1.(kalima) Har ishni bismillah bilan boshlasa


Laylatul qadr kechasi qachon


Download 112.84 Kb.
bet6/7
Sana17.06.2023
Hajmi112.84 Kb.
#1520658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Алҳамдулиллаҳи роббил аламин Вассалату вассаламу ала росулиллаҳ Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳ

Laylatul qadr kechasi qachon
Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳ! Aziz dindoshlar kirib kelgan ramazon oyingiz muborak bo’lsin. Bugun biz sizlar bilan qadr kechasi qaysi kunga to’g’ri kelishini hamda qadr kechasida qilinadigan ibodatlar haqida batafsil gaplashamiz. Oisha Onamiz roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, “Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o’n kunligida qidiringlar deganlar” (Imom Buxoriy, Imom muslim rivoyati). Yana bir boshqa hadisda Oisha onamizdan rivoyat qilingan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam, Ramazonning oxirgi o’n kunligi kelsa, kechalari uxlamas edilar va uydagilarini ham ibodat qilishga o’rgatar edilar. (Imom Buxoriy, Imom muslim rivoyati). Xulosa qiladigan bo’lsak Qadr kechasini Ramazon oyining oxirgi o’n kunligida yashirilgan ekan yana boshqa hadislar bor, Qadr kechasining alomatlari quyoshning boshqacha chiqishi. Hammasini umumiy xulosa qiladigan bo’lsak ushbu hadislarning hammasi quyushning boshqacha chiqishi va o’sha kunning alomatlari hamma hammasi Ramazon oyining oxirgi o’n kunligida sodir bo’lar ekan. Haqiqiy qadr kechasini topmoqchi bo’lgan inson ramazon oyining oxirgi o’n kunligini ibodat bilan o’tkazish kerak ekan. 2023 yil oxirgi ramazonning o’n kuni quyidagi sanalarga to’g’ri kelar ekan. 1chi sanasi 11-apreldan 12-aprelga o’tar kechasiga to’g’ri kelar ekan. Oxirgi o’ninchi sanasi esa 20-apreldan 21-aprelga o’tar kechasiga to’g’ri kelarkan. Shu o’n kunni ibodat bilan o’tkazgan inson InshaAlloh qadr kechasini topadi. Lekin oxirgi o’n kunni men ibodat bilan o’tkaza olmayman degan insonlar yana bir boshqa hadislarda kelgan Ramazon oyining oxirgi o’n kunini toq kechalarini ham ibodat bilan o’tkazsa bo’ladi. Ramazon oyining oxirgi o’n kunini toq kechalari mana qizil rangda bergan sanalarimiz oxirgi o’n kunning toq kechalari hisoblanadi. Shu kechalarni ibodat o’tkazsa bo’ladi. Yo’q men toq kunlarniyam ibodat bilan o’tkaza olmayman deydigan insonlar ko’plab hadislarda ishora qiladiki, Ramazon oyining 26chidan 27 chi kuniga o’tar kechasi ham Laylatul qadr kechasi ekanligi haqida ko’plab dalillar bor. Bu kecha esa 18 chi apreldan 19chi aprelga o’tar kechasiga to’g’ri kelmoqda, Lekin haqiqiy qadr kechasini topaman degan inson oxirgi oi’n kunlikni ibodat bilan o’tkazishi tavsiya etiladi. Qadr kechasi qaysi to’g’ri kelishini aytib o’tdik endi, qadr kechasida qanday ibodatlar qilamiz shular haqida hozir batafsil tushintirib beramiz. Qadr kechasini ayanan o’zining o’qiladigan maxsus namozi yo’q, yani qandaydir ijtimoiy tarmoqlarda hozir aylanayotgan 100 rakatlik namoz yoki bo’lmasa qandaydir maxsus 4 rakatlik o’zining namozi yo’q. Qadr kechasida Nafl namozlarni yoki qazo namozlarni o’qisa bo’ladi. Nafl namozlarining eng afzali tahajjud namozini o’qishni tavsiya qilamiz. Tahajjud namozi jami 8 rakatdan iborat. Tahajjud namozidan oldin hech qanaqa azon aytilmaydi. 2 rakatdan o’qiladi jami 4 martta o’qiydigan bo’lsak shunda 8 rakat bo’ladi. Namozini boshidan oxirigacha o’zimiz eshitadigan darajada qiroat qilamiz juda ham baland va juda ham past ham emas. Niyatda esa Alloh rozilgi uchun qiblam bo’lmish ka’ba tomonga yuzlanig bugungi tahajjud namozning 2 rakatini o’qishni niyat qildim deb ko’ngildan o’tkaziladi. Va namoz o’qishni boshlaysiz. Tahajjud namozini o’qib bo’lganingizdan keyin. Qadr kechasida o’qiladigan o’zining maxsus duosi bor o’sha duoni o’qisak bo’ladi. Hamda undan keyin yana boshqa duolarini ham matnlarini keltiarmiz. Shularni o’zingiz aytaversangiz bo’ladi. Bundan tashqari Qur’on tilovat qilsangiz bo’ladi, yana o’zingiz boshqa biladigan suralar masalan ixlos surasi qaysi duoni bilsangiz shularni hammasini o’qisangiz bo’ladi. Videomiz keng tarqalishi uchun do’stlaringizga ham ulashishni unutmang. Ассалому алайкум ва раҳматуллоҳи ва барокатуҳ!


Download 112.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling