1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering?


Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari


Download 182.88 Kb.
bet58/61
Sana02.06.2024
Hajmi182.88 Kb.
#1840087
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61
Bog'liq
1.“Innovatsiya” atamasini ta’riflab bering -hozir.org

Bozor sharoitida innovatsiyalar va korxonalar taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari

Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli osishni taminlovchi yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini korsatmoqda. Bugun rivojlanishning innovatsion modellari va aqlli texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion goyalar va ishlanmalarga asoslanadi. Ushbu mamlakatlarda innovatsion goyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etish boyicha davlat strategiyasining ijrosi shartli ravishda kelajak vazirliklari deb nomlanuvchi maxsus idoralar tomonidan amalga oshiriladi.


Mamlakat iqtisodiyoti va xojalik subyektlarining tadbirkorlik faoliyatiga tasir etishning asosiy vositalaridan biri-bu davlat iqtisodiy siyosatining boginlaridan hisoblanuvchi innovatsion siyosatdir. Davlat innovatsion siyosat yordamida bevosita ishlab chiqarish hajmi osish suratlarining oshishiga, fan-texnika taraqqiyoti tezlashishiga, ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibining ozgarishi, ijtimoiy muammolarni xal qilishga tasir otkaza oladi.
Innovatsion siyosat deganda davlatning iqtisodiyotni kotarish va iqtisodiy- ijtimoiy taraqqiyot masalalarini xal qilish maqsadida mamlakat innovatsion salohiyatidan samarali foydalanish, innovatsiyalarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni taminlashga xizmat qiluvchi maqsadli faoliyati tushuniladi.


  1. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida innovatsion faoliyatni boshqarish tajribasi.

Jahon tajribasi shuni korsatadiki, texnik yangiliklarning harakatlantiruvchilari- bu oz faoliyatida davlat yordamiga tayanuvchi kichik ilmiy-texnik va innovatsion firmalar hisoblanadi. Masalan, AQShda texnologik yangiliklarni joriy etish 80- yillardan boshlab iqtisodiy jarayonlarni davlat tomonidan boshqarishning oziga xos xususiyatlaridan va nufuzli jixatlaridan biriga aylandi.AQSh uchun davlatning innovatsion faolligiga tasir etishining uziga xos kanaliga tovarlar va xizmatlarni ozlashtirish uchun moljallangan shartnoma tizimi hisoblanadi.Davlat xaridlari-yangiliklarni joriy etish «talabi»ning muhim unsuridir. Davlat yangiliklarni ishlab chiqaruvchi xorijiy subyektlar uchun tosiq qoyib, milliy ishlab chiqaruvchilar uchun tajriba toplashga imkon beradi.


Singapurda davlat venchur investitsiyalar tavakkalini Texnologik Investitsiyalarni qollab-quvvatlash Dasturi orqali qisman moliyalashtiradi. Bu dastur endi ish boshlagan kompaniyalarga investitsiyalardan kutiladigan zararlarni sugurtalash imkoniyatini beradi. Statusga ega kompaniya uz investorlari uchun 3 mln. Singapur dollaridan oshuvchi qiymatdagi investitsiya uchun Sertifikat chiqarish xukukiga ega
Koreya Respublikasida kichik biznesni moliyalashtirish tizimida Kafolatli kredit Fondi muhim orin tutadi. U hukumat va ixtisoslashtirilgan moliya idoralari mablaglari hisobidan tashkil etiladi. Fond kreditli kafolatlarni qarz evaziga xatto iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarida faoliyat yurituvchi kichik va orta korxonalar uchun beradi. Agar qarz bank tashkiloti tomonidan kichik va orta korxonalarning asosiy fondlarini investitsiyalash uchun taqdim etilsa, bunda 150 mln. von.gacha bolgan qiymatdagi qarz avtomatik tarzda 70 % sugurtalanadi. Komission tolov hajmi-yillik 1 % (yirik korxonalar uchun-1,5 %)ni tashkil etadi.



  1. Download 182.88 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling