1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
2.3.
Ko’ppartiyaviylik tizimi borasidagi yutuqlar va muammolar O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Jamoat birlashmalari to`g’risida»gi (1991 yil), «Siyosiy partiyalar to`g’risida»gi (1996 yil) qonunlarida ko’ppartiyaviylikning huquqiy asoslari vujudga keltirilgan. Hozirda O’zbekistonda ana shu huquqiy hujjatlar doirasida tashkil etilgan 4 ta partiya faoliyat ko`rsatmoqda 2 .
«Golos Uzbekistana» gazetalari hamda «Muloqot» jurnalining muassisi hisoblanadi. Respublikamiz boshqaruv hodimlarining ko`pchiligi ushbu partiya a`zolaridir. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi 1995 yilning fevral oyida ta`sis etilgan. Partiya o`z safida jamiyatning turli sohalarida mehnat qilayotgan fuqarolarni birlashtirgan. Partiyaning asosiy maqsadi jamiyatning barcha sohalarida insoniy va ijtimoiy adolatni amalda joriy etishdir. Partiya o`zining «Adolat» nomli gazetasiga ega. «Milliy tiklanish» partiyasi 1995 yil 3 iyul kuni tashkil topgan. Partiya O’zbekistonning milliy davlatchiligini mustahkamlash, xalq madaniyatini rivojlantirish, respublikamizdagi ijodkorlarni, ziyolilarni birlashtirishga xizmat qiladi. Partiya o`z atrofiga ilm-fan, madaniyat va maorif sohasida xizmat qilayotgan yirik olimlarni, ijodkorlarni birlashtirgan. U o`zining «Milliy tiklanish» gazetasiga ega. O’zbekiston liberal-demokratik partiyasi 2003 yilda o`zining ta`sis qurultoyini o`tkazdi. Partiya ishbilarmon tadbirkorlar, mulkdorlar sinfi manfaatlarini himoya qilishni o`z faolliyatining mazmuni deb biladi. Partiya o`zining «XXI asr» nomli gazetasiga ega. Yuqorida nomlari zikr etilgan siyosiy partiyalar o`z oldiga qo`ygan maqsadlaridan ko`rinib turibdiki, ushbu partiyalarning barchasi nooppozitsion, parlament ko`rinishidagi partiyalardir. Ularning barchasi O’zbekistonda o`tkazilayotgan siyosatni qo`llab-quvvatlaydi. Bu, shak- shubhasiz, siyosiy qadriyatdir. Ammo bundan siyosiy partiyalar faoliyati bilan bog’liq bo`lgan hech qanday muammo yo`q ekanda, degan noto`g’ri xulosaga kelmaslik lozim 3 . Ma`lumki, demokratik jarayonlar rivojlanib borgani sayin siyosiy partiyalarga bo`lgan ehtiyoj ortib, partiyalarning jamiyat hayotida tutgan o`rni mustahkamlanib boradi. Bu ob`ektiv qonuniyatdir. Ho`sh, O’zbekiston siyosiy partiyalari ana shunday ortib borayotgan ehtiyojlarni qondirishga, O’zbekiston va jahon siyosatidagi tez o`zgarayotgan hodisalarni ilg’ashga tayyormi?
1
http://www.uzlidep.uz/page/history
2 http://www.google.uz/page/party/
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling