1917 yil fevral inqilobi va o’lkadagi ijtimoiy-siyosiy harakatlar
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
ozbek davlatchiligi koppartiyaviylik tizimi tamoyilida
2
Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 177 3 Ўзбекистон давлатчилик тарихи очерклари. –Т.: Шарқ, 2001. –Б. 178
26 26 masalasida milliy demokratlar xalq ta’limi, uning tuzilmasini vujudga keltirish, norma va prinsiplarining butun bir tizimini ishlab chiqdilar: diniy, milliy, jinsiy mansubligidan qat’iy nazar jamiyatning barcha a’zolariga ma’lumot olish huquqini berish, maktablarning erkinligi, uning turli bosqichlari o’rtasidagi uzluksizligi zarurligi, universitetlar va boshqa oliy maktablarning ichki ishlari va o’qitishlarida mustaqil, muxtor status berish, bepul, umumiy va majburiy boshlang’ich ta’limning zarurligi, boshlang’ich va o’rta maktablarda darsni mazkur joyning ko’pchilik aholisi tilida olib borish, oz sonli millatlar uchun 40 nafar bola mavjud bo’lganda ularning ona tilida boshlang’ich maktablar ochish kabi hayotiy, baynalminal masalalarga ko’p o’rin ajratilgan edi. Turkiston xalqlari uchun g’oyat muhim bo’lgan mazkur masala 1917 yil 12-15 noyabrda Toshkent shahrida “Sho’royi Ulamo” tashkilotining yetakchisi Sherali Lapin raisligida o’tkazilgan “Turli musulmon guruhlarining birlashgan kengashi”da ham muhokama qilindi. Ushbu kengashning vazifasi “Turkiston hokimyatini tashkil etish to’g’risida”gi masala edi. Ushbu anjumanda Sherali Lapin bunday deydi: “Musulmonlarning tutgan yo’li mustaqil yo’ldir, bu yo’lni ularga Qur’on va shariat qoidalari ko’rsatib bergan. Shuning uchun, ular rus siyosiy partiyalaridan birortasiga ham qo’shila olmaydilar, lekin barcha xalq tashkilotlariga tayanib, tasis majlisiga olib keladigan hokimyatni qo’llab-quvvatlaydilar… Musulmonlar rus inqilobining xalqlarni o’z taqdirini o’zi belgilashi to’g’risidagi va’dasiga ishonadilar” 1 . Shundan so’ng Sherali Lapin musulmonlar kengashi nomidan o’lkani idora qilishni tashkil qilish haqidagi takliflarni ma’lum qiladi. Ammo sovetlarning III o’lka syezdi, musulmonlar syezdi, musulmon tashkilotlari o’lka kengashining o’lkani idora qilish to’g’risidagi takliflarni butunlay rad etadi. Milliy siyosiy tashkilotlarning Turkiston muhtor respublikasini barpo etish bo’yicha olib borayotgan jiddiy tayyorgarlik ishlari bolsheviklarni qattiq tashvishga solib qo’yadi va ularni oktabrdagi qurolli davlat to’ntarishidan foydalanib qolishlariga olib keladi hamda zo’rlik yo’li bilan o’z hokimyatlarini o’rnatadilar. Oktabr to’ntarishi hamda Rossiya va Turkistonda sovet hokimyatining o’rnatilishi milliy demokratlarni o’z taktikalarini o’zgartirishga majbur qildi. Ular hali 1917 yil oktabrigacha siyosiy separatizm (ajralib chiqish) g’oyasini ilgari surmagan edilar. Oktabrdan keyingi kunlarda Turkistondagi ahvolni tasvirlar ekan, muxtoriyat raxbarlaridan biri Mustafo Cho’qayev shunday eslaydi: “Xalqni siyosiy huquqlardan maxrum qilish bilan birga borgan bolsheviklarning noqonuniy ravishda hokimyatni qo’lga olishlari bizni shoshilinch choralar ko’rishga, xalq irodasini o’z qaroriga qarshi qo’yishga majbur qildi” 2 .
Turkiston o’lkasi hududida Turkiston muxtoriyati nomi ostida yangi, demokratik davlatchilikni barpo etish haqidagi qaror 1917 yil 26 noyabrda Milliy Markaz deb hisoblangan “Markaziy Sho’royi Islomiya” harakatining tashabbusi bilan Qo’qonda shoshilinch chaqirilgan IV favqulodda o’lka musulmonlari qurultoyida qabul qilindi 3 . 27 noyabrda qabul qilingan qarorda qayd etilishicha, qurultoy “Turkiston o’lkasida bo’lg’on xalqlarning hohishlari bo’yicha Rusiya inqilobi tarafidan berilgan asoslarga binoan fidiratsiya asosiga qurulg’on Rusiya jumhuriyati ila birlikda qolg’oni holda Turkistonni yerlik muhtoriyati ya’ni “Territorialniy avtonomiyalik” e’lon qiladur. Bu Muxtoriyatning ne suratda vujudga qo’yilmog’oni yaqin orada yig’iladurg’on Umumturkiston xalqining Uchreditelniy Sobraniyasiga (Turkiston majlisi muassasa soniga) topshiradur. Shuning uchun ila barobar, Turkiston o’lkasida aqalliyat tashkil qilg’an millatlarning huquqlarining har jihatdan saqlanilmоg’ini ham tantanali suratda bayon etadur”
4 .
Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling