1995 O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank»
Download 39.94 Kb.
|
anvar kundalik hisobot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xalq banki missiyasi
- Bank strategiyasi Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan
1-mavzu. Тashkiliy tuzilmasi bilan tanishish va xo‘jalik subyektining iqtisodiyotda tutgan o‘rnini tahlil qilish Aksiyadorlik tijorat Xalq banki Qiziriq filiali 1992-yilda tashkil etilgan. 1995 - O'zbekiston Respublikasi Hukumatining 1995-yil 4-oktabrdagi Qaroriga asosan «O'zjamg'armabank» Davlat-tijorat Xalq banki etib qayta tashkil etildi. 2015 - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 24-apreldagi “Aksiyadorlik jamiyatlarida zamonaviy korporativ boshqaruv uslublarini joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi PF-4720-sonli Farmoniga asosan bank nomi “Aksiyadorlik tijorat Xalq banki” nomiga o'zgartirildi. Xalq banki missiyasi – bank faoliyatining mazmuni va ma'nosini belgilab beradi, hukumatning moliyaviy agenti vazifalarini bajarishdagi, shuningdek, xalq farovonligi va umuman iqtisodiyotning o'sishini ta'minlashdagi o'rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Bizning mijozlarimiz – aholi va xo'jalik yurituvchi subyektlar, ularning faoliyati, maqsadlari va intilishlari, farovonligi – Xalq banki aynan shuning uchun faoliyat yuritadi. Biz quyidagi talablarga javob berishga intilamiz: - taqdim etiladigan, eng zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan bank mahsulotlari va xizmatlarining ko'lami va hajmlarini kengaytirish yo'li bilan, shuningdek, ulardan butun yurtimiz bo'ylab foydalanish imkoniyatini ta'minlash orqali davlatning yetakchi universal banki bo'lish; -xodimlar faoliyati uyg'unligini ta'minlash va ularning shaxsiy va kasbiy intilishlarini ro'yobga chiqarish yo'li bilan davlatimizning eng yaxshi va talabgor ish beruvchilaridan biri bo'lish. Bank strategiyasi Strategiyaning asosiy yo’nalishlari bilan quyidagilar belgilab berilgan: Tashkiliy tuzilishini, qaror qabul qilish tizimi va korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish Mijozlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda, yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish va joriy qilish Samarali axborot siyosatini va brend strategiyasini ishlab chiqish Samarali xodimlarni boshqarish tizimini yaratish Ichki nazorat tizimini takomillashtirish Chakana va korporativ biznesni rivojlantirish Daromadlilik va rentabellik darajasini oshirish Zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish Strategiya bilan belgilangan asosiy vazifalarni hal etishda, bank o’zining bank-moliya xizmatlari bozoridagi asosiy ustuvorligidan – eng keng qamrovli bo’linmalari tarmog’idan to’laqonli foydalanadi. Kelgusi besh yil davomida bo’linmalarni takomillashtirishga qaratilgan bir qator choralarning majmuini amalga oshirish ko’zda tutilmoqda. Xususan, ularning faoliyati tahlil qilinadi va natijalari bo’yicha rentabelli bo’linmalarni takomillashtirish hamda norentabelli bo’linmalarni yopish qarorlari qabul qilinadi. Davlat iqtisodiyotining real sohasini kreditlashga oid, shu jumladan, korxonalarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta qurollantirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qo’llab-quvvatlash bo’yicha davlat dasturlarida ishtirok etishga alohida e’tibor beriladi. AT XALQ BANKI QIZIRIQ FILIALINING TASHKILIY TUZILMASI
AT Xalq banki Qiziriq filialida hozirgi kunda 45 nafar xodim mehnat qiladi. Download 39.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling