1989-yil 21-oktabr "O`zbek tiliga davlat tili " maqomi berildi


Download 13.04 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi13.04 Kb.
#1582682
Bog'liq
TAQRIZ


Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o`zbek tili va adabyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yurutish markazi direktori, filologiya fanlari nomzodi, dotsent Inomjon Azimovning “ adabiy til barcha uchun birdek tushunarli bo`lishi lozim” deb nomlangan maqolasiga
TAQRIZ
1989-yil 21-oktabr “O`zbek tiliga davlat tili “ maqomi berildi. Shu kundan e`tiboran, barcha ish hujjatlari, davlat tadbirlari, gazeta-jurnallar va barcha soxada, maktab , bog`cha va oliy o`quv yurtlari o`zbek tilida yuritiladigan bo`ldi. Ya`ni xalqimiz asriy orzusiga erishdi. Inomjon Azimov ushbu maqolasi orqali o`tgan asrlarda o`zbek tilshunosligi uchun jon fido etgan shaxslar xizmatini yoritib bormoqda, Bunday shaxslardan ya`ni jadidchilik namoyondalaridan biz Munavvarqori Abdurashidxonov, Fitrat, Cho`lpon, kabi ziyolilarni yaxshi taniymiz va tanitamiz. Lekin Shokirjon Rahimiy haqida ko`pchilik bilmaydi. Aslida bu shaxs Fitrat, Cho`lpon, Munavvarqori kabi o`z davrining yetuk nomoyondalari bilan bir qatorda xalqni savodli qilish, milliy til va adabiyotlarning sofligini saqlash adabiy til va imlo muammolari bo`yicha izchil faoliyat olib borgan.
Maqolada nafaqat adabiyot, balki ona tilimizning imlo masalalari haqida olib borilgan ishlar ham ko`rsatib o`tilgan. Shokirjon Rahimiyning til, imo masalalariga bag`ishlanib yozilgan maqolasidan satrlar keltirilgan.
Ushbu maqola orqali bugungi adabiyot va ona tili shu kungacha ziyolilar yani jadidchilar tomonidan bizga ko`plab to`siqlardan asrab-avaylab yetkazib kelinganini xis etamiz.
Shunday millatparvar olimlar haqida yosh avlodga aytish, ularni ona tilimiz yo`lidagi xizmatlarini o`rnak qilib ko`rsatish lozim. Zero, tilimiz adabiyotimizni rivojlantirmas ekanmiz, uni chuqurroq o`zlashtirmas ekanmiz, uning tanazzuliga sababchi bo`lamiz.
Download 13.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling