193-guruhi talabasi Raimboyeva Ma’muraning Ona tili o’qitish metodikasidan Mavzu: Boshlang’ich sinflarda tekshiruv diktanti va uni tashkil etish. Topshirdi: Raimboyeva M. Qabul qildi: Tilavova M


Download 1.81 Mb.
bet4/5
Sana02.02.2023
Hajmi1.81 Mb.
#1146298
1   2   3   4   5
Bog'liq
Raimboyeva Ma\'mura OTO\'M kurs ishi

Qish keldi.
Mana qish ham keldi. Ariqlarda suvlar muzladi. Hamma yoqni oppoq qor qopladi.
Uyning tomlari ham oppoq bo`ldi. Bolalar palto va qo`lqop kiyib qorda o`ynaydilar. Abbos bilan Malikning yangi chanasi bor. Ular yalanglik chetidagi tepalikdan mazza qilib chana uchdilar.
Malik juda saxiy bola. U chanasini o`rtoqlari bilan birga uchadi (49 ta so`z.)
Diktant matnini o`qib, ayrim tushunarsiz so`zlarni yo`l - yo`lakay tushuntirib boriladi, o`quvchilar yozmay, faqat eshitib esda saqlab qolishlarini eslatib, har bir gapni alohida-alohida diktovka qilinadi. Matn diktovka bilan yozdiriladi. O`qituvchi matnni yana bir marta sekin o`qiydi, o`quvchilar yozganlarni tekshiradilar. O`qituvchi matnni adabiy til normalariga rioya qilib o`qib berishi zarur.
O`quvchilarni ishlari yig`ib olinib tekshiriladi.
Tekshirilishi lozim bo`lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. Gapda bosh harflar bilan yoziladigan so`zlarni aniqlash.
2. Xat boshidan yozish.
3. Atoqli otlarni aniqlay olish va ularning imlosi.
4. Ko`plik qo`shimchalarini to`gri yozish.
5. Kema-ket kelgan bir xil undoshlarni yozish.
6. Chiroyli yozuv.

Diktant o`quvchilarni yozma nutqini o`stirishda katta ahamiyatga ega, diktant uchun matn tanlash muhim masaladir. Dastlab kichik matnlar tanlanadi. U sintaktik va leksik jihatdan sodda va tushunarli bo`lishi zarur. Diktant uchun tanlanadigan matnlar mazmun jihatidan asta-sekin murakkablashtirilib boriladi.


Birinchi sinfda diktant yozishda mo`ljallangan matn to`rt - besh gapli bo`ladi. O`qituvchi matnni bir marta sekin va ifodali o`qiydi. Har bir so`zni diktovka qilib yozdiradi. Har bir gap tugagandan so`ng takrorlab o`qiydi. O`quvchilarga yangi gap bosh harflar bilan boshlanishini va oxirida nuqta qo`yilishini ham o`rgatiladi.
O`qituvchi qaysi chorakda, nechta va qachon diktant yozdirilishini oldindan rejalashtirgan holda, oldindan tayyorlab boriladi va aytiladi.
O`quvchilarni diktant yozishga tayyorlash, ular yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarni oldini olish ustida muntazam ishlash odatlantirishning sharti hisoblanadi.



Download 1.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling