1.«Falsafa» tushunchasining kelib chiqishi


Sabab - bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhidir. Oqibat -


Download 0.94 Mb.
bet136/139
Sana08.03.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1252545
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139
Bog'liq
Фалсафа УМК 2023й

Sabab - bir hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhidir.
Oqibat - sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisadir.
Zaruriyat - muayyan sharoitda qat’iy ravishda kelib chikadigan voqea yoki hodisadir.
Tasodif - ayni sharoitda yuz berishi ham, yuz bermasligi ham mumkin bo’lgan hodisa yoki voqeadir.
Voqelik - real mavjud bo’lgan, yashab turgan narsa va hodisalardir.
Imkoniyat - yuzaga chiqmagan voqelikdir.
Sistema - borliqdagi o’zaro bog’liq, muayyan tartibdagi bir-biriga ta’sir va aks ta’sir qilib turuvchi narsalar, hodisalar va jarayonlarning qonuniyatli birligidir.
Struktura - sistemani tashkil etgan narsalar, hodisalar va jarayonlarning tartibi, tuzilish, tarkibi, joylashishi va ifodalanishidir.
Element -sistema strukturasini tashkil qilgan, nisbiy mustaqillikka ega bo’lgan tuzilmadir.
Gnoseologiya - yunoncha gnosis - bilim, ilm; logos - ta’limot, nazariya demakdir. Falsafaning tarkibiy qismi, bilish nazariyasi, bilishning umumiy konuniyatlari, usullari to’g’risida bahs yurituvchi falsafaning alohida sohasi.
Ong - yuksak darajada tashkil topgan materiyaning ya’ni inson miyasining maxsuli bo’lib, uning xususiyati voqelikni aks ettirishdan iboratdir. Ong - akl, tafakkur, falsafadagi markaziy kategoriyalardan biri.
Ongsizlik - ongning genetik jihatidan talqini. Ongsizlik birlamchiligini bildirib u o’ziga xos xususiyatga ega ekanligini, inson faoliyati va hatti-harakatida muayyan darajada rol o’ynashini tan olishni taqozo etadi.
Ruh - ma’naviy - ruhiy, nomoddiy ibtidoni ifodalovchi falsafiy tushuncha.
Bilish - insonning o’zining qurshagan dunyoga bo’lgan munosabatlaridan biridir.
Hissiy bilish - inson bilishining dastlabki bosqichi bo’lib, miyada predmet va hodisalarning belgilari, signallari va hissiy obrazlarining hosil bo’lishidir.
Mantiqiy bilish - inson borliqni aqliy bilishidir.
Haqiqat - inson bilimlarida borliqning to’g’ri in’ikos etishi, predmet va hodisalar asli qanday bo’lsa ularni inson o’z miyasida huddi shunday in’ikos ettirgan bilimlaridir.
Nisbiy haqiqat - borliqdagi narsa va hodisalar to’g’risidagi taxminan to’g’ri, lekin to’liq bo’lmagan, bilish jarayonimizda tuzatilib, to’ldirilib boriladigan bilimlardir.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   139




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling