1951 yilda maktabni tugatganimdan keyin o’sha kezlarda 1943 1952 yillarda odamlarning yashash sharoitlari, maktablar o’qish juda og’ir edi. Ocharchilik non, kiyim kechak yetishmas edi


Download 16.08 Kb.
Sana23.05.2020
Hajmi16.08 Kb.
#109416
Bog'liq
10 - 11


@

1951 yilda maktabni tugatganimdan keyin o’sha kezlarda 1943 – 1952 yillarda odamlarning yashash sharoitlari, maktablar o’qish juda og’ir edi. Ocharchilik non, kiyim – kechak yetishmas edi. O’quv qurollari yetishmas, maktabda nonimizni, kitobimizni (papkamizni) qo’ltiqlab yurardik u – bu kim olib qo’ymasin deb, bazan pilla qurti uchun beriladiqan sariq qog’ozdan daftar yasardik, qora kuyadan esa qalam qilib, qamishdan qirqib qalam (ruchka) yasab yozganimiz esimda. Avto mashina g’ildiragini qirqib o’zimga “papka” yasaganimda boshqa sinfdoshlarimni menga havasi kelgandi. Sinfdoshimiz Jumaniyozov Eshchon etikdo’zga shogirt tushdi, kechalari usta yonida ish o’rganib kunduzi maktabda o’qirdi o’zi uchun tikkan poyabzaliga hammamiz havas qilgandik.

Bolalar maktabga och kelganliklari uchun maktabda, oshqovoq, sholg’om solib yorma (jo’xoridan) pishirib bepul berishar edi, ammo non berishmasdi. Qish kunlari havo sovuq egnilarida qalin kiyim yo’q bo’lsada bolalar yorma yeyish uchun maktabga kelar edi.

Sinf xonalari sovuq bo’lganligidan o’tin terib sinf xonani isitishga harakat qilardik baribir oyoqlarimiz qizimas xona sovuq bo’lar edi.



Doskaga bo’r o’rniga loy kesakdan foydalangan vaqtlarimiz ham bo’lgan. 1954 – 1959 yillarda Ro’zim Jumaniyozov direktorlik qildi, bu kishi shu qishloqlik o’qituvchi ham tadbirkor rahbar bo’lgan. Mamlakatimizni urushdan keying tiklanish davri bo’lgandek, maktabimizni ham tiklanish davri shu kishining rahbarlik davriga to’g’ri keldi. Bu yillarda maktab to’liqsiz o’rta maktabdan to’liq o’rta maktabga aylandi. Bu vaqtda qo’shni qishloqlardan o’rta maktab bo’lmaganligi sababli, “Toshkent” va Karl Marks kolxozlaridan, Xiva rayonining Krupskaya, Urganch rayonining Norimonov va Oxunboboev kolxozlaridan 8 – sinfga o’quvchilar kela boshladilar. O’sha paytda qanchalik qiyin bo’lishiga qaramasdan o’quvchilarga bilim olishga bo’lgan qiziqishi juda kuchli edi. Anashu paytdagi o’quvchilardan rayon va oblast tanigan kishilar yetishib chiqqan. Maktabda o’qituvchilar va o’quvchilar soni va sifati ko’payib bordi. R.Jumaniyozov rahbarligida maktabda o’quv tariya ishlari yaxshilanib maktab atrofi

@ QURYOZOV QURONBOY 1959 yilda Kenagas qishlog’ida ishchilar oilasida tug’ilib shu qishloqdagi maktabga 1966 yilda XXII p/s 11- maktabga borgan u yerni a’lo baholarga bitkazdi, maktabni tamomlaganlardan: 1976 yilda Yoqutjon Qarrieva, Sapoev Qo’shnazar, Boltaev Soporboy, Ibadullaeva Sanamjon, G’oipov Bahtiyor, Matnazarov O’ktamboy oliy o’quv yurtlariga o’qishga kirganlar Quryozov Quronboy ham Toshkent Davlat Universitetini Matematika fakultetiga o’qishga qabul qilingan shu qatorda qishloqdan ham bir qanchasi Toshkenda o’qib bular: Qalandarov Boltaboy, Rahimov Sultonboy, Nazarov Ro’ziboy, Ibadullaev Ismoil, Qutlimurotov Dilorom, Abdullaev Rahimboy, Qarriev Saparboy(vafot etgan 2019) lardir, hozirgi kunda hammasi yuqori lavozimlarda ishlab kelmoqda. 1984 yilda Q.Quryozov o’zi o’qigan maktabga matematika fani o’qituvchisi bo’lib ishga kirgan va maktab 1980 yillarda yaroqsiz ahvolga kelib qolgan, so’ngra 1985 yilda maktab direktori Qurbonboev va hamkasb o’qituvchilar bir bo’lib maktabni qayta tiklab tumanda, viloyatda eng oldi qatorlarda o’rin olgan. 1985 - 1988 yil oralig’ida maktabda Tarbiyaviy ishlar bo’yicha direktori o’rinbosari lavozimida ishlab yana Matematikadan dars bera boshlagan maktab va jamoat ishlarida faol bo’lganligi va o’quvchilarni fan olimpisdalari, bilimlar bellashuvi, maktab ichida turli mavzularda sinflar o’rtasida bellashuvlar, sahna ko’rinishlar o’tkazgan 1997 yilgacha direktor o’rin bosari bo’lib ishlab, o’quvchilarga talim berish maqsadida yana dars bera boshlagan. 2014 yilda maktab direktori Hasanov Komiljon vafotidan so’ng o’rniga direktor o’rinbosari Rahimberganov Hajiboy tayinlandi, uning o’rniga Q.Quryozov o’quv ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari(hozirgi vaqtda ham) qilib tayinlandi. Ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Boltaev Soporboy tayinlangan. Maktab sohasida o’quvchilar salohiyatini yuksaltirishda ko’plab etibor qaratilgan, xususan maktab direktori (hozirgi) Karimov Ollabergan va direktor o’rinbosarlari, o’qituvchi va ishchi hodimlar bir bo’lib maktabni obro’sini yuqori o’rinlarda saqlab kelmoqda.
Download 16.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling