1b-ee-22 guruh tursunboyev ruslon gravitatsion maydonda harakat


Download 5.03 Kb.
Sana17.06.2023
Hajmi5.03 Kb.
#1543306
Bog'liq
RUSLAN FIZIKA

  • Gravitatsion maydonda harakat
  • Demak, Yerda bo‘ladigan barcha harakatlarga tortishish maydoni o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
  • Faraz qilaylik, tog‘ cho‘qqisiga chiqib, undan gorizontal yo‘nalishda v0 tezlik bilan bironta jism uloqtirildi.
  • Jism uchib borib, A nuqtaga tushadi. Unda uning ko‘rinishi Nyuton tomonidan chizilgan 2.3-rasmga o‘xshash bo‘ladi.
  • Jism tezligi oshirib borilsa, B va C nuqtalarga tushadi. Tezlikning ma’lum bir qiymatidan boshlab jism Yerga tushmasdan, Yer atrofi da aylana bo‘ylab harakatga keladi.
  • Bu jism endi Yerning sun’iy yo‘ldoshi bo‘lib qoladi. Sun’iy yo‘ldoshning harakati, tortishish maydonidagi harakat bo‘ladi.
  • Nima sababdan yo‘ldosh Yerga tushmaydi? Qanday tezlikda bu holat kuzatiladi?
  • Avvalo, yo‘ldoshga ta’sir etayotgan kuchlarni olib qaraylik. Yo‘ldoshga doimo Yerning tortish kuchi ta’sir etadi.
  • Bundan tashqari, unga havoning qarshilik kuchi ta’sir qiladi. Qarshilik kuchi kam bo‘lishi uchun uni atmosferaning eng yuqori qatlamlariga olib chiqish kerak.
  • Amalda Yer yuzasidan 300–400 km balandlikda havoning qarshiligi deyarli yo‘q. Demak, bunday balandlikda Yerning tortish kuchini yo‘ldoshiga berilgan tezlik tufayli vujudga kelgan markazdan qochma kuch kompensasiyalaydi (2.4- rasm).
  • Amalda bir marta aylanib chiqish uchun ketgan vaqt hisoblab chiqilgan vaqtdan katta bo‘ladi. Bunga sabab yo‘ldosh orbitasining radiusi bilan Yer radiusining bir-biridan farq qilishidir.
  • Shunday qilib katta radiusli orbitalarda harakatlanadigan yo‘ldoshlarning tezligi Yer sirtiga yaqin orbitalarda harakatlanadigan yo‘ldoshlarning tezligidan kichik bo‘ladi.
  • Istalgan balandlikda aylanayotgan yo‘ldoshning aylanish davri formulasidan foydalanib sun’iy yo‘ldosh Yerdan ma’lum balandlikdagi bir nuqtada “qimirlamasdan” turishi kerak bo‘lgan balandlikni topish mumkin.
  • Demak, yo‘ldoshning aylanish davri 24 soatga teng bo‘lishi uchun qanday balandlikda harakatlanishi kerak?
  • Hisoblashlar shuni ko‘rsatadiki, balandlik
  • h = 6,6 RYer ya’ni taxminan 42000 km ga teng bo‘lishi kerak!
  • Bunday orbita geostatsionar orbita deyiladi.
  • Bizning sayyoramizda insoniyat tarixida birinchi marta sobiq SSSRda 1957-yil 4-oktabrda Yerning sun’iy yo‘ldoshi uchirildi.
  • Yo‘ldosh shar shaklida bo‘lib, diametri 58 sm, massasi 83,6 kg edi.
  • Yo‘ldosh yer atrofi ni 1400 marta aylanib chiqib, umumiy holda 60 million km masofani bosib o‘tdi. 1961- yil 12-aprelda inson birinchi marta kosmosga chiqdi. Birinchi kosmonavt Yuriy Alekseyevich Gagarin sobiq SSSR fuqarosi edi.
  • Keyinchalik, 1969- yil 20-iyulda amerikalik astronavtlar Neyl Armstrong va Edvin Oldrinlar birinchi bo‘lib Oyga qo‘nishdi.
  • Quyosh sistemasiga kiruvchi sayyoralarga borish uchun kosmik kemaga ikkinchi kosmik tezlik berilishi kerak. Uning son qiymati 11,2 km/s ga teng.
  • Olis yulduzlarga borish uchun esa Quyosh sistemasining tortish kuchini yengib chiqib ketish kerak. Buning uchun kosmik kema uchinchi kosmik tezlikka ega bo‘lishi kerak.
  • Uning qiymati 16,7 km/s ga teng. Kosmosni zabt etgan fazogirlar orasida bizning vatandoshlarimiz V. Jonibekov va o‘zbek millatiga mansub S. Sharipov ham bor.
  • Nima sababdan Yer, o‘zining atrofida harakatlanayotgan sun’iy yo‘ldoshni tortib olmaydi?
  • Oyni ham birinchi kosmik tezlik bilan harakatlanayotgan yo‘ldosh deb qarash mumkinmi?
  • Sun’iy yo‘ldoshning yer yuzidan balandligi ortishi bilan uning tezligi qanday o‘zgaradi?

Download 5.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling