1amaliyish 1700753326


BURG‘ULASh STANOKLARI ISh BAJARUVChI ORGANLARI VA MEXANIZMLARI


Download 52.64 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana31.01.2024
Hajmi52.64 Kb.
#1832178
1   2   3   4   5
Bog'liq
ghy

BURG‘ULASh STANOKLARI ISh BAJARUVChI ORGANLARI VA MEXANIZMLARI
TURLARI
SBU-125U-52 zarbli – aylantirib burg‘ulovchi stanogi kinematik sxemasi
Zanjir bilan uzatuvchi shpindelli aylantiruvchi-uzatuvchi mexanizm 1-rasmda ko‘rsatilgan.
Burg‘ilash stavi 2 ni pnevmoudarnik 3 bilan birga aylantirish uchun ikki tezlikli M1 asinrxron
elektrodvigateli xizmat qiladi. M1 elektrodvigateli ikki pog‘onali planetar reduktor 3 orqali
harakatni uzatadi.
Uzatuvchi mexanizm ish va manevr jarayonlariga xizmat qiladi va ikkita tortuvchi
vtulka-rolikli zanjir 4, pnevmodvigatel, tishli uzatmalar va yulduzchalardan tashkil topgan.
Vtulka-rolikli zanjirning uchlari aylantirgich
koromыslosiga
ulanadi. Zanjir yulduzcha 5
yordamida harakatlantiriladi. Pnevmodvigatel 6 (quvvati 4,4 kVt, aylanish chastotasi 33,3 s
-1
)
yulduzcha 5 ga aylanma harakatni tishli 7 va globoid 8 uzatmalardan tashkil topgan ikki pog‘onali
reduktor orqali uzatadi.
Yulduzcha 9 machtaning yuqorigi qismiga joylashtirlgan. Burg‘ilash stavi machtada
bo‘ylamasiga yo‘naltirgich 10 bo‘ylab suriladi. Tezlik va uzatish kuchini boshqarish va tartibga


solish hamda tezlikni reversivlash (teskariga aylantirish) pnevmodvigatelga havoni uzatish orqali
bajariladi. Stanokka siqilgan havo ko‘chma kompressor yoki karer pnevmotizimi orqali uzatiladi.
SBSh-250MNA-32 b
urg‘ilash stanogining aylantirish-uzatuvchi mexanizmi turi
kanat-porshenli uzatish tizimiga ega bo‘lgan shpindelli mexanizmdan iborat (1-rasm).
Burg‘ilash stavini aylantirish. O‘zgarmas tok dvigateli M1 ning aylanishi tishli mufta va
shlitsali val orqali ikki pog‘onali reduktor 1 ning kirish valiga uzatiladi. Elektrodvigatel va
reduktorni titrashdan saqlash maqsadida reduktorning chiqish valiga shina-shlitsali mufta 2
ulanadi.Tayanch qism 3 orqali aylanuvchi burg‘ilash snaryadi 15-18 ga o‘q yo‘nalishidagi bosim
kuchi beriladi. Bu kuch tayach uzeli polzunlari 4 ga maxkamlangan uzatish mexanizmi pastki
kanatlari orqali uzatiladi.
1-rasm. SBU-125U-52 stanogining kinematik sxemasi
Aylantirgich polzuni 5 machta 6 yo‘naltirgichlari bo‘ylabharakatlanadi. Tayanch uzel 3
o‘z navbatida karetkaga nisbatan siljishi mumkin.
M1 elektrodvigatel va reduktor, o‘rama elektrokabel va havo shlanglari 8 va 9 kanatlar
orqali blok 7 ga osiladi. Bu kanatlar ham uzatish tizimi va nisbatiga egadir. Aylantirgich
karetkasi
yarimspast tizimi
orqali uzatish gidrosilindri 10 shtoki bilan bog‘lanadi. Tayanch
uzeldan pastda burg‘ilash staviga suv va havo aralashmasini uzatish qurilmasi joylashgan.
Kanat-poluspast tizimi (uzatish nisbati to‘rt karrali) oxirlari aylantirgich karetkasiga
maxkamlangan yuqorigi 11 va pastki 12 kanatlardan tashkil topgan bo‘lib aylantirgichni 8 m li
shtanga uzunligi bo‘ylab uzluksiz uzatishni ta’minlaydi. Bunda porshenning yurish yo‘li 2 m ni
tashkil etadi. Silindrlar shtoklari yuqoriga harakatlanganda pastki kanatlar tortiladi va
aylantirgich pastga harakatlanadi. Shtoklar pastga harakatlanganda esa yuqorigi kanatlar tortiladi
va aylantirgich yuqoriga ko‘tariladi. Kanatlarning tortilishi 13 va 14 vintli qurilmalar yordamida
boshqariladi.



Download 52.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling