrda Afinada aristokratik va demokratik guruhlar o’rtasida siyosiy kurashlar bo’lib turgan. Siyosiy partiyalar o’rta asrlarda ham mavjud bo’lgan. Shuni nazarda tutish kerakki, qadimgi davrda ham o’rta asrlarda ham partiyalar faqat davlatni boshqarish tartibi ma’lum darajada demokratiya alomatlariga ega bo’lgan joylardagina tashkil topgan. Faqat shunday sharoitlarda partiyalar o’z ijtimoiy manfaatlarini ifoda eta olishgan. Partiyalar qachonki ularni turli ijtimoiy manfaatlarni taxlil qilish, bunday manfaatlarni ta’riflash va himoya qilishga majbur qiluvchi boshqa partiyalar, ya’ni raqiblar bo’lgandagina, o’z majburiyatlarini saqlab qoladilar, ularni amalga oshirishga harakat qiladilar va faoliyat ko’rsata oladilar. Partiyalar shu tarzda jamiyatning turli qatlamlari orasida o’z tarafdorlariga ega bo’ladilar. Jamiyatdagi turli hil partiyalarning siyosiy kurashlari orqali siyosatga jamiyatning keng qatlamlari jalb qilinishi natijasida, partiyalarning roli yanada kuchayadi va ular siyosatning asosiy sub’yekti hamda demokratik davlatchilikning zarur elementi bo’lib qoladi 3 . Mamlakatda haqiqiy ko’ppartiyaviylik tizimining paydo bo’lishi bugungi kunda mavjud bo’lgan har bir siyosiy partiyaning faoliyatiga bog’liq. Shuning uchun ham O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov ta’kidlaganidek, “Har bir partiya muayyan ijtimoiy qatlamga tayangan holda, ana shu toifa manfaatlarining himoyachisi sifatida o’zining aniq va ravshan harakat dasturiga ega bo’lishi kerak. Unda har qaysi partiyaning maqsad va vazifalari, jamiyat taraqqiyoti borasidagi muqobil takliflari o’z ifodasini topishi lozim. Amalda ko’ppartiyaviylik – bu har xil qarash va g’oyalar o’rtasidagi baxs-munozara, turli partiyalar, jumladan, muholif partiyalar uchun ham siyosiy raqobat maydonidir” 4 .
konstitutsiyaviy prinsiplaridan biri bo’lib, siyosiy va mafkuraviy plyuralizmni tiklashga xizmat qiladi. Ko’ppartiyaviylik prinsipi yuridik jihatdan davlat fuqarolarining o’z dunyoqarashlariga
1 Каримов И.А. Мамлакатимизни модернизация қилиш йўлини изчил давом эттириш – тараққиётимизнинг муҳим омилидир // Президент И.А Каримовнинг Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинганнинг 18 йиллигига бағишланган тантанали маросимдаги нутқи. Ishonch. 2010 yil 8 dekabr. 2 Каримов И.А. Мамлакатимизда демократик ислоҳотларни янада чуқурлаштириш ва фуқаролик жамиятини ривожлантириш концепсияси // www. gov.uz. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling