1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Eski oʻzbek alifbosi, uning oʻlkamizga kirib kelishi haqida


Download 224.54 Kb.
bet4/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

5.Eski oʻzbek alifbosi, uning oʻlkamizga kirib kelishi haqida. Ma’lumki VII asrda arablar Eron, Oʻrta Osiyo va ularga qoʻshni boʻlgan bir necha mamlakatlarni zabt etadilar. VII asrning oxiriga kelib yerli xalqlar arab tilida diniy, falsafiy hamda huquq va adabiyotga, meditsinaga oid kitoblar yoza boshlaydilar. Ilmiy va adabiy kitoblarni boshqa tillardan arab tiliga tarjima qilish keng avj oladi. Oʻqishlar arab tilida olib boriladi. Yozuvda arab alifbosi mustahkam oʻrnashib oladi.
Arablar Oʻrta Osiyo va Eron xalqllariga oʻz til va madaniyatlarini yoyishga va bu xalqlar tilini aloqadan siqib chiqarishga qanchalik jon-jahdlari bilan harakat qilmasinlar, Oʻrta Osiyo va Eron xalqlari doimo oʻz davlat va til mustaqilligi uchun kurashib keldilar va oʻz til asoslarini saqlab qoldilar.
Shu kabi tarixiy sabablarga koʻra, arab alifbosi Oʻrta Osiyo xalqlarining yozuvi hisoblangan. Arablar kelgandan keyin bu yerda ham islom dini tarqala boshlandi. Islom dini bilan birga asta-sekin arab tili, madaniyati, shu bilan bir qatorda yozuvi ham kirib keldi. Mahalliy yozuvlar siqib chiqarilgan boʻlsa-da, bir qancha asrlar davomida arab yozuvi bilan birga Oʻrta Osiyo xalqlarining yozuvlari (Uygʻur yozuvi) ishlatlganligi ma’lum.
Shunday qilib, Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekiston hududida VIII asrdan boshlab arab yozuvi asosiy yozuv sifatida qoʻllanila boshladi. Bu oʻlkalarda arab yozuvi hukmron yozuv boʻlib, barcha rasm-rusmlar, ijtimoiy-iqtisodiy masalalar arab yozuvi asosida rasmiylashtiriladigan boʻldi. Fan va madaniyat, adabiyot va san’at, oʻqish va oʻqitish ishlari ham arab tili va yozuvi negizida amalga oshiriladigan boʻlib qoldi.
Arab yozuvi oʻzbek tili xususiyatlariga koʻp jihatdan muvofiq kelmas edi. Uygʻur yozuvi bilan arab yozuvining yoʻnalishi bir xil, ammo uygʻur yozuvida 18 ta harf boʻlsa, arab yozuvida 28 harf boʻlgan.
Forsiy tillarga ham muvofiq kelmaydiga oʻrinlar mavjudligi sabab, arab alifbosiga 4ta harf (pe, chim, gof, dje) qoʻshiladi, shundan soʻng 32 harfdan iborat arab alifbosi yuzaga keladi. Oʻzbek tilidagi barcha tovushlarni qamrab olish maqsadida, ana shu 32 harflik alifbodan foydalanib kelinadi.
Allomalarimizning koʻplagan diniy, tibbiy, matematika, astronomiya, filologiya va boshqa koʻplab sohalarga oid asarlari arab yozuvida bitildi. Shu sababdan bu yozuv oʻzbeklarning eski manbalari yozuvi sifatida “Eski oʻzbek yozuvi” deb ataladigan boʻldi.
Eski oʻzbek yozuvi VIII asrdan tortib, XX asrning birinchi choragigacha oʻlkamizda yozuv vazifasida iste’molda boʻlib keldi. Qariyib 11-asrdan ortiq tariximiz ana shu yozuvdagi manbalarda bitilgan va keyingi avlodlarga yetib kelgan. Ana shu 11-asr davomida maktab, madrasalarda ana shu yozuvda savod chiqarilgan, ilmiy, badiiy asarlar yaratilgan. Buyuk kelajakka intilayotgan har bir inson oʻz oʻtmishini bilishi zarurligi tarixiy haqiqatdir. Filologiya yoʻnalishlari talabalari Atoiy, Lutfiy, Navoiy, Ogahiy kabi buyuk ijodkorlarning asarlarini yaqindan bilishi uchun ham mazkur yozuvning ahamiyati katta.
Markaziy Osiyo xalqlarining ilm-fan, ma’naviyat, madaniyat sohasidagi buyuk merosi bizgacha asosan arab va fors, turkiy tillarda, arab imlosida bitilgan qoʻlyozma kitoblar shaklida yetib kelgan. Ana shu bebaho va nodir qoʻlyozma kitoblar tufayligina Markaziy Osiyo xalqlari avlod-ajdodlari qoldirgan madaniy merosdan bahramand boʻlganlar. Ana shu qoʻlyozmalar tufayligina Markaziy Osiyoda har bir xalq, har bir millat oʻzlarining milliy tarixlariga ega boʻlganlar. Shu qoʻlyozmalar tufayligina Markaziy Osiyo xalqlari jahon madaniyati tarixi taraqqiyotiga oʻzlarining muhim hissalarini qoʻsha olganlar.
Eski oʻzbek yozuvi kursini toʻliq va puxta oʻzlashtirish uchun adbiyotlar va manbalar yetarli. Qadimgi davrlarda nshr qilingan ilmiy adabiyotlarni toppish biroz qiyinchilik qilsa-da, mustaqillik arafalari va mustaqillikdan keyin nashr qilingan ilmiy adadabiyotlar ham anchagina miqdorni tashkil qiladi. Jumladan, R.Jumaniyozovning “Eski oʻzbek yozuvi” (mustaqil oʻrganuvchilar uchun, Toshkent. “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1989), Habibullo Solih “Alifbo” (mustaqil oʻrganuvchilar uchun, Toshkent. “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1989), L.Xalilov, A.Xalilov “Oʻqish kitobi” Toshkent. “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1994, F.Is’hoqov “Eski oʻzbek tili va yozuvi” Toshkent. “Oʻqituvchi” nashriyoti, 1995, Hafiz Ahrorov “Xattotlik san’ati va arabcha yozuv turlari” Samarqand, (Sam. Chet tillar inst nashri) 2014 kabilarni keltirish mumkin.


Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling