1997 йил 29 августда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг


Download 56.73 Kb.
bet1/4
Sana14.02.2023
Hajmi56.73 Kb.
#1197279
  1   2   3   4
Bog'liq
P.N va tarixi 60-75 javoblari


60-Huquqiy tarbiya


1997 йил 29 августда Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисининг IX сессиясида қабул қилинган "Жамиятда ҳуқуқий маданиятни юксалтириш Миллий дастури" ғоялари жамият ва шахс ҳуқуқий маданиятини шакллантириш ва уни ривожлантириш борасида қимматли назарий асос бўлиб хизмат қилади. Ҳуқуқий таълим ва тарбия ўзаро боғлиқлик, узвийлик, алоқадорлик ҳамда диалектик характерга эга бўлиб, шахс ҳуқуқий маданиятини шакллантириш гарови ҳисобланади. Зеро, ҳуқуқий таълим ўқувчиларга ҳуқуқий меъёрлар, қонунлар ҳамда ижтимоий-ҳуқуқий муносабатлар моҳияти тўғрисида тизимланган билимларни бериш, уларда ҳуқуқий билимларни эгаллашга бўлган эҳтиёжни юзага келтириш, ҳуқуқий онгни шакллантириш жараёни бўлиб, у изчил, узлуксиз, тизимли тарзда ташкил этилиши лозим. Ҳуқуқий тарбия шахс томонидан ўзлаштирилган назарий-ҳуқуқий билимлар негизида ҳуқуқий фаолиятни ташкил этиш борасидаги кўникма ва малакаларни ҳосил қилиш, унда ижобий мазмундаги ҳуқуқий сифатларни қарор топтириш ва ҳуқуқий маданиятни шакллантиришга йўналтирилган педагогик жараён ҳисобланади. Шахс ҳуқуқий маданиятини шакллантириш ҳуқуқий таълим ва тарбия жараёнинг муҳим босқичидир. Педагогик жараёнда ҳуқуқий таълим-тарбиянинг самарадорлигини ҳисобга олиш мақсадга мувофиқдир. .
61-Mehnat tarbiyasi
Mehnat tarbiyasio‘quvchilarga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish, ularda mehnatga ongli munosabat, shuningdek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kasbiy ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat jarayoni bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Mehnat tarbiyasini shunday tashkil etish kerakki, inson mehnat jarayoni va uning natijasidan qanoatlanishini tarkib toptirishga ko‘maklashsin. Mehnat tarbiyasining provard maqsadi shaxs xarakterining asosiy xislati sifatida uning mehnatga bo‘lgan ehtiyojini shakllantirishdir. Mehnat tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnatga ongli munosabatni shakllantirishdir. SHarq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi xaqida. Alisher Navoiy mehnatning insonni go‘zallashtirishi, faqat mehnat tufayligina insonning kamol topishi mumkinligini ta’kidlaydi. SHu maqsadda u qator mehnatsevar badiiy obrazlarni yaratadi. Masalan, «Farhod va SHirin» dostonining asosiy qahramoni Farhod ana shunday qahramonlar jumlasidandir. Farhod Armaniston o‘lkasiga qadam qo‘yganda, o‘z yurtida qorandan o‘rgangan tosh yo‘nish hunarini ishlatib, og‘ir mehnatdan ezilgan xalqqa yordam beradi. O‘z hunari, mehnati tufayli bir tomondan xalqning og‘ir mehnatini engillashtirgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan sevgilisi SHirinning hurmatiga sazovor bo‘ladi.Ta’lim jarayonida olgan bilimlarini amaliyotda sinab ko‘radilar, Umumiy mehnat jarayonida o‘quvchilarning kombinatlar, jamoa hamda fermer xo‘jaliklari, korxona, zavod va fabrikalarda texnik va texnologik bilimlari mustahkamlanadi, shuningdek, ular tashkilotchilik malakalariga ham ega bo‘ladilar.
62-Iqtisodiy tarbiya
Iqtisodiy tarbiya - o‘quvchilarga iqtisodiy bilimlarni berish, ularda iqtisodiy faoliyat (oila byudjetini shakllantirish, oila xo‘jaligini yuritish, mavjud moddiy boyliklarni asrash, ko‘paytirish, savdo-sotiq munosabatlarini to‘g‘ri tashkil etish va hokazolar)ni tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishdan iborat bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi sanaladi. Iqtisodiy tarbiya ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yilayotgan iqtisodiy ta’lim bilan chambarchas holda olib boriladi. Iqtisodiy tarbiyani tashkil etishda oila, ta’lim muassasasi va jamoatchilik o‘rtasidagi mustahkam hamkorlikka tayanish ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Iqtisodiy mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, hamda treninglar, ishlab chiqarish ilg‘orlari bilan uchrashuvlar, ishlab chiqarish korxonalariga uyushtiriluvchi ekskursiyalar, tadbirkorlik yoki muayyan kasbiy faoliyatni tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantiruvchi ishchanlik o‘yinlari, o‘quvchilarning ishlab chiqarish borasidagi ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishga imkon beruvchi ko‘rik-tanlovlar, ularning iqtisodiy tafakkurini o‘stiruvchi iqtisodiy yo‘nalishdagi konferensiya, seminar va munozaralarni tashkil etish iqtisodiy tarbiya samaradorligini ta’minlaydi. Iqtisodiy tarbiyani uzluksiz amalga oshirishda ta’lim muassasalarida dars va darsdan tashqari sharoitlar, shuningdek, oilada amalga oshirilayotgan harakatlar muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiy mazmundagi suhbatlar, uchrashuvlar, ekskursiyalar, to‘garaklar ko‘rinishidagi amaliy tadbirkorlik faoliyati (u yoki bu hunar yo‘nalishidagi ijodiy ishlar)ni tashkil etish o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkurning shakllanishiga yordam beradi.
63- Axloqiy tarbiya
Axloqiy tarbiyamuayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlarini o‘quvchilar ongiga singdirish ularda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyatni shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib, ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Axloqiy tarbiyaning asosi axloq va axloqiy me’yorlardir. Axloq (lotincha «moralis» xulq-atvor ma’nosini bildiradi) ijtimoiy munosabatlar hamda shaxs xatti-harakatini tartibga soluvchi, muayyan jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari yig‘indisi. Axloqiy me’yorlar to‘g‘risidagi bilimlar o‘quvchilar ongiga ta’lim vatarbiya jarayonida singdirilib boriladi. Axloqiy tarbiyaning natijasi o‘quvchilarda axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari va axloqiy madaniyatning shakllanishida ko‘rinadi. Axloqiy ong - ijtimoiy ong shakllaridan biri bo‘lib, jamiyat tomonidan tan olingan va rioya qilinishi zarur bo‘lgan xulq-atvor qoidalari, mezonlari, shuningdek, milliy istiqlol g‘oyasining o‘quvchilar ongida aks etishidir.
Axloqiy ong, axloqiy faoliyat ko‘nikmalari hamda axloqiy madaniyat ta’lim-tarbiya jarayonida yo‘lga qo‘yilayotgan axloqiy, ijtimoiy-g‘oyaviy, iqtisodiy, huquqiy, estetik va ekologik mavzulardagi suhbat, bahs-munozara, debatlar xalq xo‘jaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilayotgan, ilm-fan, madaniyat, ishlab chiqarish hamda sport sohalarida yuksak darajadagi muvaffaqiyatlarni qo‘lga kirish bilan O‘zbekiston Respublikasi nomini jahonga mashhur qilayotgan, uning obro‘-e’tiborining oshishiga o‘zining munosib hissasini qo‘shayotgan shaxslar hayoti va faoliyat to‘g‘risidagi ma’lumotlardan samarali foydalanish, vatanparvarlik namunalarini ko‘rsatgan, xalq qahramonlari namunasida shakllantiriladi
65-Ekologik tarbiya
Ekologik tarbiya o‘quvchilar dunyoqarashini shakllantirishning tarkibiy qismi. «Ekologiya» tushunchasi ilk bor nemis zoologi E.Gekkel tomonidan qo‘llanilgan. Ekologik tarbiya ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ekologik tarbiya (grekcha «oikos» -turar joy, makon, «logos» -fan) o‘quvchilarga dastlabki ekologik bilimlarni berish, mavjud ekologik bilimlarini boyitish, ularda tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga qaratilgan pedagogik jarayondir.O‘quvlarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatni qaror toptirish, mexr-muhabbatni uyg‘otish, atrof-muhit musaffoligiga erishish ekologik muammolarni hal etish yo‘lida muhim bosqich sanaladi. Ekologik ta’limo‘quvchiga aniq maqsadga muvofiq, izchil, tizimli va uzluksiz ravishda nazariy ekologik bilimlarni berishga yo‘naltirilgan ta’limiy jarayonidir. Nazariy ekologik bilimlar (ekologik ong) hamda atrof-muhit va tabiat muhofazasi yo‘lida olib borilayotgan faoliyat birligi ekologik madaniyatni shakllantirishga xizmat qiladi.Ekologik ongtabiat va atrof-muhitning mavjud holati, ularni muhofaza etish borasidagi tushunchalarning ongdagi ifodasi bo‘lib, u murakkab ijtimoiy-psixologik hodisa sifatida namoyon bo‘ladi.Ekologik faoliyatesa ekologik bilimlarga tayanilgan holda tabiat va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan xatti-harakatlar majmui demakdir. Ekologik madaniyato‘quvchining ijtimoiy talablarga muvofiq tabiat va atrof-muhit muhofazasini tashkil etish qobiliyati. Oila va jamiyatda tashkil etilayotgan ekologik tarbiyaning suhbat, davra suhbati, ekskursiya, bahs-munozara, ijodiy tanlovlar, uchrashuv, ijtimoiy-foydali mehnat (shanbalik, hashar, ko‘kalamzorlashtirish) kabi shakl hamda suhbat, kuzatish, amaliy faoliyatni tashkil etish, rag‘batlantirish va jazolash kabi metodlar yordamida tashkil etish o‘quvchilarda ekologik madaniyatni qaror topishini ta’minlaydi.
66- jismoniy tarbiya
Jismoniy tarbiya o‘quvchilarda jismoniy va irodaviy sifatlarni shakllantirish, ularni aqliy va jismoniy jihatdan mehnat hamda Vatan mudofaasiga tayyorlashga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon bo‘lib; ijtimoiy tarbiya tizimining muhim tarkibiy qismlaridan biri sanaladi. Jismoniy tarbiya bolalarga faqat oilada yoki ta’lim muassasalarida ta’limni tashkil etish jarayonidagina emas, balki sinfdan hamda maktabdan tashqari o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar, turli musobaqalar, tadbirlar chog‘ida ham samarali tashkil etib borilishi maqsadga muvofiq. «Sog‘lom tanda sog‘ aql» degan maqolda jismoniy tarbiyaga oid ma’no lo‘nda qilib ifoda etilgan. Jismoniy tarbiyani bugungi kun talablariga muvofiq yuqori darajaga ko‘tarish o‘quvchilar o‘rtasida salbiy holatlar - kundalik va alkogolizmning keng tarqalishi oldini oladi. Jismoniy tarbiyaning asosiy maqsadi — o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqdiy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘quvchilarni gigiena qoidalari bilan tanishtirish, ularga so‘zsiz amal qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishlariga erishish muhimdir. Buyuk pedagog Abdulla avloniy o‘zining «Turkiy guliston yohud axloq» asarida bu borada quyidagilarni ta’kidlagan edi: «Nazofat (gigiena) deb a’zolarimizni, kiyimlarimizni, asboblarimizni pok va toza tutmoqni aytilur. Poklik zehn va idrokingni keng va o‘tkir qilur. Xalq orasida e’tibor va shuo‘ratga sabab bo‘lur. Poklik ila har xil kasalliklardan qutulib, jonimizning qadrin bilan bo‘lurmiz. Pok bo‘lmak salomatimiz, saodatimiz uchun eng kerakli narsadur. Yirtiq eski kiyimlar kiymoq ayb emas, yangi kiyimlarni kir qilib, yog‘ini chiqarib yurmak zo‘r ayb va gunohdur. Ifloslik balosidan poklik davosi ila qutulmoq kerak».

Download 56.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling