1.“Oʻzbеk tili tаriхi” kursiga kirish


Download 224.54 Kb.
bet60/75
Sana05.02.2023
Hajmi224.54 Kb.
#1167980
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75
Bog'liq
Til tarixidan yakuniy nazorat javoblari!

49.Ravish yasalishi.
Eski oʻzbek tilida quyidagi affikslar bilan turli soʻz turkumlaridan ravish yasalgan:
-cha/-chә affiksi bilan yasalgan ravish ish-harakatning holati, miqdori, darajasi kabi ma’nolarni ifodalaydi yoki biror harakat belgisining boshqa harakat belgisiga oʻxshashligini koʻrsatadi. Bu affiks turli soʻzlarga qoʻshilib ravish yasaydi:

  1. Otga qoʻshiladi: Alar ham tүrkchә ayturlar (Navoiy ML).

  2. Kishilik va koʻrsatish olmoshlariga qoʻshiladi: Dunyāda bar-mu ekoʻn menchoʻ yaman (SHN). Hech kimgoʻ senchoʻ bermәdi, ayyār, qash-u kөz (Lutfiy).

3. Sifatga qoʻshiladi: Pādshāhzādalarnың ulugʻыna ulugʻcha va kichiginә kichikchә berdi (Sh.tar.).
-gʻacha/-gәchә/-qacha/-kәchә affiksi joʻnalish kelishigiga –cha/-chә affiksi qoʻshilishi bilan hosil boʻlgan qoʻshma affiks boʻlib, ot, sifat, olmosh, ravish turkumidagi soʻzlardan ravish yasaydi: Tүngәchә urmaq edi kөksigә tash (Navoiy,MQ). Ushbu haftagʻacha yoq erdi xabar (SHN).
-tek/-dek affiksi oʻxshatish, qiyoslash kabi ma’nolarni ifodalovchi ravish yasaydi: Sakkākiy kөz yashыn yaz yamgʻurы-tek yagʻdurur (Sakkokiy). Kөrmәgәn bir sen-dke ahli rozgʻār (Navoiy).
-la/-lә affiksi payt ma’nosidagi otlarga, asosan, taң, tun soʻzlariga qoʻshilib payt ravishi yasaydi: Tүnlә-oq yetti oshul qorgʻangʻa (SHN). Emdi taңla bu sөz Abid xāngʻa yetәr (Sh.turk).
-āna affiksi otga qoʻshilib, oʻxshatish, qiyoslash ma’nosidagi ravish yasaydi. Oʻzbek tiliga bu forma eron tillaridan oʻzlashtirilgan: Seni men өltүrүr-men, teb ayttы turkāna (Sakkokiy). Xeyli mardāna yigit edi (BN).
-an affiksi eski oʻzbek tilida kam iste’molda boʻlgan: Ulugʻlыgʻы taxminan on qarы bolgʻay (BN).
Sintaktik usul bilan ravish yasalishi boʻyicha eski oʻzbek tili bilan hozirgi oʻzbek tili oʻrtasida deyarli farq yoʻq. Qoʻshma ravishlar quyidagi soʻzlar ishtirokida hosil boʻladi:

  1. Bir soʻziga payt, makon, va shunga oʻxshash ma’nolarni bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Bir lahza sensiz sabr yoq (Lutfiy). Meni bir yerdә muqim etkүsidүr (SHN).

  2. Har belgilash olmoshiga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Har kun salamgʻa barur erdim (Tafsir). Har yerdә barsaңыz qullugʻda bolur-siz (BN).

  3. Ul, bu, oshal kabi olmoshlarga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Kөңlүm ul yān tartadur (Lutfiy). Bu qыsh qār bisyār ulugʻ tushub erdi (BN).

  4. Hech, qay olmoshlariga payt yoki makon bildiruvchi soʻzlarni qoʻshish bilan: Hech zamānda hech kim eshitkoʻn vә kөrgәn yoqtur (Sh.tar.).




Download 224.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling