1Odam bolasi borki u shu ranglardan birini o‘ziniki


Download 25.71 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi25.71 Kb.
#246722
Bog'liq
21 02 2021 2-guruh


1Odam bolasi borki u shu ranglardan birini o‘ziniki
qilib oladi butun taqdirini tarjimayi holini orzuumidlarini va nihoyat olamni shu rang orqali ko'radi.
Ushbu gapda nechta vergul ishlatilishi lozim?
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
2. Quyidagi qaysi so‘z imlosi kabi talaffuz
qilinmaydi?
A) bo'ynim B) qo‘mondon
C) yozyapti D) kelgan
3. 1) ko'chmoq; 2) tikmoq; 3) sog‘moq; 4) chiqmoq;
5) egmoq.
Ushbu fe’llardan o‘tgan zamon sifatdoshi yasalganda
ularning qaysi biriga jarangsiz undosh bilan
boshlanuvchi qo'shimcha qo‘shiladi?
A) 2, 4 B) 3, 5 С) 1, 2, 3, 4 D) 2, 3, 4, 5
4. Quyida berilgan so'zlarning qaysilarida -li, -kor
qo‘shimchalarini sinonim sifatida qo'llash mumkin?
1) go'sht; 2) gunoh; 3) yurak; 4) kuch; 5) jafo.
A) 3, 5 В) 1, 3 C) 2, 5 D) 2, 4
5. Sintaksisga tegishli atamani toping.
A) ko‘makchi B) havola bo‘lak
C) asliy sifat D) metateza
6. Insoniyat tarixi hammamizga bog‘liq bo'lgan,
o‘zligimizni ko‘rsatadigan, bizning olis shajaramizni,
nasl-u nasabimizni, insoniy qadr-u qimmatimizni
belgilaydigan muqaddas va mo‘tabar voqelikdir.
Ushbu gapda ishtirok etgan yasama so'zlar haqidagi
qaysi hukm noto‘g‘ri?
A) yasama so'zlar sifat, ot va fe’l turkumiga mansub
B) 1-o‘rinda tarkibida tovush o‘zgarishi yuz bergan
yasama so‘z ishtirok etgan
C) barcha yasama so‘zlarning yasalish asosi ot
turkumiga mansub
D) yasama so‘zning yasama so‘zga tobelanishi
kuzatiladi
7. «Qudrat o‘rnidan turib, egnini qoqdi, xursandligini
yashirolmay tevaragiga to‘yib- to‘yib qaradi». Ushbu
gapda necha o'rinda tovush o‘zgarishi kuzatiladi?
A) 2 ta B) 3ta C) 4ta D) 5ta
8. To'liqsiz gap berilgan qatorni toping.
A) Bugun biz bilan qolasiz-a? – Ha.
B) Novvoyga non aziz, tegirmonchiga – un.
C) Marhamat, kiring.
D) Go'zallik ilm-u ma’rifatda.
9. Daraja ko‘rsatkichini olmagan sifat qaysi gapda
berilgan?
A) Chakalakzor qorong‘ulikda vahimali va sirli
ko‘rinadi.
B) Hammayoq top-toza.
C) Dunyoda eng orzumand xalq o‘zbek bo‘lsa
ajabmas.
D) Onamning ismi Enaxon, nihoyatda ko'ngilchan,
zahmatkash ayol.
10. Fe’lning -siz va -san qo'shimchalariga qachonlar
ko‘plik qo'shimchasi qo‘shilishi mumkin?
A) hurmatni yanada kuchliroq ifodalash zaruriyati
tug‘ilganda
B) hurmatsizlikni yanada kuchliroq ifodalash
zaruriyati tug'ilganda
C) tasdiqning kuchli ta’kidini ifodalash zaruriyati
tug‘ilganda
D) hurmat va hurmatsizlikni yanada kuchliroq
ifodalash zaruriyati tug‘ilganda
11. Har qanday til o‘zining nutq tovushlari, so'zlari
(iboralari) va qo‘shimchalaridagi imkoniyatlarni qaysi
bo'limda namoyon qiladi?
A) sintaksis B) frazeologiya
C) morfologiya D) uslubshunoslik
12. Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,
Qaytib ona tuprog‘imga ketolmadim.
Farg'onada qolmish do‘st-u o'rtoqlarim,
Qaytib ular visoliga yetolmadim,
Amudaryo, suvlaringdan o'tolmadim.
She’riy parchada necha o'rinda qarashlilik ma’nosini
bildirgan egalik qo‘shimchalari qo‘llangan?
A) 3 B) 4 C) 5 D) 6
13. Kesimlarning asosi omonim xarakterga ega bo'lgan
bog‘langan qo‘shma gapni toping.
A) Po‘lat qoplangan zalvorli eshik g‘ichirlab ochildiyu, qorong'i bo'shliq ko‘rindi.
B) Kimki tinch yashashni istasa, pastkash odam bilan
hech qachon hamroh bo‘lmaydi.
C) Yaxshilik yaxshi nom keltirar, saxovat esa kishini
baxtiyor damlar sari undaydi.
D) Suv sohilni yemirar, alam – dilni.
14. Qaysi javobda keltirilgan barcha so‘zlar to‘g‘ri
yozilgan?
A) xassos, xalqa, hijil B) hassos, xalqa, xijil
C) hassos, halqa, xijil D) hassos, halqa, hijil
15.Qaysi adib, mutaxassislarning aytishlaricha,
o‘zbeklar orasidan birinchi bo‘lib, 1908-yildayoq
sahna asari yaratgan, shuningdek, uning bir qancha
kuylarni notaga solgani, birinchilardan bo‘lib roman va
opera yozgani ma’lumdif?

A) Fitrat

B) Behbudiy

C) Hamza

D) Avloniy

16. «Boburnoma» da keltirilgan «kushti», «kushtgir»,


«kishtibon» so‘zlarining ma’nosi to‘g‘ri ko‘rsatilgan
javobni belgilang.
A) qotil, qassob, posbon
B) sayyoh, sayohatchi, kuzatuvchi
C) kissa, kissavur, jallod
D) kurash, kurashchi, kemachi
17. Xayriddin Salohning «Yulduzlar afsonasi»
she’ridagi Hulkarning suluv qiziga nima «ko'zgu
bo’lsam» deydi?
A) oy B) soy C) gul D) quyosh
18. Ozod Sharafiddinov ijodiga tegishli ma’lumotni
toping.
A) «Zaharxanda qahqaha», «Bir tilda gaplashaylik»,
«She’r ko‘p, ammo shoir-chi?» maqolalari adabiy
jamoatchilik orasida birdan og‘izga tushgan, munozara
mavzusiga aylangan.
B) o'zbek adabiyotshunosligida ko‘p tilga olinadigan
«shafqatsiz realizm» ko‘rinishlarini o'tgan asrning 60-
yillarida o‘zbek romanchiligiga olib kirgan.
C) O’z she’rlaridan birida «Yoril, chaqmoqqa aylan
sen, Yoril! Mayli, tamom o‘lsam!..» deya yurtga nafi
tegmaydigan ijoddan o‘limni afzal bilgan.
D) «Qizil imperiya»ning rang-barang nayranglari
tufayli hayoti fojiali kechgan kishilar taqdiri haqqoniy
ko'rsatilgan « Jimjitlik» romani muallifi.
19. «Habba» so’zini tez-tez ishlatib turadigan
qahramon kimning qaysi asarida uchraydi?
A) Cho‘lpon, «Kecha va kunduz» romanida Akbarali
B) A. Qodiriy, «O’tkan kunlar» romanida Yusufbek
hoji
C) Asqad Muxtor, «Chinor» romanida Ochil buva
D) A. Qodiriy, «Mehrobdan chayon» romanida Solih
maxdum
20. Ezgulikning dushmani sifatida bo‘y ko'rsatadigan
Momogul maston obrazi qaysi asarda uchraydi?
A) «Kuntug‘mish» dostonida
B) «Rustamxon» dostonida
C) «Alpomish» dostonida
D) «Malikayi ayyor» dostonida
21. So’z birikmasi berilgan qatorni toping.
A) daryo bo'ylab B) gazetadagi maqola
C) oy-u quyosh D) ko'nglidan o'tkazmoq
22. Qaysi gapda qo'shma gapni tashkil etgan sodda
gaplar orasiga tire (–) qo'yiladi?
A) Shu fe’llari yaxshi hech kimni birovning oldida
behurmat, qilmaydilar.
B) Maqtanchoq bo‘lmang xijolat, tortmaysiz.
C) Urilmoq ham foyda pishiq bo‘lasiz tajriba hosil
qilasiz.
D) El senga etsa nadomat dunyoda turolmassan
salomat.
23. Qaysi gapda garchi bir xil ma’noviy guruhga
mansub bo‘lsa ham, uyushmagan hol qo‘llangan?
A) Navoiy g'azalni shavq bilan tovush chiqarib
o‘qidi.
B) Bu yerdan chiqqan buloq suvi naq buyrak
kasalining tayyor davosi edi.
C) Otam meni ham sevinch, ham hayrat bilan qarshi
oldi.
D) O, inson bunday paytda ojizligini nechog‘liq aniq
sezadi.
24. Berilgan so‘zlardan nechtasi modal so‘z
hisoblanadi?
xayriyat, xolos, xullas, avval, birdan, afsuski,
haqiqatan, barakalla
A) to‘rttasi B) oltitasi C) uchtasi D)
beshtasi
25. So‘z asosidagi lablanmagan tor unli tovushni
lablangan tor unli tovushga aylantira oladigan
qo‘shimchalar ko‘rsatilgan javobni toping.
1) -vchi; 2) -q; 3) -qi; 4) -v; 5) -illa.
A) 1, 2, 5 B) 1, 2, 3, 4, 5
C) 1, 4, 5 D) 1, 2, 4
26. Qaysi gapda daraja-miqdor holi ishtirok etgan?
A) U o‘qish uchun shaharga keldi.
B) Oybek bir ming to'qqiz yuz beshinchi yilda
tug'ilgan.
C) Qushlar duv-duv uchishdi.
D) Shu yo‘ldan xiyla yurish kerak edi.
27. Sharros yomg‘irlar havoni tozalaydi, larzakor
chaqmoqlar dilga jo'shqinlik, quvvat ato etadi.
Berilgan gap tarkibidagi yasama so‘zlar sonini
aniqlang.
A) 5 B) 4 C) 7 D) 6
28. Quyida berilgan gaplarda qo‘llangan iboralarning
sintaktik vazifasi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
1) Hovli etagidagi uyasidan eti borib suyagiga
yopishgan qari it chayqalib-chayqalib chiqib keldi. 2)
Shu payt ko‘cha darvoza taraqlab ochildi, tarvuzi
qo‘ltig‘idan tushib Alijon kirib keldi. 3) Mehmon
joyiga o‘tirdi-yu, ammo ko'ngli joyiga tushmadi. 4)
Chol asta cho‘kkaladi-da, sharti ketib, parti qolgan
itning boshini siladi. 5) Og'ziga talqon solganday jim
o‘tirdi. 6) Mana shu tirranchalarni deb boya rosa
po'stagimni qoqishgandi.
a) kesim; b) aniqlovchi; c) ravish holi
A) 1, 4 - b; 2, 5 - c; 3, 6 – a B) 1, 5 - b; 2, 4 - c; 3, 6
– a
C) 1, 2 - b; 3, 5 - c; 4, 6 – a D) 1, 3 - b; 2, 5 - c; 4, 6
– a
29. Qaysi gapda tub fe’llar kesim vazifasida kelgan?
A) Izg‘irinda ko‘zlar yoshlandi, oyoq ostidagi qor
g‘irchillaydi.
B) Nihoyat, ko‘prik ortda qoldi, guvullash tindi.
C) Chollar kulgudan qotib qoldilar, ularning
burushgan yuzlari ruhlanib, ko‘zlarini kulgu namladi.
D) Dunyoda pok odamlar qanchalik ko‘paysa, nороk
odamlar shunchalik kamayadi.
30. Zidlov munosabatli bog‘langan qo‘shma gapni
toping.
A) Agar har bir kishi bir donadan ko‘chat o‘tqazsa,
diyorimiz bog‘-u bo‘stonga aylanadi.
B) Sevinch esdan chiqadi-yu, qayg‘u unutilmaydi.
C) Ko'nglimni zavq asir etdi-yu, yosh boladay har
yon yugurdim.
D) Uying tor bo‘lsa ham, ko‘ngling keng bo‘lsin.

Download 25.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling