1–MA’ruza. Banklarda moliyaviy hisob asoslari
Bank balansi va uning tuzilishi
Download 30.74 Kb.
|
1-mavzu
Bank balansi va uning tuzilishi.
Bankning buxgalteriya balansi - bank moliyaviy faoliyati natijalarini ko‘rsatuvchi buxgalteriya hisobotining asosiy shaklidir. Balans yordamida bank faoliyati tahlil qilinadi va nazorat olib boriladi. Banklarda balans har bir ish kuni bo‘yicha kunlik balans tuziladi. Balansning birinchi bo‘limi “AKTIVLAR” bo‘limi bo‘lib, o‘z ichiga bir qator asosiy hisobvaraqlarni birlashtiradi. Bank aktivlari naqd pullardan boshlab hisobga olinadi. Naqd pullarni hisobga olish uchun 10100 hisob raqami ajratilgan. Bu hisob raqam nomi “Naqd pullar va boshqa kassa hujjatlari” bo‘lib, o‘z ichiga “Kassadagi naqd pullar”, “Naqd pullar zaxirasi”, “Yo‘ldagi naqd pullar”, “Valuta almashtirish shoxobchalaridagi naqd pullar”, “Bankomatlardagi naqd pullar”, “Bank binosidan tashqarida joylashgan kassalardagi naqd pullar” kabi bir qator subhisob varaqamlarni birlashtiradi. Bundan tashqari, ushbu bo‘limda 10300 - “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankidagi hisob varaqamlari”, 10500 - “Bankning boshqa banklardagi hisob raqamlari” nomli asosiy hisobvaraqlar va ularga tegishli bo‘lgan bir qator subhisob raqamlari ochilgan. Respublikadagi mavjud qonun qoidalarga asosan barcha Respublika tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankida o‘z vakillik hisobvaraqlarini ochadilar. Oldi-sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha operatsiyalar hisobini yuritish uchun 10700 hisob raqam ajratilgan 10900 hisob raqami esa oldi- sotdi uchun mo‘ljallangan qimmatbaho metallarni hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Bu ikkala asosiy hisob raqamlar ham bir necha subhisob raqamlarni o‘ziga birlashtiradi. Bank tomonidan berilgan qisqa muddatli kreditlar bir qator asosiy hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Masalan: 12100 - Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12300 - Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12500 - Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12600 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12700 - Davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 12900 - Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan qisqa muddatli kreditlar, 13100 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar. Balansda kredit muddatlari va iqtisodiyotdagi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning qaysi mulkchilik shakliga berilishiga qarab tasnif qilinadi. Sud jarayonidagi kreditlar va avanslar 15300 asosiy hisobraqamda olib boriladi. Bank investitsiyalari 15900 asosiy hisob raqamda hisobga olinadi va ikki kategoriyaga bo‘linadi: Hukumat obligatsiyalariga investitsiya qilingan mablag‘lar, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Bankining obligatsiyalariga hamda xususiy obligatsiyalarga investitsiya qilingan mablag‘lar; O‘z qimmatbaho qog‘ozlariga qo‘yilgan investitsiyalar. Bu qimmatli qog‘ozlarning hisobi yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamda olib borilmaydi. Bankning asosiy vositalari 16500 hisob raqamlarida hisobga olib boriladi. Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar - bank aktivlarining asosiy moddalaridan biri hisoblanadi, chunki bank o‘z faoliyatini tashkil qilish uchun moddiy bazaga, operatsiyalarni bajarish uchun shart-sharoitga ega bo‘lishi lozim. II bo‘lim «MAJBURIYATLAR» bo‘limi bo‘lib, bank balansining majburiyatlar bo‘limi depozitlardan boshlanadi. Depozit majburiyatlari muddati va uni qo‘ygan mijozning mulkchilik shakliga taalluqligicha tasniflanadi. Barcha depozitlar talab qilib olinguncha saqlanadigan, jamg‘armali va muddatsiz depozit turlariga bo‘linadi. Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar 20200 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Unga o‘zi o‘z ichiga 20202-20296 sub hisob raqamlar kiritiladi. Bu sub hisob raqamlar turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan mijozlarning talab qilinguncha saqlanadigan depozitlari bo‘yicha alohida tasniflanadi. Jamg‘armali va muddatli depozitlar ham xuddi shunday tasniflanib, ular bo‘yicha hisob 20400 va 20600 hisob raqamlarda Bank balansining III bo‘limi «XUSUSIY KAPITAL» bo‘limidir. Ushbu bo‘lim o‘z ichiga 30300 - «Ustav kapitali», 30600 - «Qo‘shimcha kapital» va 30900 - «Zaxira kapitali» deb nomlangan asosiy hisob raqamlarini oladi. Tijorat bankining aksiyadorlik kapitali bankning o‘z mablag‘lari hajmini ifodalaydi. Markaziy Bank tijorat banklarining kapital hosil qilish darajasini va tuzilmasini tartibga solib turadi, bu esa bank daromadlarini yaxshilaydi. Kapital bo‘limida yuqoridagi hisob raqamlardan tashqari 31200 hisob raqam “Taqsimlanmagan foyda”ni hisobga olib borish uchun, 30908 hisob raqam esa boshlang‘ich qiymatiga nisbatan qayta baholangandagi qo‘shimcha qiymatni hisobga olib borish uchun ochilgan. Ushbu hisob raqamda inflyasiya natijasida bank asosiy vositalari qiymati qayta baholanganda ularning boshlang‘ich bahosiga nisbatan qo‘shimcha qiymatining summasi aks ettiriladi. Bank daromadlarini hisobga olish uchun IV bo‘lim, ya’ni “DAROMADLAR” bo‘limi ajratilgan. “Daromadlar” bo‘limi o‘z ichiga bankning hisobot davridagi barcha daromadlarini oladi. Barcha foizli daromadlar 4020044900 hisob raqamlarda aks ettiriladi. Bankning aktivlari bo‘yicha amalga oshirilgan operatsiyalari natijasida olgan foizli daromadlari 40201-44901 hisob raqamlarda hisobga olib boriladi. Balans hisoboti davrida hisoblangan, lekin xali olinmagan daromadlar summasiga 16300 - «Aktivlar bo‘yicha hisoblangan foizlar» hisobvarag‘idagi tegishli balans hisob raqamlari debetlanadi va unga mos kelgan daromadlar balans hisob raqami kreditlanadi. 45800 asosiy hisob raqamda investitsiyalardan olingan foyda va dividendlar hisobga olib boriladi. Investitsiyalarni sotish qiymati ushbu aktivlarni sotib olingandagi qiymati yoki balansga kirim qilingan qiymati nisbati yuqori bo‘lganda foyda olinishi mumkin. Boshqa foizsiz daromadlar 45900 asosiy hisob raqamda hisobga olib boriladi. Bu hisob raqam bankning imoratlari, jihozlari, ko‘chmas mulki va boshqa xususiy mulklari kabi aktivlari ijarasidan olingan daromadlarning hisobini yuritish uchun mo‘ljallangan. Bank balansining V bo‘limi bu «XARAJATLAR» bo‘limidir. Bu bo‘limda hisobot davrida bankning barcha xarajatlari aks ettiriladigan hisob raqamlar ochilgan. Bankning depozit majburiyatlari bo‘yicha foizli xarajatlarining hisobi 50101-54902 balans hisob raqamlarida yuritiladi. Barcha xarajatlar majburiyatlarning turlari bo‘yicha tasniflangan. Bank bino-inshootlarini, jihozlarini, ko‘chmas mulkni sotishdan ko‘rilgan zararlar hamda yuqorida ko‘rsatilgan hisob raqamlarda, hisobga olingan zararlarning hech biriga tegishli bo‘lmagan boshqa foizsiz xarajatlar 55900-«Boshqa foizsiz xarajatlar» asosiy hisob raqamda aks ettiriladi. VI bo‘lim «KO‘ZDA TUTILMAGAN HOLATLAR BO‘YICHA HISOB RAQAMLAR» bo‘limidagi balansdan tashqari hisob raqamlar ham xuddi balans ichidagi hisob raqamlar kabi ikkiyoqlama yozuv asosida olib boriladi. Buning uchun hisob raqamlar rejasidagi har bir balansdan tashqarida joylashgan hisob raqam uchun kontr - hisob raqam biriktirib qo‘yilgan bo‘lib, ular buxgalteriya yozuvlarini amalga oshirish maqsadida ishlatiladi. Shunday qilib, banklarda yuqorida keltirilgan hisobvaraqlarni o‘z ichiga olgan balans tuziladi, bank boshqaruvchisi va bosh buxgalter unga imzo qo‘yishlari lozim. Shundan so‘ng, bank ish kuni to‘liq yakunlangan hisoblanadi. Download 30.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling