1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering?


Download 182.88 Kb.
bet34/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

70. Davlat innovatsion siyosatining mohiyati va uni amalga oshirishdan ko‘zlangan asosiy vazifalarni tushuntirib bering?

Davlat innovatsion siyosatining amalga oshirilishida sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligini taminlash muhim ahamiyat kasb etadi. Fikrimizcha, sanoat majmuasi korxonalarining innovatsion jozibadorligi innovatsion loyihalarga mablaglarni samarali joylashtirish uchun xizmat qiluvchi obbyektiv jixatlar majmuasidir. U korxonalarning eksport va ilmiy-texnik potentsiali, moliyaviy barqarorlik darajasi, ishlab chiqarishni diversifikatsiyalash darajasi, innovatsion dasturlar sifati kabilar bilan belgilanadi.


Sanoat majmuasiga korxonalarining innovatsion jozibadorligini taminlash-bu milliy iqtisodiyot samaradorligining muhim yonalishidir. Uni amalga oshirish uchun kompleksli xukumat dasturini ishlab chiqish zarur. Sanoat korxonalarining innovatsion salohiyatini atroflicha baholash va innovatsion faollikka tasir etuvchi ichki omillar sifatini yaxshilash kabilar mazkur dasturning asosiy yonalishlari sifatida xizmat qilishi lozim.

71. Bugungi kunda mamlakatimizda innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish borasida to‘siq bo‘layotgan asosiy muammolar nimalardan iborat?

Mamlakatimizda innovatsion biznesni rivojlantirishning asosiy muammolari asosan ilmiy-texnikaviy va innovatsion korxonalarda marketingning rivojlanmaganligi bilan uzviy bogliq. Yangi mahsulotlar yaratish jarayonini marketing orqali qollab-quvvatlashni tashkil etish innovatson kompaniyaning eng muhim muammolaridan biri sanaladi. Bozorga yangi mahsulotlarni kiritishning oziga xosligi, ayni paytda mahsulotlarning va shu bilan bir qatorda bozorning o'ziga xos jihatlari bilan bogliq. Bozorga olib chiqish jarayonida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi:


• sanoat mahsulotlarining 20-25%i;
• shaxsiy istemol tovarlarining 30-35%i;
• mavjud assortimentni kengaytirilishi natijasida yaratilgan
• mahsulot va xizmatlarning 27%i;
• savdo markalari innovatsiyalarining 31%;
• mutlaqo yangi mahsulotlarning 46 foizi muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Innovatsion loyiha bosqichlarini korib chiqish asnosida kompaniyada marketingning rivojlanish darajasi bilan innovatsion biznes uchun xos bolgan xavf-xatarlarning ozaro bogliqligini yaqqol tasavvur qilishimiz mumkin boladi.

Download 182.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling