1–mavzu: kimyo fanining rivojlanish tarixi. Kimyoning asosiy tushunchalari reja


Download 38.09 Kb.
bet4/8
Sana11.03.2023
Hajmi38.09 Kb.
#1261479
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
mavzu

Nazorat uchun savollar
1. Kimyoning fan sifatida shakllanish tarixi haqida nimani bilasiz?
2. O‗zbekistonda kimyo fani va uning tarixiga oid qanday ma‘lumotlar bor? 3. O‗zbekistondagi kimyo sanoatining qanday tarmoklarini bilasiz?
4. Respublikamiz kimyo fani rivojiga munosib hissa qo‗shgan va qo‗shayotgan akademiklardan kimlarni bilasiz? Ular kimyoni qaysi sohalari bilan shug‗ullanganlar?


2–mavzu: KIMYONING ASOSIY STEXIOMETRIK QONUNLARI


Reja:
1. Atom-molekulyar ta‘limot.
2. Moddalar massasining saqlanish qonuni.
3. Tarkibning doimiylik qonuni.
4. Karrali nisbatlar qonuni.
5. Ekvivalentlar qonuni.
6. Hajmiy nisbatlar qonuni.
7. Avogadro qonuni.


Tayanch iboralar: atom-molekulyar ta‘limot, atom, massaning saqlanish qonuni, tarkibning doimiylik qonuni, karrali nisbatlar qonuni, ekvivalentlar qonuni, ekvivalent, xajmiy nisbatlar qonuni, Avogadro qonuni, molyar hajm, nisbiy atom massa, nisbiy molekulyar massa



  1. Atom-molekulyar ta’limot.

Moddalarning nihoyatda mayda zarrachalar atomlardan tuzilganligi haqidagi tasavvurlar qadimgi Gretsiyada vujudga kelgan. Eramizdan avvalgi V-asrda Demokrit moddaning eng mayda bo‗linmaydigan zarrachasini atom deb atadi. Lekin atomning qanday zarracha ekani va uning xossasi to‗g‗risidagi tasavvurlar XVI-asrning boshlaridan o‗rganila boshlandi. Fransuz olimi P.Gassendi tarixda unutilib yuborilgan atom tushunchasini fanga yana kiritdi. P.Gassendi moddalar atomlardan tuzilgan va atomlarning xillari ko‗p emas, degan fikrni maydonga tashladi. Lekin bu fikrni o‗zi bilan moddalar asosini tashkil qiluvchi zarrachalar to‗g‗risidagi tasavvurlarni to‗la tushuntirib berib bo‗lmaydi.
Ilmiy asoslangan atom-molekulyar ta‘limot XVIII-XIX-asrlardagina yaratildi. Bu ta‘limotni 1741-yilda M.V.Lomonosov yaratdi va uning mazmunini «Matematik kimyo elementlari» asarida bayon etdi.
Atom-molekulyar ta‘limotning mohiyati quyidagilardan iborat:

  1. barcha moddalar «korpuskula» lardan iborat bo‗lib, ular bir-biridan oraliq fazo bilan ajralgandir (Lomonosovning «korpuskula» termini hozirgi «molekula» ma‘nosiga ega);

  2. «korpuskula»lar to‗xtovsiz harakatda bo‗ladi.

  3. «korpuskula»lar «element»lardan tashkil topgan (Lomonosovning «element» tushunchasi hozirgi «atom» ma‘nosiga ega). «Element»lar ham to‗xtovsiz harakatda bo‗ladi;

  4. «element»lar aniq massa va o‗lchamga ega;

  5. oddiy moddalarning «korpuskula»lari bir xil «element»lardan, murakkab modddalarning «korpuskula»lari esa turli «element» lardan tashkil topgan bo‗ldi.

Materiyaning tuzilishi, moddalarning xossalari va kimyoviy o’zgarishlarining tabiati haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari atom-molekulyar ta‘limot asosida moddalarning diskretligi prinsipi yotadi, ya‘ni moddalar yaxlit bo‗lmasdan, balki mayda zarrachalardan tarkib topgan. Moddalar doimo harakatda bo‗ladi: jism harorati qanchalik yuqori bo„lsa, harakat ham shunchalik intensiv bo„ladi.
Ingliz olimi J.Dalton kimyo va fizika sohasida yig‗ilgan tekshirish natijalariga asoslanib, 1808-yilda atomistik ta‘limotni yaratdi. U atomistikaga asoslanib, karrali nisbatlar qonunini kashf etdi. Atomistik ta‘limot mohiyati quyidagicha:

Download 38.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling