196-Jismoniy madaniyat yo’nalishi talabasi Aminov Yashnarbekning “Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to'garaklarni tashkil qilish ” mavzusida tayyorlagan prizintatsiyasi


Download 0.7 Mb.
Sana16.06.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1519255

196-Jismoniy madaniyat yo’nalishi talabasi Aminov Yashnarbekning “Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish hamda sinfdan tashqari to'garaklarni tashkil qilish ” mavzusida tayyorlagan prizintatsiyasi

Reja

1. Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi.

2. Sport musobaqalarini, bayramlarini tashkil qilish qoidalari.

3. Tashkil qilish qonun-qoidalari .

  • Sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi
  • Maktabgacha ta`lim va boshlang‘ich ta`lim bolalari bilan musobaqalarni tashkil qilish turlari, bosqichlari. Umumta`lim maktablarida sport va sog‘lomlashtirish tadbirlari asoslari. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida sport - sog‘lomlashtirish tadbirlari. Oliy o‘quv yurtlaridagi talabalar sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazish metodikasi. Aholi turar joylarda ommaviy sport va sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil etish va o‘qitish metodikasi. Ulug‘ sanalariga bag‘ishlangan sport bayramlarini tashkil qilish va o‘tkazish. Sport bayramlarida harakatli o‘yinlarning o‘rni. sport va sog‘lomlashtirish tadbirlariga tayyorlashda pedagogning roli haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
  • Musobaqa faoliyatini tuzilishi. Musobaqalarni turkumlarga bo‘linishi. Musobaqa o‘tkazish usullari. Musobaqa faoliyati haqida nazariy ma`lumotlarga ega qilish.
  • Jismoniy tarbiya jamiyat tarixining barcha bosqichlarida xalq madaniyatining tarkibiy va muhim qismi bo'lib kelgan. Xususan, unga O'zbekiston hududida yashayotgan xalqlar ma'naviy va jismoniy barkamollik mezoni sifatida qarashgan. Jismoniy tarbiya va harbiy san'at XIV-XV asrlarda ham ancha rivoj topgan. Amir Temur olib borgan siyosat jamiyatning hamma sohalarida bo'lgani kabi jismoniy tarbiya mohiyatini ham yuqori bosqichga ko'targan. Temuriylar davrida harbiylarni jismoniy tarbiyalashga alohida e'tibor berilgan. Kurash, kamondan otish, ot sporti o'yinlari bo'yicha musobaqalar o'tkazilgan.
  • Misol tariqasida (bog'chada) maktabda sport bayramini tashkil qilish va o'tkazish tajriba asosida bayon etiladi. Eng avvalo har bir o'tkaziladigan sport tadbirlari rejaga kiritilgan bo'lishi kerak, reja pedagogik kengashda tasdiqlanadi, so'ng olib boriladigan sport bayramiga ssenariy yoziladi. Ssenariya ham pedagogik kengashda muhokama qilinadi va tasdiqlanadi. Bu bayramga tayyorgarlik ko'rish ishchi guruhi tuziladi. Chunki o'tkazilayotgan sport bayramining samarali ta'sirini oshirish maqsadida bolalarning safda yurish turlari (chiziqlar bo'ylab yurish, o'rtadan 2-3-4 tadan bo'lib yurish, diagonal bo'ylab yurish, 2 tomondan diagonal bo'ylab qarama-qarshi yurish, hosil qilib yurish va h.k.), yurish turlarini ko'rsatish (oyoq uchlarida, tovonlarda, kaftning ichki va tashqi tomonlarida yurish, askarcha yurish, katta qadam tashlab yurish, oyoqlarni chalkashtirib yurish, tizzalarni baland ko'tarib yurish va h.k.).
  • Sport bayramlarini tashkil qilish va o'tkazish murakkab masalalardan biri. Uni tashkil qilishda bog'cha mudirining qarori asosida tashkiliy qo'mita tuziladi. Unga mudira muovini, metodist yoki katta pedagog (rais), jismoniy tarbiya bo'yicha mutaxassis-tarbiyachisi, boshqa tarbiyachilar, ota-onalar qo'mita a'zolari va boshqalar kiritiladi. Tashkiliy qo'mita ish rejasini tuzadi, maqsad va vazifalarini aniqlaydi, o'tkazish joyini va vaqtini belgilaydi.
  • Tayyorgarlik ko'rish ishi jarayonida ota-onalardan, homiy tashkilotlardan yoki sport maktablaridan yordamchilar so'rash mumkin. Bajariladigan har bir ishga mas'uliyat bilan qarash kerak.
  • Eng asosiy vazifalardan biri-bu bayramli chiqishlar dasturi, jismoniy mashqlar majmuasini tuzish, har bitta guruh bilan chiqish mashqlarini o'rganish, ayrim sport elementlarini o'rganish, raqs mashqlarini tanlash va o'rganish, repititsiya o'tkazish chiqishlarni musiqaviy bezatish, sport anjomlari, uskunalar (to'plar, gardishlar, gimnastik tayoqchalar, sharlar, arqonchalar) va sport formalarini ta'minlash hamda emblemalar tanlash. Bulardan tashqari sport bayrami o'tkaziladigan joyni bayramona bezatish, har xil ko'rgazmalar bilan boyitish, fotomontajlar va hokazo.
  • Sport musobaqasi yoki bayramlarni yutug'i ko'pincha musiqani to'g'ri tanlashda bo'lib, u mashq mazmunini ochib beradigan, uning xarakteri va shakllariga javob beradigan bo'lishi kerak. Musiqa nafaqat sport bayramini to'laqonli o'tishiga, balki har xil chiqishlarga, turli mashqlarni samarali bajarishda ta'sir ko'rsatadi. Musiqa ijro etuvchi-larga va taklif qilingan mehmonlarga yoqimli bo'lishi uchun bolalarga va kattalarga tanish bo'lgan musiqa tanlash maqsadga muvofiq bo'ladi.
  • 1.Har bir yoshdagi o’quvchilarning jamoatchi instruktorlari bilan mashqlar komplеksini alohida-alohida o’rganish.
  • 2.Har bir mashqning nomini aytib, uning qanday bajarilishini o’quvchilarga ko’rsatib, ularga mashqni bajarib ko’rishni taklif qilish, mashqning tasirini tushuntirib, bajarishda yo’l qo’yilgan xatolarni eslatib o’tish.
  • 3. Instruktorlarga hamma mashqlarni bеlgilangan tartibda bajartirib, har bir harakat va holatlar to’xtab-to’xtab, ularni aniq ijro etish.
  • 4. Harakatlarni aniq bajara olmagan o’quvchilarga shu harakatni puxta o’rganib olgunlariga qadar harakatlarni takrorlash.
  • 5. Jismoniy tarbiya o’qituvchisi va sinf jumhuriyatlari sinfda mashqlar komplеksini o’rgatayotgan paytlarida o’quvchilarning jamoatchi instruktorlik talablarini to’g’ri bajarishlariga ko’maklashishlari lozim.
  • O’quvchilarga mashqlar komplеksini jismoniy tarbiya darslarida o’rgatish mumkin. Shningdеk bu komplеks chiroyli yozilib maktabning ko’zga ko’rinarli joyga osib qo’yilishi lozim. O’quvchilar bu komplеksni uyida o’zlari mustakip ravishda takrorlaydilar. Jismoniy tarbiya darslaridan vaqtincha yoki butunlay ozod etilgan o’quvchilar shifokorning maslaxati uyda har kuni zrtalab gigiеnik gimnastika mashqlari komplеksini bajarishlari lozim
  • Ko’pchilik maktablarning tajribasiga asosan o’quvchilarda darsdan oldin o’tkaziladigan gimnastikaga xavas uyg’otish uchun sinflirga musobaqa tashkil etilib maxsus salomatlik burchagi tuzish. Unga natijalarni yozib borishlari shart.
  • Jismoniy tarbiyaga oid maktabdan tashqari ishlar, o’quvchilar saroylari, bolalar sport maktablari, bolalar turistik stantsiyalari, istiroxat bog’lari, uy-joy boshqarmalari, ko’ngilli sport jamiyatlari tomonidan olib boriladi.
  • O’quvchilar uylari va saroylari bolalar vaqtli mashg’ulotlar, o’yinlar, gimnastika o’tkazadilar, lеkin ko’ngil ochishlar va maktabda tashkil qilish qiyin bo’lgan sport turlari bo’yicha sport shu'balari tashkil qiladilar, tеnnis, suzish, badiiy gimnastika va boshqalar.
  • Ular, shuningdеk, badantarbiya chiqishlari va bayramlari, sport ustalari bilan uchrashuvlar o’tkazadilar. Bu ishga jumhuriyatlik qilish uchun malakali mutaxassislar jalb etiladi.

Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling