Operativ XQ:
OXQ xozirgi xolatda ishlab turgan dasturni ishlab turishi uchun kerakli bo‘lgan ma’lumotlarni saqlaydi, ular ixtiyoriy vaqtda o‘zgartirilishi mumkin.
OXQ o‘z vaqtida quyidagilarga bo‘linadi:
Statik. Unda axborotlar sanalish jarayonida yo‘q qilinmaydi, yangi axborotlar yozilmaydi. Axborotlar quvvat manbai o‘chirilishi bilan yo‘qoladi. Xotira elementi bo‘lib triggerlar xizmat qiladi.
Dinamik. Ma’lumotlar kondensator quvvati sifatida saqlanadi. Ular vaqti-vaqti bilan ko‘chirilib turadi.
DXQ ning turlari:
DXQ butun ish jaryonida o‘zgarmaydigan ma’lumotni saqlash uchun mo‘ljalangan undan faqat ma’lumotni o‘qish mumkin. Undagi saqlanayotgan ma’lumot energiya manbayi o‘chirilganda ham o‘chib ketmaydi.
DXQning quyidagi turlari mavjud:
Maskali DXQ;
Bir marta dasturlanuvchi DXQ;
Ko‘p marta dasturlanuvchi DXQ (Flesh xotira).
9-MAVZU:Tadrijiy (ketma-ket) turdagi raqamli sxemalar
Ketma – ketli qurilmalar deb, chiqish signallari kirish o‘zgaruvchilari kombinatsiyasi bilan belgilanadigan, hozirgi va oldingi vaqt momentlari uchun, ya’ni kirish o‘zgaruvchilarining kelish tartibi bilan belgilanadigan, xotirali mantiqiy qurilmalarga aytiladi. Ularga triggerlar, registrlar va hisoblagichlar misol bo‘la oladi.
Triggerlar – ikkita turg‘un holatli chiqishga ega bo‘lgan qurilma bo‘lib, u elementar xotira yacheykasi (bistabil yacheyka) va boshqaruv sxemasiga ega. Boshqaruv sxemasi bevosita elementar xotira yacheykasi kirishiga kelib tushayotgan ma’lumotni signallar kombinatsiyasiga o‘zgartiradi.
Har bir trigger asosida bir-biri bilan o‘zaro kesishib ketgan teskari aloqalari mavjud bo‘lgan ikkita invertorli zanjir yotadi. Bu zanjir bistabil yacheyka (BYA) deb ataladi va u ikkita turg‘un holatga ega.
BYA va uning shartli belgisi
Do'stlaringiz bilan baham: |