1.(92) Miloddan avvalgi 300 –yilda Titga tegishli bo’lgan ho’kiz Diokletning uyidagi to’siqni buzdi. Diokletian sudga murojat qildi. Bu qanday hal qilinadi
Download 245.35 Kb. Pdf ko'rish
|
1-kurs E-2 guruh Nurmatova Shaxnoza Hoshimjon qizi DXT
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.(37) Rim huquqida ma’lum yuridik normalarga muofiq huquqiy munosabatlarning
- Yuridik hodisa va yuridik harakatlarni Rim huquqi manbalari asosida muhokama qiling.
- 3.(92) Eng yangi davr huquqida shaxs manfaatlarining davlat manfaatlaridan ustunligi prinsipi muhim ahamyat kasb etib bordi.
Kazus. 1.(92) Miloddan avvalgi 300 –yilda Titga tegishli bo’lgan ho’kiz Diokletning uyidagi to’siqni buzdi. Diokletian sudga murojat qildi. Bu qanday hal qilinadi. Ushbu kazusga javob topish uchun 12 jadval qonunlaridan foydalaniladi .12 jadval qonunlarining 7-jadvaliga ko’ra hayvon kimgadir zarar yetkazsa,uning egasi yetkazilgan zararni to’lashga majburdir. Shunga ko’ra Tit Diokletga yetkazgan zararni to’lashi kerak. Agar u buni rad etsa, shikast yetkazgan tomon shikastlanishiga olib kelgan hayvonni olish huquqiga ega.Zarar yetkazgan kishi zararni to’lashi yoki tuzatish yo’li bilan to’g’irlashi shart. Shunga ko’ra Tit ham Diokletning xohishiga ko’ra devorni tuzatib berishi yoki ho’kizni unga berishi kerak. 2.(37) Rim huquqida ma’lum yuridik normalarga muofiq huquqiy munosabatlarning vujudga kelishi,o’zgarishi yoki tugatilishiga sabab bo’lgan hayotiy sharoitlar voqealar hodisalarga yuridik faktlar deyiladi.Yuridik faktlar o’z tabiatiga ko’ra yuridik hodisalar va yuridik harakatlarga bo’linadi. Yuridik hodisa va yuridik harakatlarni Rim huquqi manbalari asosida muhokama qiling.
Rim huquqshunoslari yuridik faktni fuqorolik huquqiy munosabatlarni hamda huquqiy normalarni bir biri bilan bog’laydigan munosabatlardir,deb tan olishgan.Yuridik faktsiz hech qanday huquqiy norma kelib chiqmasligini hamda barcha yuridik yuridik faktlarning hammasi ham fuqorolik huquqqiy munosabatlarini keltirib chiqarmasligini to’g’ri tushunib yetkanlar.Rim yuristlari yuridik faktlarning huquqiy normalarni vujudga kelishidan hamda ularni o’zgartira olish layoqatiga va bekor qila olish munosabatlariga,kuchlariga ega ekanligidan kelib chiqqan holda ularni e’tirof etib bu munosabatlar fuqorolik huquqiy munosabatlarini vujudga keltirib chiqaruvchi asos deb tushunganlar.Fuqorolik huquqiy munosabatlarni vujudga keltirish uchun bitta yuridik faktning namoyon bo’lishi ham yetarli.Yuqorida qayd etilganidek,Rim yuristlari fuqorolik huquqida yuridik faktlarning vujudga kelishini e’tiborga olib,ularni hodisa va harakatlarga bo’lib o’rganganlar. Hodisa insonning onggi,erki va irodasi bilan bog’liq bo’lmaydigan holatdir.Masalan, insonning tug’ilishi o’lishi,tabiat hodisalari,yer qimirlashi yong’in va shunga o’xshash holatlar.Lekin rimliklar hodisalar faqat inson bilan bog’liq bo’lmagan holatda vujudga keladi deb tushunmasdan,ba’zida uning inson onggi,erki orqali ham vujudga kelishini ham isbotlab bera olganlar. Qadimgi Rim quldorchilik davlatida fuqorolik huquqiy munosabatlarini vujudga keltiruvchi asoslardan yana biri bu harakat ekanligi hamda harakatlarning o’zi huquqiy munosabatda qatnashuvchi subyektlar erki,irodasi va manfaati bilan bo’gliq holda ko’rganlar. Yuridik harakatlar natijasida paydo bo’lgan faktlar ikki guruhga bo’lingan Qonuniy va qonunsiz harakatlarga bo’linadi.Qonuniy harakatlar deganda, qonun yoki boshqa normative hujjatlar asosida yo;l qo’yilgan ixtiyoriy,huquq yo’l qo’ygan harakatlarni amalga oshirishlik tushunilgan Qonunsiz harakatlarda esa huquqbuzarliklar hisoblanib,huquqqa zid,xilof bo’lgan qonun yoki boshqa normativ hujjatlarga qarama qarshi asosda amalga oshirilgan munosabatlar tushunilgan. Shuning uchun Rim fuqorolik huquqi bunday harakatlarni qonunga zid, oqilonalik,adolatlilik tamoyillariga to’g’ri kelmaydigan munosabat lardeb,bu harakatlar
natijasida keltirilgan zararlarni yangi eramizning I-IV asrlarida to’liq Rim fuqorolik huquqi normalari asosida ,keyinchalik esa hatto jinoiy javobgarlikka tortish asosida ham buzilgan huquqlarni dastlabki buzilmagan holatiga keltirish uchun harakatlarni amalga oshirib bordi va buzilgan huquqlarni tikladi. Demak ko’ramizki,jamiyatdagi huquqiy munosabatlar kishilar,davlat va jamoa birlashmalari o’rtasidagi hatti harakatlarni,turli huquqiy normalar bilan huquqiy munosabatlar orqali tartibga solib qonuniy va huquqiy tartibotni mustahkamlaydi.
prinsipi muhim ahamyat kasb etib bordi. Ushbu masalani alohisda davlat qonunchiligi misolida tahlil qiling. Har qanday mamlakatning demakratik va insonparvarlik xususyatlaridan biri-insonga bo’lgan muhabbat,inson huquqi va erkinliklari qanday himoya qilinayotkanligi bilan belgilanadi.Bizga ma’lumki, inson huquqi,uning tengligi masalasi ko’hna tarix kabi qadimiydir. Jamiyat taraqqiyotida inson haq-huquqlari va ularning tengligi masalasi ilg’or fikrli kishilarni jalb qilib kelgan.Demakratiyaning ilk vatani hisoblanmish Afina va Rim inson huquqlari masalasiga doir ilg’or qarashlar va g’oyalar shakllanib,ular “inson barcha narsalarning o’lchovidir,mezonidir”degan qoidani ilgari surishgan,keyinchalik bu qoida Yevropa sivilizatsiyasiga,umuman jahon ilg’or fiklar rivojiga ulkan ijobiy ta’sir ko’rsatgan. Inson bilan davlat o’rtasidagi o’zaro munosabatlarda huquqiy asoslarning qaror toptirishi,jamiyat demakratlashuvining jiddiy ko’rsatkichidir. Mazkur munosabatlarning asosiy prinsiplari va shakllari Kanstitutsiya hamda qonunlarda o’z ifodasini topgan.Birinchi Prizidentimiz Islom Karimov aytganidek “Biz uchun fuqorolik jamiyati-ijtimoiy makon.Bu makonda qonun ustuvor bo’lib,u insonning o’zini o’zi kamol toptirishga monelik qilmaydi,aksincha yordam beradi.Shaxs manfaatlari,uning ro’yobga chiqishiga ko’maklashadi.” 1 Inson
huquqlaring shakllanishida Yevropaning tutgan
o’rni albatta,salmoqlidir,bu qit’a davlatlarida qabul qilingan qator hujjatlar shaxs manfaaatlarining shakllanishiga benihoya ijobiy ta’sir ko’rsatgan.Jumladan Angliya 1215-yilda qabul qilgan “Erkinlikning buyuk hartiyasi”hokimiyat va amaldorlarning oddiy fuqarolar haq-huquqlarini suiste’mol qilishinng oldini olishga qaratilgan qator qoidalarni o’z ichiga olgan.Keyinchalik Xartiyaning har bir moddasi xalq mulkiga aylandi va har bir qirol o’zining hukmronligi davrida bir necha bor xartiyaga amal qilinishini tasdiqlaydigan bo’ldi.1628-yilda qabul qilingan “Huquqlar to’g’risidagi petitsiya”qirolga mamlakat fuqarolarini amaldor,ma’muriyat o’zboshimchaliklaridan muhofaza etish majburyatlarini yuklagan.Shaxs manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan yana bir burilish esa bevosita 1678-yil qabul qilingan “Habeas corpus act” bilan bo’g’liq bo’lib unda shaxs daxlsizligi,aybsizlik prezumpsiyasi kabi shaxsini himoya etishga doir qoidalar bilan mustahkamlangan. 2 O’zbekiston Respublikasida mazkur” Habeas corpus” institutining joriy etilishi,ya’ni 2008-yilda ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokurordan sudga o’tkazilishi muhim qadam bo’lgan. Lekin shuni
1 I.A.Karimov O’zbekiston XXI sar bo’sag’asida;xavfsizlikka taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari.T.O’zb,1997.173-b 2 A.T.Saidov,B.L.Sultonov. O’zbekiston Respublikasi Kanstitutsiyasi va inson huquqlari. T.:Adolat,1998. ham unutmaslik kerakki,xalqaro hujjatlarni birdaniga va bevosita milliy qonunchilikka kiritish bu juda ham qiyin va ma’sulyatli jarayondir.Chunki,har bir xalqaro huquqning mustaqil sub’ekti bo’lgan davlatning asosini tayanchini bu avvalo uning eng katta boyligi hisoblanmish uning xalqi tashkil qiladi. Shaxs manfaatlari masalasida Angliya xalqining bevosita kurashi va bu kurashlarning mantiqiy natijasi sifatida yuqorida aytib o’tilgan hujjatlarning qabul qilinishi o’sha davr uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lgan .Angliyadagi inson huquqlari borasida olib borolgan harakatlarni, demokratiya va inson huquqlari taraqqiyotiga AQSH,Fransiya kabi davlatlar qo’shgan hissa bilangina taqqoslash mumkin.Aytish joizki,bu buyuk davlatlarda demokratiya va inson huquqlarining shakllanishi va rivojlanishiga hayotbaxsh etgan g’oyalar qadimgi yunon faylasuflarining siyosiy-huquqiy qarashlari,sharq allomalarining yuksak insonparvarlik g’oyalari ma’rifatparvarlik davri vakllarining ilg’or fikrlari va tabiiy huquqiy qarashlarida o’zining ifodasini topgan.Hozirgi vaqtda jahon miqyosida inson huquqlari bo’yicha tasavvurga ega bo’lishlikning asosiy manbai Inson huquqlari bo’yicha umumjahon deklaratsiyasi hisoblanadi.Bundan tashqari yana inson huquqlariga taalluqli ko’plab umumjahon shartnomalarni shuningdek Inson huquqlari Amerika konvensiyasi,Inson huquqlari va xalqlar huquqlari Afrika xartiyasi kabi mintaqaviy konvensiyalar mavjud.Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida shaxsning jamiyat oldidagi burchi haqida so’z boradi.Asosiy qomusimizda ham umume’tirof etilgan demokratik prinsiplar bilan birga, xalqimizning bebaho qadryatlari va boy davlatchiligimiz tajribasini ko’rishimiz mumkin.Aynan Birinchi Prizidentimizning sa’y harakatlari bilan Konstitutsiyamizda “Inson va uning qadr- qimmati”degan ulug’ tushuncha markaziy o’ringa qo’yilgan. Bosh qomusimiz ham Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi va boshqa asosiy xalqaro hujjatlar talablariga mos
ravishda,inson va
fuqorolarning shaxsiy
huquq va
erkinliklari,siyosiy,ijtimoiy,iqtisodiy,huquqlarini kafolatlab beradi. Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki hamma yaratilgan moddiy va ma’naviy boyliklar bu avvalo inson va uning manfaatlariga xizmat qilishi lozim. Islohatlar inson uchun, fan – texnika inson uchun qonun- qoidalar inson uchun, uning farovon hayoti yo’lida safarbar qilishi kerak. Ana shundagina biz yurtboshimiz orzu qilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan liberal huquqiy demokratik fuqorolik jamiyatini barpo qilgan bo’lamiz. Download 245.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling