3.Buxgalteriya togrisidagi qonunning asosiy maqsadi?
J. Qonunning maqsadi buxgalteriya hisobini tashkil etish, yuritish va hisobotni tuzish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
4.Rentabellik tushunchasi?
J. Рентабеллик – тармоқ ёки корхоналар иишлаб чиқариш самарадорлигини ифодаловчи асосий кўрсаткичлардан бири бўлиб, уларнинг фойда олиб ишлаши, фойда олиш даражасини кўрсатади ва фоиз ҳисобида ифодаланади.
и/чиқариш рентабеллиги – балансдаги фойданинг сотилган маҳсулот таннархига нисбати билан топилади.
барча активлар рентабеллиги – соф фойдани корхона барча активларига нисбати билан топилади.
5.Xarajatlar smetasi va shtatlar jadvallarini ro`yxatdan o`tkazish muddati qachongacha?
J. Joriy yilning 1-apreligacha:
budjet mablag‘larini taqsimlovchilarning tasdiqlangan jamlanma xarajatlar smetalari va jamlanma shtat jadvallari, shuningdek xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida;
tumanlar va shaharlar budjetidan moliyalashtiriladigan tashkilotlarning tasdiqlangan xarajatlar smetalari va shtat jadvallari — tumanlar va shaharlar hokimliklarining moliya bo‘limlarida ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.
4-BILET
1.O`zb Res Davlat budjeti tuzilmasiga kiradigan budjetlar?
J. Давлат бюджети тузилмасига – Ўзбекистон Республикасининг республика бюджети, Қорақалпоғистон Республикаси бюджети, вилоятлар ва Тошкент шаҳар маҳаллий бюджетлари киради.
ҚР бюджети тузилмасига ҚРнинг республика бюджети, ҚР туманлари ва шаҳарларининг бюджетлари киради.
Вилоятлар маҳаллий бюджетлари тузилмасига вилоят бюджети, тегишли вилоятлар туманлари ва шаҳарларининг бюджетлари киради.
Тошкент шаҳар маҳаллий бюджети тузилмасига шаҳар бюджети ва шаҳар таркибига кирувчи туманларнинг бюджетлари киради.
2.budjet tashkiloti va budjet mablaglari oluvchilar xarajatlar smetalari tasdiqlash tartibini tushuntirib bering?
J. Budjet tashkilotlari va budjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetasi tashkilot bosh buxgalteri (uning o‘rinbosari) va moliya-iqtisod bo‘linmasi boshlig‘i (shtat jadvaliga muvofiq moliyaviy-iqtisodiy masalalar bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda tashkilot rahbari yoki u vakolat bergan shaxs tomonidan tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |